Reja: 1 – Kirish


Download 28.05 Kb.
bet1/5
Sana02.12.2023
Hajmi28.05 Kb.
#1780008
  1   2   3   4   5
Bog'liq
AYNURA


 Reja:


1 – Kirish.


2 - Bozor infrastrukturasini hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish.


3 - Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari.
4 - Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari.
5 - Davlat dasturini amalga oshirishni moliyaviy ta’minlash.
6 – Foydalanilgan adabiyotlar.


[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KIChIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRIShNI QO‘LLAB-QUVVATLASh
I. Kirish
O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadi ochiq tashqi siyosatli, barqaror ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolar jamiyatini qurish hisoblanadi. Respublikada bozor qayta o‘zgartirishlari qat’iy va izchil amalga oshirilmoqda.
Davlatga tegishli turar joy to‘liq xususiylashtirildi, natijada salkam 1,1 mln kvartira aniq egalari qo‘liga tegdi. Kichik xususiylashtirish tugallandi. Savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, uncha katta bo‘lmagan korxonalar amalda to‘liq xususiy mulk qo‘liga o‘tdi. Agrofirmalar, dehqon xo‘jaliklari va nodavlat mulk shaklidagi xo‘jalik birlashmalarining boshqa turlarini tashkil etish hisobiga qishloq xo‘jaligini davlat tasarrufidan chiqarish keng ko‘lamda olib borilmoqda. Xususiy tadbirkorlik subyektlari soni salkam 300 mingtani tashkil etadi, shu jumladan ulardan 220 mingdan ortig‘i yakka tartibdagi mehnat faoliyati patentlari bilan ishlamoqda.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish va rivojlantirish davom etmoqda. Respublika fond birjasi orqali 157,7 mln so‘mlik 342,1 ming aksiya sotildi. Ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining umumiy soni 3569 tani tashkil etdi. Bank va kredit-pul tizimi takomillashtirilmoqda. Xalqaro banklar va sug‘urta kompaniyalari respublikada o‘z faoliyatini kuchaytirmoqda.
Mazkur Davlat dasturi bozor qayta o‘zgartirishlari jarayonlarini jadallashtirish maqsadida chora-tadbirlar majmuini nazarda tutadi va respublikada, ayniqsa qishloqda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy maqsadlari, vazifalari, yo‘nalishlarini belgilaydi.
Dasturning bosh maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, boqimandachilik, iste’molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, tadbirkorlik, xususiy biznes bilan faol shug‘ullanish istagi “kasalligini” yuqtirish;
qishloq xo‘jaligi qayta qurilayotganligi munosabati bilan ishsiz qolayotgan kishilarni ish bilan ta’minlash maqsadida qishloqda yangi ish o‘rinlari tashkil etish;
qishloqda bozor munosabatlari va infrastrukturani jadal rivojlantirish, raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash;
xizmatlar hajmini, ayniqsa bank, auditorlik, konsalting, vositachilik faoliyati bilan bog‘liq ilm-fanni qo‘p talab qiladigan xizmatlar hajmini keskin oshirish;
xo‘jalikni yuritish samaradorligini oshirishni, ichki bozor tovarlar bilan to‘ldirilishini va ishlab chiqarishning eksportga yo‘naltirilganligini ta’minlovchi unchalik katta bo‘lmagan, moslashuvchan ishlab chiqarishlar, kichik va xususiy korxonalarni joriy qilish.
Dastur davlatning har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi, tashabbusli, yaratuvchi bozor jarayoni asosida O‘zbekiston aholisining keng tabaqalari tomonidan amalga oshiriladi. Dastur to‘rtta qismni — kichik biznesni rivojlantirish, ayniqsa qishloqda faol rivojlantirish va faoliyat ko‘rsatishi uchun bozor infrastrukturasi va shart-sharoitlar yaratish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, moliyaviy ta’minot va tashkiliy tadbirlar qismlarini o‘z ichiga oladi.

Download 28.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling