4-mavzu: Kapsulalar. “Ferask” kapsulasini ishlab chiqarish


Download 74.5 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi74.5 Kb.
#1396293
Bog'liq
4чи лаборатория




4-mavzu: Kapsulalar. “Ferask” kapsulasini ishlab chiqarish.
Kapsula lotincha – “capsula” so‘zidan olingan bo‘lib, futlyar, qobiq, quti degan ma’noni bildiradi. Sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan kapsulalar dozalarga bo‘lingan, qobiq bilan himoyalangan dori moddasidan tashkil topgan dori shakli bo‘lib, asosan ichish uchun, shuningdek rektal va vaginal usullarda qo‘llashga mo‘ljallangan.
Kapsulalar aniq dozalarga bo‘lingan dori turidir. Ular suyuq, kukunsimon, bo‘tqa va donador shakldagi dorilar bilan to‘ldirilgan jelatina qobig‘idan iborat. Kapsulalar ichishga hamda yo‘g‘on ichakka va vaginal usulda ishlatishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Kapsulalar ikki xil: qopqoqchali qattiq va butun qobig‘li yumshoq bo‘ladi. Qattiq jelatina kapsulalarining shakli silindrsimon, uchi yarimsharsimon-dumaloq bo‘lib, ikki qismdan iborat: tanasi va qopqoqchasi, ikkala qismi tirqish qoldirmasdan bir-biriga oson kirishi kerak. Qattiq jelatina kapsulalarida “qulf” vazifasini bajaruvchi burama shaklda chuqurchasi bo‘lishi mumkin.
Qattiq kapsulalar sig‘imiga qarab sakkiz o‘lchovda tayyorlanadi: 000 (1,37 ml), 00 (0,95 ml), 0 (0,68 ml), 1 (0,5 ml), 2 (0,37 ml), 3 (0,3 ml), 4 (0,21 ml), 5 (0,13 ml).
Kapsulalarni birinchi bo‘lib fransuz dorishunoslari Mot (Mothes) va Dyublan (Dublane) 1833-yilda taklif qilishgan. Hozirgi kunga qadar AQSh farmakopeyasiga kiritilgan 40 dan ortiq, Angliya farmakopeyasiga kirgan 30 dan va Xalqaro farmakopeyaga kirgan 10 dan ortiq maqolalar bu dori shaklining tutgan mavqei qanchalik yuqori ekanligini isboti bo‘la oladi.


4-Amaliy mashg’ulot.
Ferask” kapsulasini tayyorlash
Vazifa.

  1. 30 ta “Ferask” kapsulasini tayyorlash uchun massa tayyorlang va “0” raqamli qattiq jelatin kapsulalariga soling.

  2. Tayyorlangan kapsulalarning sifat ko’rsatkichlarini aniqlang.

  3. Tayyor jarayoni tasvirini chizing

Ferask” kapsulalari - Capsulae “Ferascum”


FM 42 Uz-19066007-1080-2007
Tarkibi: bitta kapsula uchun
Feramid - 400,0 mg
(FM 42 Uz-0028-2007)
Askorbin kislotasi - 30,0 mg
(X DF, 4 maqola; Brit.F., Evr.F., AQSh F.)
Kapsula ichidagi miqdori - 430,0 mg
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar

  1. Feramid va askorbin kislotasi substantsiyalari

  2. Pergament qog’ozi.

  3. Tosh va tarozi

  4. “0” raqamli kapsulalar

  5. Kofe maydalagich yoki M.X.Islamgulov apparati

  6. Teshigining diametri 0,150 mm bo’lgan elak

  7. Xavoncha va dastasi

Ishni bajarish tartibi:
Kerakli mikdorda tortib olingan moddalar feramid va askorbin kislotasi M.X.Islamgulov asbobiga solinib, 12 soniya davomida maydalanadi. Taxminan 40 soniyadan so’ng, asbob qopqog’i ochilib, maydalangan kukun pergament qog’ozga solinadi va teshigining diametri 150 mkm li elak orqali o’tkazilib, tortiladi.
Massadan 0,43 g dan tortib, “0” raqamli qattiq jelatin kapsulalariga solinadi. Tayyor maxsulotning sifat ko’rsatkichlari aniqlanib, qadoqlanadi.
Tayyor maxsulotning sifatini tekshirish
Tavsifi. Rangi jigar rang bo’lgan, “0” raqamli qattiq jelatin kapsulalariga solingan yorqin sariq rangdan sariq-jigar ranggacha bo’lgan kukun. Tashqi ko’rinishi bo’yicha 11 DFning 2 nashri 143 betda keltirilgan talablarga javob berishi kerak.
Chinligi. Feramid – 200,0 mg kapsul ichidagi kukun 20 ml Tozalangan suvda eritiladi. 5 ml ushbu eritmaga 3 tomchi xlorid kislotasi eritmasidan solinib, unga 1 ml kaliy ferritsianid qo’shiladi. Natijada ko’k rangli cho’kma tushadi (temir ioniga xos bo’lgan reaktsiya).
2 ml bu eritmaga 0,5 ml nitrat kislotasi va 0,5 ml kumush nitrat eritmasi qo’shib aralashtirilsa, birdanigaoq cho’kma tushadi. U qo’shimcha nitrat kislotasi qo’shish bilan yo’qolmaydi (11 DF 1 nashr 165 betda keltirilgan xloridlarga xos bo’lgan reaktsiya).
100,0 mg kapsula ichidagi miqdor 100,0 mg natriy karbonat bilan qizdirilsa piridin xidi keladi.
100,0 mg kapsula ichidagi miqdor 2 ml 1 molG`l natriy ishqori bilan birgalikda qizdirilsa, ammiak xosil bo’ladi. Uni xo’llangan qizil lakmus qog’ozi ko’k rangga bo’yalishi orqali bilishimiz mumkin.
Askorbin kislotasi – 400,0 mg kapsula ichidagi massa 2 ml 2% xlorid kislotasi eritmasida eritilib, 50 ml Tozalangan suv, 0,5 ml 1% kaliy yodid, 2 ml 5% Kraxmal eritmasi qo’shilib, 0,00334 molG`l kaliy yodat eritmasi bilan titrlansa turg’un yorqin ko’k rangli eritma xosil bo’ladi.
O’rtacha og’irligi va undan farqi.
11 DF 2 nashr 144 betda keltirilgan talabga javob berishi kerak. Kapsula ichidagi massaning og’irligi 387,0 mg dan kam 473,0 mg dan ko’p bo’lmasligi kerak. Ya'ni 10% gacha chetlanishga ruxsat etiladi.


Tayyorlash jarayoni tasviri.



Download 74.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling