4 – laboratoriya ishi shaharlarda uch fazali tarmoqning nosimmetriya yuklamalarini simmetriyalash tartibini o‘rganish ishdan maqsad


Download 166.17 Kb.
bet1/4
Sana27.03.2023
Hajmi166.17 Kb.
#1299285
  1   2   3   4
Bog'liq
4 – LABORATORIYA ISHI


4 – LABORATORIYA ISHI


SHAHARLARDA UCH FAZALI TARMOQNING NOSIMMETRIYA YUKLAMALARINI SIMMETRIYALASH TARTIBINI O‘RGANISH


Ishdan maqsad: Uch fazali tarmoqda simmetriyalashni o‘rganish va amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.


Nazariy qism: Shahar taqsimlovchi elektrtarmoqlari normal ishlashi uchun uni elektr ta’minoti sifatli va ishonchli bo‘lishi zarur. Energiyaning sifat ko‘rsatkichlaridan biri bu uch fazali sistemaning kuchlanish nosimmetriyasidir.
Kuchlanishlar (toklar)ning nosimmetriyasi deb faza yoki liniyalararo kuchlanishlar (toklar)ning amplituda va ular orasidagi burchak siljishi bo‘yicha tengsizlik tushuniladi.


1-rasm. Kuchlanish qiymati bo’yicha simmetrik va nosimmetrik holatlar.


Har qanday kuchlanishlar nosimmetriya sistemasini simmetrik tashkil etuvchilarga, ya’ni to‘g‘ri U1, teskari U2 va nol U0 ketma-ketliklarga taqsimlash mumkin:


U1=1/3 (UA+aUB+a2UC)


U2=1/3 (UA+a2UB+aUC)


U0=1/3 (UA+UB+UC)

bu yerda, UA, UB, UC - tarmoqning faza kuchlanishlari.





(vektorni soat strelkasi harakatiga teskari 1200 burilishi)

1, 2, 3 formulalar asosida nosimmetriyali uch fazali sistemaning simmetrik tashkil etuvchilari Ua, Ub, Uc larni aniqlash mumkin.
Elektr ta’minoti sistemalarida qisqa vaqtli (avariyali) va uzoq davomli nosimmetrik rejimlarga bo‘linishi mumkin.
Qisqa vaqtli nosimmetriya rejimlar asosan har xil avariyali jarayonlar bilan bog‘liq, jumladan, nosimmetriyal qisqa tutashuvda, havo liniyasida bir yoki ikki simning yer bilan tutashishi. Davomli nosimmetriya esa tarmoqda elektr energiyasini nosimmetriya iste’molchilarini ulanishi bilan vujudga keladi (yoritish uskunalari, induksion va yoyli pechlar, bir fazali elektr payvandlash uskunalari, temir yo‘l transport yuklamalari).

Toklar vektori joylashuvini tekshirish


Download 166.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling