KAZUS
Bobilda ibodatxona kohini sifatida faoliyat yuritayotgan
Jamal ismli shaxs
qo‘shni Uruk mamlakatidan kelgan Mag‘rur ismli savdogardan 4 mina kumush
evaziga 2 ta qul sotib oldi. Biroq oradan bir necha kun o‘tgach,
Urukdan tashrif
buyurgan boshqa bir Kamal ismli savdogar o‘sha ikki qul unga tegishli ekanligini va
ular qochoqligini yoki o‘g‘irlab ketilganligini, buni uning qo‘shnilari ham
tasdiqlashini ko‘rsatgan holda daʼvo qilib, Jamalga murojaat qildi.
Jamal esa ushbu
qullarni sotib olganligini va bunga guvohlari ham mavjudligini aytib,
uning
daʼvosini rad qildi. So‘ngra Kamal Bobil shahrining hukmdori – patesiga arz
qildi.
Vaziyatni Xammurapi qonunlariga asoslanib hal qiling.
JAVOB:
Bugungi kundagi har bir huquqshunos nafaqat amalda bo’lgan qonun hujjatlari
balki tarixda mavjud bo’lgan qonun qoidalarni ham o’rganib qo’yishi joiz deb
o’ylayman. Shuningdek tarixiy hujjatlardan
kerakli xulosa olib, bugungi kundagi
qonun hujjatlari bilan ishlash albatta foydadan holi bo’lmaydi. Biz ham yuqorida
berilgan kazusni tarixiy olgan bilimlarga tayanib,
IRAC usulida yechishga harakat
qilamiz.
Berilgan kazusdagi muammoni yechishdan oldin biz
quyidagi savollarga javob
topib olishimiz kerak. Ya’ni :
1. Kohinlar kimlar bo’lgan ?
2. Qadimgi davrda qul kim bo’lgan ?
3. Patesi qanday lavozim ?
4.
Xamurapi davrida oldi-sotdi ishlari qanday bo’lgan?