31. DAVLAT MEXANIZMI
Davlat va huquq nazariyasi faniga oid ayrim adabiyotlarda “davlat mexanizmi” va “davlat apparati” sinonim tushunchalar sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Davlat mexanizmi ancha murakkab tushuncha bo‘lib, uni quyidagi yondashuvlar asosida tavsiflash mumkin:
Birinchidan, davlat mexanizmi tor va keng ma’nolarda tushuniladi. Tor ma’noda davlat mexanizmi - bu davlat hokimiyatining apparati bo‘lsa, keng ma’noda esa u jamiyatning siyosiy tizimidir;
Ikkinchidan, davlat mexanizmi an’anaviy tarzda faqat davlat hokimiyatining apparati sifatida tushuniladi;
Uchinchidan, davlat mexanizmi – davlat apparati, tashkilotlari va muassasalari hamda davlat korxonalari tizimidan iborat bo‘lib, ular vositasida davlat hokimiyati amalga oshiriladi va jamiyat ustidan davlatning rahbarligi ta’minlanadi.
Har qanday xolatda ham, davlat mexanizmi barcha tarkibiy qismlarining faoliyati uning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad, vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishga qaratilgandir.
Davlat mexanizmi turli tuzilmalardan iborat bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
Davlat mexanizmining belgilari:
o‘zaro bog‘liq va ierarxik jihatdan bir-biriga bo‘ysunuvchi davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari hamda davlat korxonalari tizimidan iborat;
jamiyatni professional asosda boshqaruvchi shaxslar guruhining mavjudligi;
davlatning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarini hamda funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkiliy, moliyaviy va boshqa vositalar bilan ta’minlanganligi;
har bir davlat organi, tashkiloti va muassasa hamda davlat korxonalari vakolatlari va faoliyat doirasining muayyan huquqiy asoslarga ega ekanligi va boshqalar.
32. DAVLAT MEXANIZMIDA HOKIMIYATLAR BO‘LINISHI PRINSIPI
Do'stlaringiz bilan baham: |