36-nazariy savol


Download 17.93 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi17.93 Kb.
#205802
Bog'liq
36 narariy savol


36-nazariy savol

Siyosiy rejimdagi o‘zgarishlarning davlat shakliga ta’siri.
Hokimiyatni amalga oshirish mas’uliyati bugungi jamiyat a’zolari oldidagi majburiyat bo‘lishi bilan birga, kelajak avlod taqdirini belgilovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham “siyosiy rejim” tushunchasi bugungi kunda har doimgidek, ham yuqori ahamiyat kasb etuvchi siyosiy yuridik termin sifatida ko‘riladi. Siyosatshunoslik, davlat va huquq nazariyasi, konstitutsiyaviy huquq sohalarida ayniqsa, keng qo‘llaniladigan ushbu tushuncha, davlat qurilishi va boshqaruvga oid davlat-huquq kategoriyalarining mohiyat va mazmunini kengroq ochib berishga yordam beradi.

Siyosiy rejimdavlat hokimiyatini amalga oshirishda foydaniladigan tartib va usullar yig‘indisi. Davlat hokimiyati har bir mamlakatda o‘ziga xos xuxusiyatga ega, shu bois siyosiy rejim ham turlicha qaror topadi va namoyon bo‘ladi. Muayyan davlatning siyosiy rejimi mohiyati va mazmuni o‘ziga xos mezonlar, ya’ni davlat hokimiyatining aholi bilan munosabati qaysi yo‘llar va qanday usullar orqali amalga oshirilishi, siyosiy sohada turli kuchlarning o‘zaro munosabatlari, jamoat tashkilotlarining jamiyat siyosiy tizimidagi mavqei qanday darajadaligi bilan belgilanadi.

Siyosiy tizimning siyosiy jarayonlarni tartibga solish funksiyasi siyosatning faoliyat turi sifatida qarama-qarshi, lekin o‘zaro bog‘langan maqsadlar bilan belgilanadi. Bunda, ayniqsa, uning hayotning o‘zgarayotgan shart-sharoitlarini hisobga olish va ularga moslashish nuqtai nazaridan zarur bo‘lgan yangilanish va ijtimoiy yaxlitlikni saqlash omili bo‘lgan barqarorlashish maqsadlariga erishishga qaratilgan tabiati muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatda tarkib topgan siyosiy rejimga qarab siyosiy tizimlarning: boshqarishda majburlash, zo‘rlik ishlatish usullaridan foydalanishga asoslangan buyruqbozlik; turli siyosiy va ijtimoiy kuchlarning qarama-qarshiligiga asoslangan tortishuv; ijtimoiy totuvlikni saqlash va mojarolarga barham berishga qaratilgan jamiyatni murosaga keltirish kabi tiplari shakllanadi1.

Siyosiy rejim haqida gap ketganda, avvalo, shuni alohida qayd etib o‘tish kerakki, davlat shaklini tavsiflashda siyosiy rejim tor ma’noda (davlat rahbarligi usul va uslublari yig‘indisi) ham, keng ma’noda tushunilganda (shaxsning demokratik huquqlari va siyosiy erkinliklarining kafolatlanish darajasi, rasmiy konstitutsiyaviy va huquqiy shakllarning siyosiy hayot voqeligiga mos kelish mezoni, hokimiyat tuzilmalarining davlat va ijtimoiy hayot huquqiy asoslariga munosabati xususiyati) ham katta ahamiyatga ega.

Xorijiy mamlakatlar misolida siyosiy rejimga, uning mazmun va mohiyatiga, ko‘rinishlariga e’tibor berar ekanmiz, milliy davlatchiligimiz an’analarini davom ettirishda ma’lum darajada undan foydalanamiz. Siyosiy rejim tushunchasi ham ma’lum kompleks xususiyatlar doirasiga ega shart-sharoit va talablardan iborat bo‘lib, davlat hokimiyatini amalga oshirish chog‘ida o‘zini namoyon qiladi. Har bir mamlakatda, davlat boshqaruv shakli, jamiyat hayotini boshqarish uslublari o‘ziga xos bo‘lib, muayyan siyosiy rejimni namoyon qiladi. Demak siyosiy rejim bevosita davlat va jamiyat boshqaruvini amalga oshirishda namoyon bo‘ladigan, hokimiyat organlari, idoralari hamda muassasalari, davlatning mansabdor shaxslari tomonidan o‘z vakolatlarini amalga oshirishda qo‘llaniladigan vosita, usul va uslublar yig‘indisi hisoblanadi. Darvoqe, har bir davlatda, o‘ziga xos muayyan shart-sharoitlar, turli imkoniyat darajasi, xalqning mintoliteti, davlatning harbiy-iqtisodiy qudrati tufayli siyosiy rejim ham aynan bir-biriga o‘xshamaydi. Lekin siyosiy rejimni tavsiflovchi qator belgi va xususiyatlami ko‘rib chiqib, ma’lum darajadagi siyosiy rejimning ko‘rinishlarini shartli ravishda turkumlarga ajratamiz2.

Xorijiy davlatlami ma’lum turkumlarga ajratib o‘rganish uslubini ushbu tushunchaga ham nisbatan qo‘llaymiz. Chunki, rivojlangan davlatlarning siyosiy rejimi, rivojlanayotgan yoki rivojlanish darajasi juda ham past bo‘lgan mamlakatlarning siyosiy rejimidan keskin farq qiladi. Siyosiy rejimni tavsiflovchi omillar qatoriga mamlakatdagi qonunlarning mazmuni, xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlari, milliy huquq va xalqaro huquqning mushtaraklik darajasi, inson huquqerkinliklariga munosabat, davlat hokimiyatini shakllanish va idora etish tartiblari, jamoat birlashmalarining huquqiy va real holati, fuqarolik jamiyatining asoslari kabilarni kiritish mumkin. Ayniqsa, hokimiyatni amalga oshirishda, davlat faoliyatini tashkil etish prinsiplarining mazmuni mamlakat siyosiy rejimining mohiyatini ochib beradi. Yuridik adabiyotlarda, siyosiy rejim bilan birga ba’zan (hozirgi kunda keng yoyilgan) “davlat rejimi” termini, tushunchasi tilga olinadi. Ushbu tushunchalar ba’zan sinonim tushuncha sifatida qo‘llansada, umuman olganda, ular orasida prinsipial nuqtai-nazardan, ma’lum jiddiy farqlar bor.

Konstitutsiyaviy huquqning alohida institutlari hisoblangan davlat mexanizmi, organ va idoralari, shuningdek, mansabdor shaxslar orasidagi davlat boshqaruviga oid faoliyat yuzasidan shakllangan mavjud munosabatlar tabiati davlat rejimini namoyon etadi. Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan ijtimoiy tuzumning barcha munosabatlari real hayotda doimo o‘z aksini topa olmaydi. Davlat boshqaruvi shaklida ko‘proq namoyon bo‘luvchi, uni tavsiflashda qo‘l keluvchi davlat rejimi tushunchasiga nisbatan siyosiy rejim tushunchasi ancha keng qamrovli



institut hisoblanadi. Siyosiy rejimning asosiy ko‘rinishlari ikki shaklda namoyon bo‘ladi. Siyosiy rejimning birinchi shakli demokratik siyosiy rejim deb, ikkinchi ko‘rinishi nodemokratik siyosiy rejim deb ifodalanadi. Demokratik siyosiy rejim insoniyat orzu qilgan, kishilik jamiyati doimo unga intilgan bo‘lib, hozirgi kunda, aksariyat g‘arb mamlakatlari (Yevropa), Amerika, Osiyo mintaqasidagi ba’zi davlatlarda mavjud. Ammo, demokratik siyosiy rejimga qo‘yilgan talablar ko‘lami shunchalik kengki, eng demokratik hisoblangan davlatlar ham ushbu talablami to‘liq bajarishga qiynalib qoladi. Chunki demokratik siyosiy rejimning ta’minlanishi mamlakatdagi mavjud shart-sharoitlar, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasi, aholining siyosiy-huquqiy ongining ahvoli bilan ham bevosita bog‘liqdir. Shunga qaramay, har bir davlatning demokratik siyosiy rejimga ega bo‘lishlikka haqqi bor.

1Chirkin V.YE. Globalnie modeli politicheskix sistem sovremennogo obshestva: indikatori effektivnosti // «Gosudarstvo i pravo», 1992, 5-son, 84-bet.

2 Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy (davlati) huquqi: O‘quv qo‘llanma/ Mas’ul muharrir: dotsent D.Q.Axmedov. –T.: TDYI nashriyoti, 2006.

Download 17.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling