Davlat organlarini tasniflovchi belgilar:
Davlat organlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
shakllanish usuliga ko‘ra: birlamchi (Oliy Majlis, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti) va hosilaviy (birlamchi organlar tomonidan tashkil etiladigan boshqa barcha organlar);
faoliyat hududiga ko‘ra: markaziy (Oliy Majlis, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa respublika miqyosidagi organlar) va mahalliy (viloyat, tuman, shahar hokimliklari, xalq deputatlari kengashlari, respublika idoralarining mahalliy bo‘g‘inlari);
kompetensiyasining xarakteriga ko‘ra: umumiy kompetensiyali (Oliy Majlis, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, hokimliklar, mahalliy xalq deputatlari kengashlari) va maxsus kompetensiyali (vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar va boshqalar);
hokimiyat vakolatlari bo‘linishi prinsipiga ko‘ra: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud;
qaror qabul qilish tartibiga ko‘ra: kollegial (Oliy Majlis, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy xalq deputatlari kengashlari) va yakka tartibda qaror qabul qiladigan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, hokimlar) davlat organlari va institutlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |