4-bob. Ish o’rinlarida mehnat muxofazasini ta’minlash


Download 0.59 Mb.
bet1/4
Sana29.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1307324
  1   2   3   4
Bog'liq
MEHNAT.MX XAKIMOVA


4-BOB. ISH O’RINLARIDA MEHNAT MUXOFAZASINI TA’MINLASH
4.1. Mehnat muhofazasining qonuniy asoslari va ish o’rinlarida mehnat muxofazasini ta’minlash
Mehnat qonunlarga mehnat bozori samarali amal qilishni adolatli mehnat sharoitlarini, xodimlarning mehnatga doir huquqini himoya qilinishini, mehnat unumdorligining o‘sishini, ish sifatining yaxshilanishi va shu asosida mehnat bilan birga mulkchilikning turli shakldagi korxonalarda mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan barcha shaxslarning mehnatga doir munosabatlarini tartibga soladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq har bir kishi mehnat qilish, qonunda belgilangan tartibda erkin ish tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Majburiy mehnat ta'qiqlanadi. Amaldagi mehnat qonunchiligi ishchi-xodimlarning ish sharoitini yaxshilash va baxtsiz hodisalarining oldini olish vazifalarinigina ko‘rish bilan cheklanmay, balki xodimlarni ishdan bo‘shatish va xodimlar bilan korxona ma'muriyati o‘rtasidagi janjalni muhokama etishni tartibga solib ularning manfaatini himoya qiladi.
Ayollar mehnatidan og‘ir ishlarda va mehnat sharoitlari zararli bo‘lgan ishlarda, yer osti ishlarida foydalanish taqiqlanadi. Homiladorlar ayollar va bolasi uch yoshga yetmagan ayollarni tungi ishlarga jalb qilish, ish vaqtidan tashqari ishlatish, dam olish kunlarida ishlatish va komandirovkaga yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ayollarga bolasi bir yarim yoshga yetgunga qadar qisman xaq to‘lanadigan mehnat ta'tili beriladi. Bundan tashqari, bolasi uch yoshga to‘lgunga qadar qo‘shimcha mehnat ta'tili ham beriladi. Ayollarning homiladorligi yoki bolasi borligini baxona qilib ishga qabul qilmaslik yoki ish xaqini kamaytirish ta'qiqlanadi.
16 yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Kasb-hunar bilim yurtlarining o‘quvchilarini o‘n to‘rt yoshga to‘lgandan keyin ota-onasining roziligi bilan yengil ishlarni bajarishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.
18 yoshga to‘lmagan o‘smirlar og‘ir ishlarda va mehnat sharoiti zararli yoki xavfli bo‘lgan ishlarda foydalanish ta'qiqlanadi. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan keyin ishga qabul qilinadi, shuningdek, ular har yili tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlari shart. 18 yoshga to‘lmagan o‘smirlarni tungi va ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etish ta'qiqlanadi. Ularni ishdan bo‘shatish tumandagi voyaga yetmaganlar hay'atisining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Korxona ma'muriyatining sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini yaratishlari ko‘zda tutilgan. Ma'muriyat ishlab chiqarishda xavfsiz texnika vositalarini tadbiq qilish, sanitariya-gigienik sharoitlarini yaratish, turli kasbiy kasalliklarni oldini olish choralarini ko‘rishlari zarur. Shu bilan birga ishchi-xodimlar o‘rtasida texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha instruktajlar o‘tkazib turish ma'muriyatga yuklanadi.
Ma'muriyat kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda boshqa davlat organlari bilan birgalikda baxtsiz hodisalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqishlari shart.
Kasaba uyushma qo‘mitalarning ishlab chiqarishdagi qo‘mitalari huzuridagi mehnat muhofazasi bo‘yicha hay'at tashkil qilinadi. Hay'at mehnat qonunchiligiga, xavfsizlik texnikasiga va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoida va me'yorlarga rioya qilishni tekshiradi va mehnat muhofazasiga oid bo‘lgan ko‘riklarda ishtirok etadi.
Bu hay'at ishchilarga instruktaj berish va xavfsiz ishlash usullarini o‘rgatish sifatini, xatolar va asboblarning tuzukligini, mehnat muhofazasiga ajratilgan mablag‘larni sarflanishini, baxtsiz hodisalarni to‘g‘ri hisobga olinishini nazorat qiladi, ishlab chiqarish jarohati va kasbiy kasalliklarning sabablarini o‘rganadi va ma'muriyatga takliflar kiritadi, ishchilarning maxsus korjoma, maxsus oyoq kiyimi individual himoya vositalari sut, sovun, sifatli ichimlik suvi bilan vaqtida ta'minlanishini nazorat qiladi. Hay'at istagan vaqtida ish o‘rinlarini ham tekshirishi mumkin.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoatchi inspektor xo‘jalikning har qaysi bo‘linmasida bir yil muddatga saylanadi. U mehnat qonunchiligiga rioya qilinishini, instruktajning o‘z vaqtida o‘tkazilishini nazorat qiladi, stanoklar, asbob-uskunalar, himoyalovchi qurilmalar buzuqligini aniqlash, chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ishtirib olinishi, o‘tish joylari va ish o‘rinlarida tartibga rioya qilinishini nazorat qilib turishi lozim, shuningdek, ishchilarning maxsus korjoma, himoyalovchi vositalar, sovun bilan ta'minlanishini ham nazorat qiladi.
Korxonalar kasaba uyushma qo‘mitasi qoshida mehnat texnikaviy inspektori tayinlanadi. U mehnat qonunchiligi bo‘yicha ishlarni kasaba uyushma qo‘mitasiga qarashli korxonalarda nazorat qiladi. Bundan tashqari, qurilgan korxona va xonalar uning ijozatisiz foydalanishga topshiriladi, hamda davlat nazorati inspeksiyalari bilan doimiy muloqotda bo‘ladi. "Yo‘l harakati qoidalari" ga rioya qilishni davlat avtoinspeksiyasi nazorat qiladi.
Elektr qurilmalar, elektr tarmoqlar, bug‘ qozonlari, elektr stansiyalari, qishloq xo‘jaligi korxonalaridagi ko‘tarish-tushirish texnikalarining ishlashi va ularga xavfsiz xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya qilishni davlat energiya nazorati inspeksiyasi nazorat qiladi.

XXI asrga kelib har bir tashkilot va korxonalarda, firmalarda, umuman barcha sohada axborot texnologiyalari (komp'yuter,printer,skaner va boshqa qurilmalar) dan keng foydalanilmoqda. Chunki axborot texnologiyalari ishlab chiqarish jarayonida insonga katta yordam bermoqda, ular yordamida qulayliklar yaratilmoqda. Axborot texnologiyalaridan foydalanishning ham o‘z qonun-qoidalari mavjud.[1]



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling