4-Ma’ruza Mavzu: Gomeopatiya amaliyotida ishlatiladigan yumshoq dori turlari Ma’ruza maqsadi


Download 261.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana07.03.2023
Hajmi261.42 Kb.
#1244312
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-мавзу



4-Ma’ruza
Mavzu: Gomeopatiya amaliyotida ishlatiladigan yumshoq dori turlari 
 
Ma’ruza maqsadi: Gomeopatiyada ishlatiladigan surtma dorilar, moylar, opodeldoklar 
texnologiyasini o„zlashtirish, gomeopatik surtma, moylar va opodeldoklar texnologiyasini va 
sifatini nazorat qilish usullarini o„rgatish. 
Tayanch atama va iboralar: gomeopatik surtma dorilar, moylar, opodeldoklar, sifatini 
nazorat qilish usullari. 
Reja: 
1.Gomeopatiyada ishlatiladigan yumshoq dori turlari ta‟rifi, tasnifi, axamiyati
2.Gomeopatik surtma dorilartexnologiyasi 
3. Gomeopatik liniment va opodeldoklar tayyorlanishi 
4.Gomeopatik shamchalar texnologiyasi 
 
Ma’ruzaning qisqacha matni: 
Gomeopatiyada granula, trituratsiya, tomchilardan tashqari kamroq bo„lsa ham yumshoq 
dori turlaridan surtmalar, yog„lar, opodeldok va shamchalar ishla-tiladi.
Gomeopatiya surtma dori turi sirtga ishlatiladigan yumshoq dori bo„lib, dorivor modda va 
asosdan iboratdir. Dispersologik tasnifi asosida ular shaklsiz dispersion muhit qovushoq-
elimshak bo„ladi. Surtma dorilar juda qadimiy dori turi bo„lishiga qaramay, zamonaviy 
tibbiyotda va ayniqsa gomeopatiya davolash usulida alohida va katta ahamiyatga ega.
Gomeopatiyaning asosiy maqsadi dori turlari ichga granula, poroshoklar shaklida qabul qilib
kasal organizmini ichidan, ya‟ni tubdan yo„qotish, shu organizmning o„zining himoya kuchlarini 
oshirish va tanadan umuman faqat kasalni yo„q qilish bo„lmay, balki uni belgilarini ham 
yo„qotishdir.
Lekin biz bilamizki, bemorlar miazmalari bo„yicha 3-toifaga bo„linadi: psora, sikoz va 
sifilina. Demak psora miazmali kasallarda ichki a‟zolardan tashqari ko„pincha yara-chaqalar 
chipqon, allergiya, xusn buzar, bo„g„imlarning og„rishi, dermatitlar bo„ladi. Shuning 
uchungomeopatiya vositalaridan yog„lar, liniment, surtmalar,spirtlar,opodeldoklar ishlatiladi. 
Surtma dorilarni qo„llanishi keng bo„lib ularni quyidagi guruhlarga bo„lish mumkin: avvalo ular 
asosan dermatologik surtmalar vaterining jaroxatlanganida, kasalliklarida ishlatiladi,tanaga 
so„rilib chuqur ta‟sir ko„rsatishi mumkin va yuzaki ta‟sirli surtmalar ham bo„ladi. Surtma 
dorilar asosdan va dorivor moddadan iborat. Asoslar surtmani 80%dan yuqorisini tashkil qiladi, 
shuning uchunasoslarning ahamiyati juda katta. 
Birinchidan ular surtmani og„irligini, dori moddalarning konsen-tratsiyasini qattiq-
yumshoqligini va ayniqsa dori moddani so„rilish dara-jasini belgilaydi. Demak, asos bu 
surtmani faol qismi ekan va u dorining terapevtik ta‟sirini barobar dorivor modda bilan 
ta‟minlaydi.Gomeopatiya farmakopeyasida surtmadori turini tayyorlashda vazelin va lanolin 
olinsin deyilgan. Lekin, bu farmakopeya chiqqaniga necha yillar bo„lib, hozirgi 
zamonaviyasoslar topilgan va asoslar assortimenti ko„paygan. Surtmalarda qo„llaniladigan 
asoslar tabiati bo„yicha gidrofob, gidrofil va difil asoslarga tasniflanadi. Gidrofob asoslarga
suvga nisbatan: yog„li asoslar, yog„ga yaqinlari, uglevodorodlar va silikonlar kiradi. Gidrofil 
asoslardan: sellyuloza xosilalari (MS, KMS, Na-KMS), bentonitlar, fitosterin va kollagenlar, 
jelatin-glitserinli asoslar, uchinchi guruhlardan-emulsion asoslardan -emulsiya tipidagi asoslar 
tarkibida SFM emulgatorlar saqlagan (T-2, pentol, sorbitan oleat, PGS va boshq) qo„llaniladi. 
Hozirgi talablarga binoan keltirilgan asoslardan eng to„g„ri keladi-ganini, ya‟ni dori moddaning 
xususiyatiga, surtmani qo„llanishiga ko„ra tanlab olinadi.

Download 261.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling