Huquq tarixi yn 1-kazus javobi
Download 39.39 Kb.
|
1.YN.Huquq tarixi
Huquq tarixi YN 1-kazus javobi Miloddan avvalgi XVIII asrda Qadimgi Bobilda ibodatxona kohini sifatida faoliyat yuritayotgan Jamal ismli shaxs qo‘shni Uruq mamlakatidan kelgan Mag‘rur ismli savdogardan 4 mina kumush evaziga 2 ta qul sotib oldi. Biroq oradan bir necha kun o‘tgach, Uruqdan tashrif buyurgan boshqa bir Kamal ismli savdogar o‘sha ikki qul unga tegishli ekanligini va ular qochoqligini yoki o‘g‘irlab ketilganligini, buni uning qo‘shnilari ham tasdiqlashini ko‘rsatgan holda daʼvo qilib, Jamalga murojaat qildi. Jamal esa ushbu qullarni sotib olganligini va bunga guvohlari ham mavjudligini aytib, uning daʼvosini rad qildi. So‘ngra Kamal Bobil shahrining hukmdori – patesiga arz qildi. Birinchi masala: Xususiy mulkchilik Ikkinchi masala: Shartnomalar va majburiyatlar Xammurapi qonunlarini tuzishda eski odat xuquqi, shumer qonunlari va yangi qonunlar asos qilib olingan. Xammurapi qonunlari o’zining to’laligi nuqtai nazaridan va qatiyligi bo’yicha mukammal emas , ular jamiyat xayotining xamma tomonlarini to’liq qamrab olmagan bo’lsa ham o’sha davr uchun muhim qonuniy asos bo’lib xizmat qilgan. Birinchi masalani batafsilroq o’rganadigan bo’lsak, Bobilda xususiy mulk juda qattiq choralar bilan ximoya qilingan .Agar o’g’ri qonunda belgilangan katta miqdordagi jarimani to’lay olmasa, o’limga maxkum etilgan. Mulk egasi o’z mulkini har qanday kishidan talab qilib olish imkoniyatiga ega bo’lgan.Agar mulk egasi o’z mulkini birovdan topib olsa, bunda uni egallab turgan shaxs mulkni boshqa shaxsdan sotib olganligini ko’rsatsa , mulkning haqiqiy egasi sudga mulk haqiqatda uniki ekanligini tasdiqlaydigan guvohlar keltirishi , uni sotgan kishini va ushbu shartnoma tuzilishida ishtirok etgan guvohlarni sudga olib kelishi lozim bo’lgan 1.Guvohlarni so’roq qilish natijasida begona ashyo sotilganligi aniqlansa, mulk egasi o’z ashyosini qaytarib olgan, mulkka egalik qilib turuvchi shaxs (sotib oluvchi) esa uni sotgan kishidan bergan to’lov haqini qaytarib olgan, mulkni sotgan sotuvchi o’g’ri deb topilgan va o’limga maxkum etilgan (9-modda). Agar mulkka egalik qilib turgan shaxs ashyoni sotgan kishini ko’rsata olmasa va guvohlar taqdim eta olmasa , mulkning haqiqiy egasi guvohlar yordamida ashyoga bo’lgan huquqini isbotlasa, mulkka egalik qilib turgan shaxs o’g’ri dep topilganva o’limga maxkum etilgan (10-modda). Agar aksincha, davogar ushbu mulkka bo’lgan huquqini isbotlay olmasa , tuxmatchi sifatida o’limga maxkum etilgan (11-modda). Agar begona ashyoni sotgan shaxs o’lib ketgan bo’lsa, u holda ushbu ashyoni sotib olgan kishi foydasiga sotuvchining uyidan mulk qiymatining besh baravar xajmida mulk undirilgan (12- modda). 2.Bizningcha, bunday xuquqiy qonunning bo’lgani o’sha davrda jamiyat hayotida xususiy mulkka egalikni barqaror asosda mustahkamlagan va har bir fuqaroni o’z mulkiga o’zi egalik qilishiga , o’zgalarning daxlsizligiga qonuniy asosda zamin yaratgan. Ikkinchi masalaga to’xtalsak, Xammurapi qonunlarida shartnomalardan va zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bir-biridan ajratib ko’rsatilgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar keng tarqalgan . Xammurapi davrida , ayniqsa shartnopma huquqi juda rivojlangan . Bu vaqtda Bobilda tovar -pul munosabatlarining ancha rivojlanganligi , jamiyatda savdo- sudxo’rlik ro’lining oshganligi, mulk aylanishining nisbatan taraqqiy etganligi, yerlarning sotilishi , sotib olinishi, ijaraga vaqtincha foydalanish uchun berilishi va hokazolar hammasi shartnoma huquqining ancha rivojlanganligini ko’rsatadi. Shartnomalarning oldi-sotdi, ijara, qarz yuk tashish , shirkat , topshiriq , xadya va boshqa turlari xaqida qonunda ko’pgina meyorlar belgilangan. Ko’chirib bo’ladigan va ko’chmas mulkka xususiy mulkchilik mavjudligi sharoitlarida oldi-sotdi shartnomasi keng tarqalgan edi. Oldi sotdi sharttnomasining predmeti ko’chirib bo’ladigan ashyolar (don , xayvonlar , qullar va boshqalar ) xamda ko’chmas mulklar (dalalar , bog’lar , uylar) bo’lishi mumkin bo’lgan . Ancha qimmatbaho mulklar - yerlar, qurilish binolari , qullar , xayvonlarni sotish guvohlar ishtirokida yozma shaklda amalga oshirilgan .Bunday shartnomalar quyoshda quritilgan yoki olovda kuydirilgan loydan yasalgan qattiq loytaxtachaga yozib qo’yilgan . Oldi sotdi shartnomasida ashyoni sotuvchi faqat mulkning haqiqiy egasi bo’lishi talab qilingan . Zero mulk uchinchi shaxs tomonidan sotilib so’ngra mulkning xaqiqiy egasi mazkur mulk uning xoxish irodasiga zid ravishda sotilganini davo qilsa , ushbu mulk xaqiqatdan xam uniki ekanligini guvohlar yordamida isbotlasa , tuzilgan shartnoma haqiqiy emas deb topilgan . Bunday xolda yuqorida aytib o’tganimizdek , mulk xaqiqiy egasiga qaytarilib , sotuvchi o’g’ri sifatida talqin etilgan va o’zi o’limga hukm etilgan (9- modda) 3. Shu sababli oldi-sotdi shartnomasida bazi xollarda sotilayotgan ashyoning uchinchi shaxs tomonidan talab etilmasligi uchun kafolatlar nazarda tutilgan. Shuningdek , bunday shartnomalar tuzish chog’ida shartnoma predmetining yaroqliligi haqida ham kafolatlar olingan . Masalan olingan qul tutqanoq kasaliga yo’liqqan bo’lib chiqsa va ishga yaroqsiz bo’lsa, bir oy ichida shartnoma bekor qilinishi va qul egasiga qaytarilib , unga to’langan xaq qaytarib olinishi mumkin edi . Oldi-sotdi shartnomasi tomonlarning malum xarakatlarni bajarishi bilan , yani sotuvchi tomonidan shartnomada ko’rsatilgan narsaning sotib oluvchiga berilishi va sotib oluvchining bunga belgilangan to’lovning to’lashi bilan tuzilgan deb hisoblangan .4 Endi kazus yechimiga to’xtalsak: Xammurapi qonunlarining 9, 11, 12- moddalariga asoslanib xolatni ko’rib chiqamiz 9- moddaga asoslansak: Bu yerda savdogar Kamal qullar o’ziniki ekanligini davo qilyapti va guvohlari orqali haqiqatdan ham buni isbotlasa u mulki bo’lgan qullarni qaytarib oladi. Bu vaqtda mulk egasi bo’lib turgan Jamal ham haqiqatdan guvohlari orqali qullarni savdogar Mag’rurdan sotib olganligini isbotlasa bu vaziyatda savdogar Mag’rur aybdor deb topiladi va qullarni sotishdan topgan pulini Jamalga qaytaradi . Mag’rur o’g’ri sifatida talqin qilinib , o’limga hukm qilinadi . 11- moddaga asoslansak: Bu moddaga binoan davogar Kamal yuqoridagini aksini qilib yani guvohlari orqali qullar mulki bo’lganligini isbotlay olmasa uning o’zi tuxmatchi sifatida talqin qilinib o’limga hukm etilgan . 12-moddaga asoslansak: Bunda davogar Kamal guvohlari yordamida qullar o’z mulki bo’lganligini isbotlasa qullar unga qaytarilgan . Ayni damda sotib oluvchi hisoblangan Jamal guvohlari orqali haqiqatdan ham qullarni Mag’rurdan sotib olganligini isbotlasayu lekin bunga qadar Mag’rur vafot qilgan bo’lsa Jamalga Mag’rurning uyidan mulk qiymatining besh baravari miqdoridagi pul undirib berilgan . Bundan ko’rinib turibdiki Jamal qullarni 4 mina evaziga olgandi demak Jamalga 20 mina miqdoridagi pul undirib beriladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda xulosa qiladigan bo’lsak; Xammurapi mil.avv XVIII asrda yashaganligini inobatga olgan holda bugungi konstitutsiyalar bilan solishtirsak o’sha davr uchun munosib va mukammal huquqiy qonun bo’lgan . Xammurapi qonunlari asosan o’ta og’ir jinoyatlarga shafqatsiz jazo faqatgina o’lim jazosi qo’llanganligi bilan ham nom qozongan lekin bazi hollarda jarimalar ham nazarda tutilgan . Xammurapi qonunlari hukmron bo’lgan hududdagi fuqarolar bir muncha himoyalangan holda hayot kechirgan . Chunki yuqorida ko’rib o’tganimizdek xususiy mulk bundan tashqari inson hayoti kafolatlangan .Ha inson hayoti kafolatlangan shuning bilan birga hayot uchun hayot bilan javob berilgan. Bugunning nigohi bilan qarasak zamonaviy davlatlarning bazilarida ham o’lim jazosi bor lekin nima bo’lganda ham insonning tabiiy yashash huquqi inson omili bilan cheklanmasligi lozim . Mil . avv XVIII asrda bunday huquqiy manbaning bo’lganligi inson har qanday davrda ham adolatli yashashga haqli ekanligiga misol bo’la oladi . [Введите текст] Страница Download 39.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling