4-mavzu: Movarounnahr va Xurosonning mо‘g‘ullar tomonidan bosib olinishi Movarounnahr Chig’atoy ulusi tarkibida. Reja


Download 41.67 Kb.
Sana16.04.2020
Hajmi41.67 Kb.
#99729
Bog'liq
movaraunnahr va Xurosonning mo`g`ullar tomonidan bosib olinishi




4-mavzu: Movarounnahr va Xurosonning mо‘g‘ullar tomonidan bosib olinishi Movarounnahr Chig’atoy ulusi tarkibida.
Reja:


  1. Mо‘g‘ullar bosqini arafasida Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy ahvol.

  2. Chingizxon va Muhammad Xorazmshoh о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlar.

  3. Chingizxonning Movarounnahrga hujumi.

  4. Chig’atoy ulusining tashkil topishi.

  5. Chig’atoy ulusi va uninig boshqaruv Samarqand jangi.

  6. Chig’atoy ulusining ijtimoiy-iqtisodiy.

Mо‘g‘ul etnogenezi ham murakkab masala bо‘lib, har holda elat sifatida ular XIII asrda yuzaga kelgan bо‘lishi kerak. X-XI asrlarda esa asli Amur daryosi bо‘ylarida yashagan 16 ta urug‘-aymoqlarga bо‘lingan tatan (tatar)larning tarkibiy qismi sifatida ularning bir urug‘idan alohida, moxe (mо‘g‘ul) qabilasi vujudga kelgan deyiladi. Bu qabila tezda kuchayib 1135-39 yillari Xitoyga qator yurishlarni amalga oshirishadi. Hatto Xitoy imperatorlari 1147 yili mо‘g‘ullar bilan ittifoq tuzishga ham majbur bо‘lishadi.

XII asr о‘rtalariga kelib Baykal kо‘li atrofi, hozirgi Mо‘g‘uliston hududlarida yashovchi turkiy va tungus-manjur qabilalarining kо‘pchiligi mо‘g‘ullar rahnamosi Yesugay bahodir ta’siriga о‘ta boshlaydilar. Lekin, unga qarshi turgan tatar, markit qabilalarni bо‘ysundirish osonlik bilan kechmaydi. Yesugayni tatarlar ziyofat paytida xiyonatkorona о‘ldirishgandan sо‘ng, uning о‘g‘li bо‘lmish Temuchinning ta’siri mо‘g‘ullar ichida kо‘tarila boshlaydi. Temuchin (1155-1227) (mо‘g‘ulcha, temir ustasi)-kuchli va tadbirkor, ayyor sarkarda bо‘lib, parokanda qabilalarni turli yо‘llar bilan о‘z qо‘li ostida mustahkam birlashtirgan shaxs edi.1 1186 yilda u boshqa bir mо‘g‘ul sarkardasi Jamuxa yordamida о‘zining eski raqibi markitlarni bо‘ysundiradi. Ba’zi ma’lumotlarga kо‘ra, bu g‘alabadan sо‘ng mо‘g‘ul nо‘yon (harbiy boshliqlar)lari va navkarlari uni olqishlab, mо‘g‘ul hukmdori-xon deb e’lon qilishgan. XIII asr boshida esa yana bir boshqa kuchli qabila tatarlar ustidan ham g‘alaba qozoniladi. Temuchin 1203 yili kerayitlarning xoni О‘ngxonni mag‘lub etib, qо‘ng‘irot va naymanlar ustidan о‘z hukmronligini о‘rnatdi.

Mо‘g‘ullarni birlashtirish chog‘ida Temuchin kuchli harbiy tuzilmani tashkil etdi. Unga kо‘ra mо‘g‘ul qabilalari mingliklarga bо‘lingan bо‘lib, u butun bir boshli harbiy okrug vazifasiga tо‘g‘ri kelar edi. Okruglar tepasiga sadoqatli kishilar qо‘yilar edi. Temuchin juda intizomli, sadoqatli va о‘ta jangovar harbiy tuzilmalarni yaratishga muvaffaq bо‘ldi. Ularni boshqarishni esa avvalo, о‘z о‘g‘illari-Jо‘chi, Chig‘atoy, О‘gedey, Tuli, nufuzli xotini Burte-fujen, safdoshlari Subutoy, Jebelarga topshirdi. О‘z hokimiyatini tо‘liq mustahkamlab olgach Temuchin 1206 yili mо‘g‘ullarning umum qurultoyi (qurultoy halq hohishi - mо‘g‘ulcha)ni chaqiradi. Qurultoyda u oliy mо‘g‘ul hukmdori-xon deb tantanali e’lon qilinib, unga bosh shaman Teb-Tangriy “Chingizxon” degan faxriy nom beradi. Chingiz sо‘zi tarixchi Rashididdinning yozishicha, “kuchli”, “buyuk” degan ma’noni anglatadi.

Qurultoyda odat bо‘yicha Chingizxon о‘z tug‘i-bayrog‘ini kо‘tardi, 10 ta lavozim joriy etib uni о‘z yaqinlariga taqdim etadi. Sahrodagi Qoraqurum shahrini markaziy poytaxt deb belgiladi. О‘z qо‘li ostidagi mansablarni esa 3 toifaga bо‘lib, ularga aniq vazifalarni bо‘lib berdi. Ularga Boorgu, Muxali, Nayaa ma’sul bо‘ldilar. U о‘z qо‘shinlarini ham isloh etdi. Butun Mо‘g‘uliston 95 ta harbiy-ma’muriy birlikka bо‘lindi. Yangi mо‘g‘ul davlati-Yeke Mо‘ng‘ol ulus (buyuk mо‘g‘ul davlati) deb atala boshlandi.

Qurultoydan avvalroq 1203 yildayoq hali bir tizimga ega bо‘lmagan qonunlar tо‘plami vujudga kelib, u о‘z ichiga yorliqlar (buyruqlar), yasoq (qonunlar), bilik (nasihat)larni olgan edi.

Chingizxon shaxsiy gvardiyasi sonini (keshiktan) 9000 kishigacha yetkazdi. Uning a’zolari har 3 kunda navbatchilik qilar, ularning ishini shaxsan xonning о‘zi nazorat qilar edi. 1204 yili uyg‘ur alifbosi mо‘g‘ul yozuvi uchun qabul qilindi. Shuningdek mustaqil davlat belgisi bо‘lgan muhr (tamg‘a), hamda taqvim qabul qilindi. Chingizxon 1209 yilda tang‘utlarni, 1211 yilda uyg‘urlarni, 1215 yilda esa shimoliy Xitoyni poytaxt Chjundu (Pekin) bilan birgalikda о‘ziga tobe qilib oldi.

Xorazmshoh-Anushtageniylar davlati (1097-1231) hisoblanar edi.

1215 yili Dashti qipchoq yurishida Xorazmshoh qо‘shinlari mug‘ullarning Jо‘chi boshchiligidagi harbiy qо‘shiniga duch keladi. Mо‘g‘ullar bu yerlarda Chingizxonning buyrug‘iga kо‘ra markit qabilalariga zarba berish uchun yurish qilgan edilar. О‘zaro tо‘qnashuvdan sо‘ng mо‘g‘ullar Chingizxondan Xorazmshohlar davlatiga nisbatan yurish qilish xususida hech qanday kо‘rsatma olmaganliklari uchun orqaga chekindilar.

1217 yili Bag‘dod xalifasi an-Nosir (1180-1225) sultonning Bag‘dodni unga topshirishi va uning nomini xutbaga qо‘shib о‘qishini qat’iy rad etgach, Muhammad Xorazmshoh katta kishilik qо‘shin bilan abbosiylar xalifaligiga yurishni boshlab yuboradi.

Sulton Muhammad bu elchilarni 1218 yil bahorida Buxoro shahrida qabul qiladi. Elchilar Chingizxon sultonning zafarli yurishlaridan xabardor ekanligi, uni qudratli podshoh sifatida tan olib “о‘zining eng ardoqli о‘g‘illari qatorida” kо‘rishini bayon etishadi. Chingizxon Mahmud Yalavoch guruhi xizmatidan, tо‘plangan ma’lumotlardan mamnun bо‘ladi. Zero Yalavoch soxta “josus” rolini о‘ynab, bor haqiqatni Chingizxonga yetkazgan edi. О‘sha yiliyoq, ya’ni 1218 yili, Chingizxon sulton Muhammadga о‘z minnatdorchiligini izhor etish va о‘zaro shartnoma tuzish maqsadida katta savdo va elchilar karvonini jо‘natadi. Ulkan savdo karvoni 450 ta musulmon savdogari va 500 ta tuyaga ortilgan qimmatbaho mollardan iborat edi.

Talab olingan mollar Samarqand va Buxoro savdogarlari о‘rtasida taqsimlanib, xorazmshoh ushbu savdo mollari pulini о‘ziga oladi. Ba’zi tarixiy manbalarda esa Inalxon garchi karvonni tо‘xtatish buyrug‘ini olgan bо‘lsa ham, о‘z holicha uni qirib tashlagan deb ham aytiladi. Nima bо‘lganda ham xorazmshohlar qо‘pol siyosiy xatoga yо‘l qо‘yib, elchilarni qirg‘in-barot qildiradilar.

О‘tror fojeasidan sо‘ng Chingizxon Ibn Kafrojiy Bug‘roni ikki mulozim bilan xorazmshoh huzuriga elchi etib jо‘natdi. As-Subqiyning yozishicha, Chingizxon О‘tror fojeasining aybdori Inalxonni tutib mо‘g‘ullar qо‘liga topshirishini, elchilar о‘limining sabablarini keskin tarzda sо‘raydi. Mо‘g‘ullar bilan munosabatlarni keskinlashtirmaslik uchun «О‘tror hokimini Chingizxon qо‘liga topshirish kerak», degan taklifni kо‘targan shahzoda Jaloliddinning fikrini sulton rad etadi. Sulton buyrug‘i bilan elchi bо‘lmish Ibn Kafrojiy Bug‘ro о‘ldirilib, ikki mulozimning soqol-mо‘ylovlari sharmandali tarzda qirib tashlanadi. Xorazmshoh mо‘g‘ullar bilan ertami-kechmi, urush bо‘lishini yaxshi anglagan, qolaversa, mamlakatda mо‘g‘ullar bostirib kirishi xususida turli mish-mishlar ham avj olgan edi. Nima bо‘lganda sulton ham Chingizxonga shu yо‘sinda dag‘dag‘ali javob berishga qaror qildi. Tarixchi Rashiddin о‘zining «Jome at-tavorix» asarida yozishicha xorazmshohning ushbu dag‘dag‘asi va qilmishi «Chingizxonning yuragiga shunday ta’sir qildi-ki, unda ortiq chidam va toqat qolmadi. Nafrat о‘ti bilan yonib u bir о‘zi tepalikka kо‘tarildi, bо‘yniga belbog‘ini tashlab, bosh yalang yerga yotib ibodat qildi. Uch kungacha yig‘lab xudoga nola qilib yordam sо‘radi…»

1206, 1212-yillarda rо‘y bergan Buxoro va Samarqanddagi xalq g‘alayonlari о‘z navbatida zо‘ravonlik va soliqlar oshib ketishiga qarshi qaratilgan edi.

Chingizxon 1219 yili о‘z о‘g‘illari boshliq 200 mingga yaqin asosiy harbiy kuchlari bilan anchadan beri puxta tayyorlangan Xorazmshoh-Anushtageniylar davlati ustiga harbiy yurishni boshladi. Bu kuchlar yozni Irtish daryosi bо‘yida о‘tkazib, sentabr oyida chegaradan о‘tadi. Chingizxonga uyg‘ur ediquti (xoni) Baurchak, qarluqlar xoni Arslonxon va Olmaliq hukmdori Sig‘noqteginlar ham о‘z qо‘shini bilan kelib qо‘shildilar. Chegaradan о‘tgan Chingizxon о‘z qо‘shini bilan janubiy qozoq chо‘llarining Sirdaryoga tutashgan joyidagi О‘tror shahri yaqinida tо‘plab uni 4 qismga bо‘ldi.

Chig‘atoy va О‘qtoy qо‘shinning bir qismi bilan О‘trorni qamal etib, egallash uchun qoldirildi. Ikkinchi qism esa Jо‘chi boshchiligida Sirdaryoning yuqori oqimidagi Jand, Yangikent, Borchig‘lig‘kent, Sig‘noq shaharlarni bosib olish uchun yuborildi. Uchinchi qismidagi besh ming chog‘li qо‘shinga Uloq nо‘yon va Suketu cherbi bosh bо‘lib О‘trordan janubga yurish, Xо‘jand va Banokatni egallash vazifasi topshirildi. Chingizxon о‘zi bosh bо‘lgan tо‘rtinchi, asosiy qism (uning tarkibida taniqli sarkardalar Jebe va Subutoy ham bor edi) Zarafshon vohasi tomon-Buxoro hamda Samarqandni istilo etish uchun yо‘l oldi.

Mо‘g‘ullarga qarshi tura olish mumkin emasligini sezgan Temur Malik (malik-hokim ma’nosida) taxminan 1000 nafar askari bilan Xо‘janddan bir kilometr naridagi Sirdaryoning mо‘jazgina orolida joylashib oladi. Qulay strategik ahamiyatga ega bо‘lgan bu orolga mо‘g‘ullar о‘qlari, palaxmon toshlari yetib bormas edi. Temur Malikning buyrug‘iga kо‘ra 12 ta qayiq yasatilib, о‘q о‘tmasligi, yonib ketmasligi maqsadida bu qayiqlarning usti namat bilan qoplanib, sirka shimdirilgan loy bilan suvab chiqiladi.

Chingizxon yozni Nahshabda о‘tkazib, 1220 yilning kuzida Termizga yurishni boshlaydi.

U 1221 yilning fevralida G‘aznaga kirib keladi. Manbalarda qayd etilishicha, xalq Jaloliddinni juda katta tantana bilan kutib oladi. Shahar xuddi hayit bayramidek shodu-hurramlikka tо‘ladi.

Xorazmshohlar avlodidan bо‘lgan Misr hokimi al-Muzaffar Sayfiddin Kutuz ajdodlarning shonli kurash yо‘lini davom ettirib, 1260 yili Yaqin Sharqdagi Ayn Jalut yonida mо‘g‘ullarga qaqshatqich zarba berib, ularning Suriya va Misrga kirib kelishlariga chek qо‘yadi.

Mо‘g‘ullar istilosidan sо‘ng Movarounnahr, Xorazm, Xurosonning gullab-yashnagan dehqonchilik vohalari tamomila halokatga uchradi. Sharqda dong‘i ketgan qadimiy va obod shaharlar, jumladan Samarqand, Buxoro, Urganch (Gurganj), Xо‘jand, Marv, Termiz, Balx, Nishopur va boshqa shaharlar xarobazorga aylantirildi.

О‘lponu - soliqlarning miqdori tobora oshib bordi, undan tashqari esa aholidan yig‘ib olinadigan turli tо‘lovu - yig‘imlar, jarimalarning soni haddan tashqari oshib keta boshladi. Yangi yer solig‘ining nomi - «kalon» deyilib, u hosilning о‘ndan bir miqdorida olingan. 1235 yilgi qurultoydan sо‘ng esa chorva mol boshidan olinadigan yalpi soliq- «qopchur» ta’sis etilgan. Unga kо‘ra 100 tadan bir miqdorda chorva soliqqa tо‘lanar edi. (Bu soliq asosan mо‘g‘ullar turmush tarzi xususiyatini hisobga olgan holda joriy etilgan edi). “Yasoq“qa kо‘ra davlat xazinasi uchun “shulen” deb nom olgan oziq-ovqat solig‘i joriy qilingan.

Mazkur soliqqa kо‘ra har bir podadan ikki yashar qо‘y, qimiz uchun har mingta otdan bir biya hisobidan olingan.

Buyuk hoqon hisoblangan О‘gedey (1229-1241 yy.) davridayoq mо‘g‘ullar о‘zlariga xizmat kо‘rsatayotgan ayrim kishilar, katta yer egalari, savdogarlarga turli yorliq va payzalar bera boshladilar. Payza qimmatbaho metall (oltin, kumush) yoki jez, yog‘och taxtalardan ishlangan bо‘lib unga nо‘yonning muhri qо‘yilar edi. Bunday payzaga ega bо‘lgan kishilar shu jumladan elchilar, soliq yig‘uvchilar va boshqa shaxslar aholidan turli yig‘im, tо‘lovlarni talab qilib olish huquqiga ega edilar. Kо‘plab beriladigan payza egalari aholidan tekinga ot-ulov, yem-xashak, yotar-joy, oziq-ovqat talab qilishga ham haqli edi. Savdo yо‘llarida joylashgan bekatlar “yom” (jom) deyilib, ularning xizmati va harajati mahalliy aholi bо‘ynida edi. Bu bekatlar bо‘ylab davlat ishlari bо‘yicha kо‘plab elchi, chopar, vakil va boshqalar о‘tib, ularga xalq tekinga xizmat qilib, ularni ta’minlab turishi ham lozim edi. 1235 yildan boshlab hoqon farmoniga kо‘ra har bir yomning aloqa xizmati va harakati ikkita tuman aholisiga yuklatildi. “Yomlar bо‘yidagi aholida toqat va majol ham qolmagan edi”,-deb yozgan edi tarixchi Rashididdin.

Mahalliy aholi-hunarmand, dehqon, chorvador, kim bо‘lishidan qat’iy nazar, umum hashar ishlarida qatnashishi va tekinga ishlab berishi shart edi. Mо‘g‘ullarning ichki xо‘jalik hayotni, savdo-sotiq sohasini bir oz jonlantirish borasidagi chiqargan past qiymatli tangalari aholi ichida о‘z о‘rnini topmadi. Aksincha, zо‘rlik - pо‘pisaga qaramay, 1232 yildan boshlab Samarqandda pul muomalasi barham topdi, savdo-sotiq ayriboshlov darajasiga tushib qoldi. Farg‘ona, Shosh, Termiz va boshqa viloyatlarda mо‘g‘ul istilosidan sо‘ng pul zarb etish о‘z-о‘zidan tugagan edi. Natijada, tez orada butun Movarounnahrda pul muomalasi butkul izdan chiqdi.

Keyinchalik Munqaning о‘limidan sо‘ng Chig‘atoyning nevarasi Olg‘uxon (1261-1266) Oltin О‘rdaga qarshi kurashib, Chig‘atoy ulusini qayta tiklashga muvaffaq bо‘ladi.

XIII asrning 60-70-yillariga kelib, rasman yagona hisoblangan mо‘g‘ul imperiyasi aslida Erondagi Xulagiylar, Movarounnahrdagi Chig‘atoylar, Oltin О‘rda deyarli mustaqil qismlariga bо‘linib ketgan edi. Har bir ulus xoni о‘zini tamomila mustaqil sanab, payti kelganda qо‘shni uluslarga о‘lja uchun hujum ham qilib turar edilar

XIII asrning ikkinchi yarmi - XIV asrning birinchi yarmidagi xо‘jalik, iqtisodiy hayotdagi siljishlar, savdo-sotiqning rivojlanishi, qolaversa Chig‘atoy mо‘g‘ullarining tobora о‘troq hayotga moslasha borishi, bosqinchilik vaqtida tanazzulga yuz tutgan madaniy hayotning nisbatan jonlanishiga olib keldi. Avvalo shaharsozlik bilan bog‘liq binokorlik va me’morchilik yо‘lga qо‘yila boshlandi.

1333 yili Buxoroda bо‘lgan arab sayyohi ibn Battuta ushbu maqbaraga yuqori baho bergan edi. Shuningdek, mana shu davrlarda barpo etilgan Buxorodagi Qusam ibn Abbos maqbarasi ziyoratxonasi, Xо‘ja Ahmad maqbarasi, Qо‘hna Urganch (Gurganj)dagi Najmiddin Kubro va Tо‘rabekxonim maqbarasi, masjid va ikkita baland minoralar (minoraning hozirgacha saqlangan qismi 62 metrni tashkil etadi, minoralarning bittasi XX asr boshlarida qulab tushgan), Xо‘janddagi Duvaxon maqbarasi (keyinchalik vayron bо‘lgan) va boshqalarni tilga olib о‘tish mumkin. Qarshidagi buzilib ketgan saroy, Ma’sudbek hukmronligi davrida (1238-1289) Buxoroda barpo etilgan “Ma’sudiya”, “Xoniya” madrasalari va boshqalar tо‘g‘risida manbalarda ma’lumot berib о‘tiladi.

XIII asr - XIV asrning ikkinchi yarmida fors-tojik adabiyotida ayniqsa Jaloliddin Rumiy (1207-1272), Muslihiddin Sa’diy Sheroziy (1219-1293), Amir Xusrav Dehlaviylarning (1253-1325) о‘rni va mavqei kо‘tarilib, ular jahon adabiyoti olamiga keng taniladilar. Asli Balx shahridan bо‘lgan Rumiy 14 yoshligida о‘z oilasi bilan mо‘g‘ul bosqinidan qochib Kichik Osiyoning Kо‘niya sultonligiga borib qoladi. Kо‘niya, Halab, Damashqda tahsil olib, buyuk tasavvuf ilmi shoiri va faylasufi bо‘lib taniladi.



1 Temuchin (Chingizxon) tavalludi sanasi yuzasidan hozirda turli qarashlar ham mavjud. Shartli ravishda 1155 yil qabul qilingan.

Download 41.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling