4-maruza. Leksik ma'no taraqqiyoti. So‘z leksik ma'nosining hosila ma'no yuzaga keltirishi. Leksik ma'noning kengayishi va torayishi. Evfemizm va disfemizm. Reja


Download 120.5 Kb.
bet1/8
Sana11.11.2023
Hajmi120.5 Kb.
#1765704
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4.ЛЕКСИК MAЪНО ТАРАҚҚИЁТИ


4-maruza.
Leksik ma'no taraqqiyoti. So‘z leksik ma'nosining hosila ma'no yuzaga keltirishi. Leksik ma'noning kengayishi va torayishi. Evfemizm va disfemizm.
Reja:

  1. Sо’zning semantik tarkibi.

  2. Leksik ma’nо haqida.

  3. Tushuncha haqida.

  4. Leksik ma’nоning turlari.

  5. Nоminativ ma’nо, Majоziy ma’nо haqida.

  6. Erkin va bоg‘li ma’nоlarning bir-biridan farqi.

  7. Qо’shimcha оttenka haqida.

  8. Hissiy bо’yоq haqida.

  9. Uslubiy belgi haqida.

  10. Evfemizm haqida.

  11. Disfemizm haqida.

Leksik ma’no miqdorining o’zgarishi.Leksik ma'no miqdorining o`zgarishida ikki narsa – ma'no miqdorining ortishi va ma'no miqdorining kamayishi kuzatiladi. Ma'no miqdorining ozayishi kam uchraydigan hodisadir. Bunga ko`ra o`tmishda ko`p ma'noni bildirgan so`zlarning ba'zi ma'nolari davrlar o`tishi bilan yo`q bo`lib ketadi, o`sha ma'noda qo`llanmaydi. Masalan, eski o`zbek tilida tom so`zi: 1) tamba, tirgovich; 2) devor; 3) uy; 4) uyning tepa qismi ma'nolarida ishlatilgan. Hozirda bu so`zning 1, 2, 3-ma'nolari qo`llanilishdan qolgan. Demak, tom so`zining ma'no miqdori kamaygan.


So`z ma'no miqdorining ortib borishi – ko`p ma'nolilik til taraqqiyoti darajasini, rivojlanishini ko`rsatuvchi asosiy omillardan sanaladi. Aytish zarurki, so`zlar dastlab paydo bo`lgan vaqtida birgina ma'noni ifoda etgan. Keyinchalik ob'ektiv borliqdagi narsa-hodisalarning o`zgarishi, ijtimoiy hayotda bo`ladigan har xil o`zgarishlar va boshqa shu singari turli sabablar tufayli so`zlar yangi ma'nolar kasb eta boshlagan. Darhaqiqat, so`zlarning birdan ortiq ma'noga ega bo`lishi o`sha so`zlar hayotining keyingi davrlariga borib taqaladi. Masalan, olmoq fe'li hozirgi o`zbek tilida 30 ga yaqin ma'noni bildiradi:
olmoq
1) narsani ushlab yoki biror asbob bilan tutib qo`lga kiritmoq:­­­­­­­­­­ chaqalarni olmoq, ariqdan suv olmoq
3) tushirmoq, bo`shatmoq: elkasidan yukini olmoq
2) bo`shatmoq: ishdan olmoq
5) qo`lga kiritmoq, ega bo`lmoq: paxtadan mo`l hosil olmoq
2) qabul qilmoq: ishga olmoq
6) xarid qilmoq-sotib olmoq
So`zning yangi ma'no kasb etishi ma'lum bir ob'ektiv sabablar asosida ro`y beradi.
So`zning yangi ma'no kasb etishiga olib keluvchi omillar ikki turlidir:
1) nolisoniy omil
2) lisoniy omil.
Nolisoniy omil deyilganda nom ko`chishi asosida yangi ma'noning hosil bo`lishi tushuniladi. Nom ko`chishi – so`zning yangi ma'no hosil qilishida asosiy hodisa hisoblanadi. Bunda ma'lum narsa, belgi, harakat bildiruvchi so`z qandaydir o`xshashlik, o`zaro aloqadorlik, bog`liqlik kabilar asosida boshqa bir narsa, belgi, harakatni ham ataydigan bo`lib qoladi, uning ham nomi sifatida ishlatila boshlaydi.
Nom ko`chishi asosida yangi ma'no hosil qilishning to`rt turi mavjud:
Nom ko`chish turlari
metafora
metonimiya
vazifadoshlik
sinekdoxa
Yangi ma'noning hosil bo`lishida lisoniy omil ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Bunda ikki yo`l bilan yangi ma’no hosil qilinadi:
ellipsis
semantik kalka

Download 120.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling