4-Mavzu: Paxta terish mashinalari. Vertikal va gorizontal shpindelli paxta terish mashinasining vazifasi


Download 0.5 Mb.
bet1/2
Sana10.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1184618
  1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Word 00



4-Mavzu: Paxta terish mashinalari. Vertikal va gorizontal shpindelli paxta terish mashinasining vazifasi, tuzilishi va ishlashi. KEYS 2022 rusumli paxta terish mashinasi.

Reja:
1. Paxta terish mashinasi haqida umumiy tushuncha
2. Paxta terish mashinalarining turlari.
3. Paxta terish mashinasining umumiy tuzilishi
4. Paxta terish mashinalarida uchraydigan buzuqliklar va ularni bartaraf etish yo’llari.

Tayanch so’z va iboralar: pnevmomexanik, pnevmopodborshchik, apparat karkasi, reduktor, podovok, mufta.

Mavzuga oid aqliy xujum yuzasidan savollar:
  1. Paxta terish mashinasining turlarini sanang va tushuntiring?


  2. Paxta terish mashinasining tuzulishi qanday?




Paxta hosilini yig’ib-terib olish paxtachilikdagi eng sermehnat va mas’uliyatli ishdir. Paxta hosilini terishning texnologiyasi quyidagi tartibda baljariladigan ishlardan iborat:


  1. Hosil mashinalarda teriladigan dalalarda g’o’za barglarini to’ktirish (defolyasiya) va poyalarini quritish (desikasiya).


  2. Birinchi mashina terimidan 2...3 kun ilgari agregat buriladigan joylarni tayyorlash.


  3. Paxta hosilining 50...60% ochilgandan keyin mashina bilan birinchi terim boshlash va paxta hosilini qop-qanorsiz punktlarga tashish.


  4. 12...14 kundan keyin, ya’ni g’o’za tuplarida kolgan 25...30% paxta ochilgandan -so’ng ikkinchi terim boshlanadi.


  5. Daladagi qoldiq hosil va ochilmagan ko’saklar ko’sak terish mashinalarida terilib, quritiladi va tozalanib punktlarga topshiriladi.


  6. Erga to’kilgan paxta hosili maxsus mashinalarda terilib, quritiladi va tozalanib punktlarga topshiriladi.


  7. G’o’zapoyalar mashinalarda yulib olinadi va kerakli hollarda o’g’it chiqarilib, dala haydaladi.




SHunday qilib, paxta hosilini terishdagi mashinalar majmuiga paxta terish mashinalari, ko’sak terish, erga to’kilgan paxtalarni teruvchi mashinalar, g’o’zapoya yulish mashinalarn, maxsus purkagich va changlatgichlarni kiritish mumkin.
Ushbu darsda mana shu mashinalar majmuasidan paxta terish mashinalarining tuzilishi va ishlashi bilan tanishib o’tamiz.


14XV-2.4A va 17XV-18B (boshqa xozirgi kunda keng miqyosda ishlatiladigan mashinalar shular asosida yaratilgan) mashinalari qator oralari 60 sm to’rt qator va 90 sm kenglikda ekilgan ikki qator paxta ekinining ochilgan chanoqlaridagi hosilini terish uchun xizmat qiladi.

Markasining o’qilishi: 14 va 17—mashina ishlab chiqarilgan rakamlari.

X — xlopkouborochnsh (paxta teradigan).
V — vertikal shpindelli (tik).


2,4 va 1,8 m — mashinaning ishlash kengligi (2,4 — 60 sm kenglikda ekilgan to’rt qator va 1,8—90 sm keng-likda ekilgan ikki hator paxta hosilini terishini ko’rsatadi).

A, B shu kabi boshqa harflar — mashina modifikasiyasini, ya’ni mashinani qayta ishlaganligini ko’rsatadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling