31. Davlat mexanizmi
O‘ZBEKISTONDA DAVLAT HOKIMIYATINI AMALGA OSHIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI
Download 124.5 Kb.
|
5-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
- 5. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning hujjatlari. 6. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
36. O‘ZBEKISTONDA DAVLAT HOKIMIYATINI AMALGA OSHIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI
O‘zbekistonda davlat hokimiyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari quyidagilardan iborat: 1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 2. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari (masalan: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni; O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni; O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonuni; O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqalar). 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari (masalan: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasini tashkil qilish to‘g‘risida” gi Farmoni. 1997 yil 8 iyul; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi 04.03.1996 y. Farmoni va boshqalar). 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari (masalan: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.01.2004 yildagi “Davlat boshqaruvi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2-sonli Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori. 2003 yil 27 avgust va boshqalar). 5. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning hujjatlari. 6. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari. 37. O‘zbekiston Respublikasida jamiyatni yangilash va demokratlashtirish sharoitida davlat mexanizmini isloh qilish masalalari Insoniyat tarixidan ma’lumki, har qanday jamiyatda davlat va boshqaruvning mohiyati uning tub maqsadlariga mos bo‘lishi lozim. SHu jihatdan olganda, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin davlat hokimiyati mexanizmi milliy davlatchiligimiz tajribasi va umum e’tirof etilgan demokratik tamoyillar asosida tubdan isloh qilindi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ma’muriy bo‘linish va boshqaruv tuzilmalari bo‘ysunishining ancha batartib tizimi vujudga keldi, ularning vertikal va gorizontal aloqalari belgilandi. Boshqaruvning ko‘pgina byurokratik bo‘g‘inlari, demokratik va bozor islohotlarini amalga oshirishda to‘g‘anoq bo‘lib turga davlat va idora tuzilmalari isloh qilindi va tugatildi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida markazlashtirilgan tizimdan, xo‘jalik yuritishning o‘zini-o‘zi boshqarish shakliga o‘tildi. Mamlakatimizda ilgari butunlay mavjud bo‘lmagan bir qator yangi davlat organlari tuzildi. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganidek, “yangi tarixiy jarayonda o‘tmishda sinalgan an’anaviy boshqaruv idoralari – hokimliklar qayta tiklandi. Ularning faoliyati va islohotlarni qo‘llab – quvvatlayotgan ijtimoiy kuchlar mavjudligi tufayli davlatimizda siyosiy va iqtisodiy barqarorlik saqlanib turibdi. Har birimizning xonadonimizda tinchlik va osoyishtalik hukm surmoqda”2. Bugungi kunda mamlakatimizda shakllantirilgan davlat mexanizmi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda faoliyat yurituvchi davlat organlari, davlat korxonalari, davlat muassasa va tashkilotlaridan iboratdir. Davlat mexanizmining barcha bo‘g‘inlari xalq manfaati uchun xizmat qiladi, uning irodasini ifoda etadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asosan, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan davlat organlari tomonidangina amalga oshiriladi. Davlat organlari qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (91-modda) ko‘rsatilishicha, Respublika Prezidentini saylash tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi. SHuningdek, hokimlarning va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini tashkil qilish va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarini saylash tartibi ham qonun bilan belgilanadi. (Konstitutsiyaning 103-moddasi). O‘z-o‘zidan ma’lumki davlat hokimiyatini amalga oshirish uchun davlat mexanizmining samarali faoliyat ko‘rsatishi zarur bo‘ladi, davlat mexanizmi o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymas ekan, davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlar o‘z natijasini bermaydi. Davlat o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarini tez va to‘laqonli amalga oshirishi uchun davriy ravishda davlat mexanizmini takomillashtirib borishi lozimdir. O‘zbekiston Respublikasida davlat mexanizmini tashkil etuvchi asosiy davlat organlari o‘zlarining tashkil etilishi tartibi va bajaradigan vazifalariga qarab bir-biridan farq qiladi. Ana shu asoslarga ko‘ra davlat organlari tizimi belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasida davlat organlarining tizimi hokimiyatlarning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga taqsimlanish tamoyiliga tayanadi. Download 124.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling