302-guruh talabasi Sherqulova Lola Panjiyevna kurs ishi mavzu: 1-2sinflarda "Fe'l " so'z turkumini o'rganish. Ilmiy rahbar


Download 196.94 Kb.
bet1/10
Sana19.06.2023
Hajmi196.94 Kb.
#1606352
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Lola


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
BOSHLANG‘ICH TAʼLIM FAKULTETI
Boshlang’ich taʼlimda Ona til o’qitsh metodikasi” kafedrasi





III bosqich kechki ta’lim 302-guruh talabasi
Sherqulova Lola Panjiyevna


KURS ISHI

Mavzu: 1-2sinflarda "Fe'l " so'z turkumini o'rganish.


Ilmiy rahbar: “Boshlang’ich taʼlimda Ona til o’qitsh metodikasi” kafedrasi dotsenti, PhD M.I.Toshpulatova


Ro‘yxatga olindi:
“______”___________2023-yil
№___________
TOSHKENT – 2023
Mundarija
Kirish
I bob Ona tili darslarida so’z turkumlari.
1.1 So’z turkumlari ustida ishlashda muammoli ta’limni qo’llash tajribalari
1.2 Gap bo’laklari ustida ishlashda muammoli ta’limni qo’llash tajribalari
II bob Fe’l so’z turkumi boshlang’ich sinflarda o’rni.
2.1 Boshlang’ich sinflarda “Fe’l” so’z turkumi ustida ishlashning nazariy asoslari
2.2 Boshlang’ich sinflarda “Fe’l” so’z turkumini o’rganish metodikasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Necha o’n yillardan beri boshlang’ich ta’limda ham, umumiy o’rta ta’limda ham darsdagi asosiy bosqichlar an’anaviy tarzda olib borildi. Keyingi yillarda bu bosqichlarning qat’iy izchilllikda bo’lishi, har bir bosqichning o’ziga xos qat’iy qolipga tushib qolishi ta’lim samaradorligiga putur yetkaza bordi mashg’ulotlarning zerikarli, o’quvchilarning loqaydligiga javob bo’ldi. “Natijada sinf jamoasidagi interfaollikning yo’qolishi o’quvchilarning mantiqiy fikrlash tarzidagi ojizlik holatlari yuzaga keldi.” O’quvchilar unli-undosh, jarangli-jarangsiz tovushlar farqini Grammatik tushuncha mohiyatini so’z turkumlari bilan gap bo’laklari tafovutini bilmaydigan holatga kelishgan.
Endilikda barcha sohani mamlakatimizning milliy ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqib, avlod -ajdodlarimizning azaliy turmush tarzi, an'analari, urf-odatlari hamda tarixiy tajribalarini hisobga olgan holda rivojlantirish muhim dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu esa milliy davlat sifatida ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy normal topshiruvchi o'z taraqqiyot yo'lini rivojlantirish milliy istiqlol mafkurasini qaror toptirish va uni barcha xalq ommasi onggiga singdirish zaruriyatini taqazo etadi. Bu bilan nafaqat hozirgi avlod taqdiri balki, kelajak avlodning ham shunga bog'liq ekanligini anglatadi. Ma'lumki, har qanday jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday ta'lim olishiga va qay tarzda tarbiyalanishiga bog'liq. Ana shunday avlodgina mamlakat oldida turgan umumdavlat amaliyotiga molik vazifalarni bajarishga qodir bo'lib, o'z xalqining tarixiy taqdirini belgilab bera oladi. Shunga ko'ra yosh avlodni ma'naviy - axloqiy barkamol inson qilib tarbiyalash davlatimiz oldidagi turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki, faqat ma'naviy barkamol, erkin va ozod insongina kuchli bilim va tafakkur orqali har bir sohada to'la muvaffaqiyat qozona olishi mumkin. Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab insonning ma'naviy dunyosiga, uning har tomonlama yetuk bo'lishiga jamiyatning sog'lom turmush tarziga e'tibor har qachongidan kuchaytirildi. Ma'naviy axloqli va komil insonni tarbiyalab, voyaga yetkazish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Shaxs ma'naviyatini tarbiyalash va rivojlantirish oiladan boshlanadi va maktabda davom ettiriladi. Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Qonun bilan jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi.
Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati.
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:

  • maktabgacha ta’lim va tarbiya;

  • umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;

  • professional ta’lim;

  • oliy ta’lim;

  • oliy ta’limdan keyingi ta’lim;

  • kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  • maktabdan tashqari ta’lim.

Umumiy o‘rta ta’lim I–XI sinflarni o‘z ichiga oladi.

Download 196.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling