4 laboratoriya ishi. Mavzu: stirolning meakril yoki akril kislotasi bilan sopolimerlanishi


Download 21.03 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi21.03 Kb.
#1482552
Bog'liq
4-laboratoriya ishi


4 - LABORATORIYA ISHI.


Mavzu: STIROLNING MEAKRIL YOKI AKRIL KISLOTASI BILAN SOPOLIMERLANISHI.

Mashg’ulotning maqsadi:

Sopolimerlanish konstantalarini Faynman-Ross metodi bilan aniqlash. Stirolning metakril kislotasi bilan sopolimer tarkibiga erituvchi tabiatining ta’sirini o’rganish.

Reaktivlаr va jihozlar:

Stirol, metakril kislotasi, DAK, 5%li HCl, geksan, dimetilformamid, azot, shliflangan ampula va probirkalar
20-25 sm3 (4 dona), pipetka 10 sm3 , 100 ml sig’imli kimyoviy stakanlar, shisha tayoqcha, Petri chashkasi, Byuxner voronkasi, konussimon kolba, termostat, vakuum-quritgich shkafi.



Ishni bаjаrish tаrtibi:

Shliflangan va tozalab yuvilgan ampulalar 0,005 g initsiator DAK solinadi va 5 ml stirol bilan metakril kislotaning quyidagi mol tarkibdagi miqdori olinadi (4:1; 3:2; 2:3; 1:4). Aralashma initsiator erib ketguncha aralashtiriladi. Shundan so’ng inert gaz yordamida ampulalar qizdiriladi va ular kavsharlanadi yoki shlifli probka bilan yaxshilab yopib 60 0,5oC li termostatga tushiriladi.


Sopolimerizatsiya jarayoni konversiya qiymati 5-10% bo’lguncha davom etadi. Bu esa sistemaning sirop holatiga o’tishi yoki oq cho’kma tushguncha aniqlanadi. Shundan so’ng ampulalar termostatdan olinadi. Xona haroratigacha tez sovitiladi, ehtiyotlik bilan ochilib cho’ktiruvchi (5%li HCl eritmasi) cho’ktiruvchili stakanga aralashtirib turgan holda sekinlik bilan quyiladi.
Ampula cho’ktiruvchi yordamida chayiladi va polimer cho’kkan stakanlar qo’yiladi. Polimer cho’kmasi suv bilan chayiladi, so’ngra geksan bilan va 30-40oC soat oynasida tortilib doimiy og’irlikka kelguncha quritish shkafiga qo’yiladi. Sopolimerdagi kislota miqdorini aniqlash uchun 0,1n li dimetilformamid bilan sopolimer titrlanadi.
Tajriba natijalari jadvalga kiritiladi.



Boshlang’ich aralashma tarkibi, % (mol)

Polimerlanish vaqti, min

Sopolimer unumi

Erituvchi

Sopolimerlanish reaksiyasi tezligi, % min

Stirol

MAK

g

%



































































































Sаvоl vа tоpshiriqlаr:

1. Lаbоrаtоriya ishining bаyonini lаbоrаtоriya dаftаrigа yozing vа o’zlаshtiring.


2. Lаbоrаtоriya ishini bаjаrish vаqtidа kuzаtilаdigаn hоdisаlаrni dаftаrgа yozing vа izоhlаng.
3. Sopolimerlanish konstantalari r1 va r2 hisoblanadi.
4. Sopolimerlanish reaksiyalarining qanday tuzlarini bilasiz?
5. Sopolimerlanish konstantalari nimani anglatadi?
6. Sopolimerlanish konstantasining qanday qiymatlarida u yoki bu sopolimer hosil bo’ladi?
Download 21.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling