4-Mavzu: Shaxslararo munosabatlar va oila muammolari psixologik diagnostikasi va korreksiyasi. Reja


Download 62.66 Kb.
bet1/6
Sana03.02.2023
Hajmi62.66 Kb.
#1155095
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-мавзу


4-Mavzu: Shaxslararo munosabatlar va oila muammolari psixologik diagnostikasi va korreksiyasi.
Reja:
4.1.Shaxslararo munosabatlarni o‘rganish metodlari.
4.2.Shaxslararo munosabatlar korreksiyasi buyicha psixologik metodlar. 4.3.Kelishmovchiliklar davom etganda qo‘llaniladigan psixologik usullar. 4.4. Oila muammolari psixologik diagnostikasi va korreksiyasi.
4.5. Oilaviy munosabatlar destruksiyaida psixokorreksiya
Tayanch so‘z va iboralar:
Shaxslararo munosabatlar, metodlar, munosabatlar korreksiyasi, psixologik metodlar,kelishmovchiliklar, psixologik usullar,oila,ota – ona, oila rasmi testi tuzish, uy, daraxt, odam, avtoportret test, muammoli vaziyatlar.

Ta’lim tarbiya muassasalaridagi tarbiyaviy ishlarning eng muxim vazifalaridan biri bu o‘quvchilar jamoasini shakllantirish va rivojlantirishdir. Bu nafakat u yoki bu ta’lim tarbiya muassasinigina emas konkret o‘quv guruhi sinfga xam ta’lukli. Chunki qayerda, kaysi jamoada shaxslararo munosabatlar yaxshi tashkil etilgan bulsa, shu jamoa o‘z oldida turgan ijtimoiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga asos yaratilgan bo‘ladi. Bunday jamoada o‘z-o‘zligini boshqarishni joriy kilish xam yaxshi samaralar berishi mumkin. Bugungi kun o‘qituvchisi, sinf raxbarlari, psixologlarini kiynayotgan muammolardan biri bu o‘quvchilar guruxlarida shaxslararo munosabatlarni tashkil kila bilish imkoniyatlarini beruvchi maxsus psixodiagnostik vositalarning yetishmasligidir. Shaxslararo munosabatlardan, o‘rganish metodlaridan biri, sosiometriya metodidir. Sosiometriya tushunchasi amerikalik olim J.Moreno tomonidan taklif etilgan bo‘lib, guruhdagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganish degan ma’noni bildiradi. Sosiometriya metodi turli guruhlarda, jamoalarda shaxslararo munosabatlar xususiyatlarini o‘rganishning psixologiyada keng qo‘llaniladigan eng samarador vositalaridan hisoblanadi. Sosiometrik tahlil ma’lumotlari shaxsning guruhda tutgan o‘rni, guruxda shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari guruh yulduzlari, guruh lideri (guruhning tan olingan sardori) guruhning yakkalanib kolgan (izolasiyaga) tushib kolgan a’zosi guruxdagi kichik guruxchalar (mikro gruppalar) ularning tarkibi, o‘zaro munosabatlari va yana qator shu kabi ma’lumotlarni olish imkonini beradi, sosiometrik tadqiqotni o‘tkazishda avvalo shaxslararo munosabatlarning u yoki bu jihatini baholovchi muhim mezon tanlab olinadi, buning uchun ma’lum bir real vaziyatga taalukli bo‘lgan savol tuziladi.


Bu savol sosiometrik mezon bilan xizmat kiladi. Sinaluvchilar shu berilgan savollarga o‘zlariga shu guruxdan shirik tanlash bilan javob berishlari kerak buladi.
Sosiometrik mezon bilan tadkikot maksadiga mos tushgan xolda shaxslararo munosabatlarning ma’lum bir jixatiga qaratilgan bo‘lishi lozim. Sosiometrik mezonlarni shartli ravishda quyidagicha bo‘lishi mumkin.
1.«Agar sen sinf (gurux) boshlig‘i bulsang, biron bir jiddiy vazifani, topshiriqni bajarish uchun ajratilgan gurux tarkibiga kimni kiritgan bo‘lar eding».
2.Funksiyali (funksional) «Sening fikringcha sinfdoshlaringdan (guruxdoshlaringdan) kim sinf (gurux) boshligi bo‘lla olishi mumkin».
3.Amaliy: «Agar sinf (gurux) tarqatib yuboriladigan bo‘lsa, unda sen yangi sinfga (guruxga) shu sinfdoshlaringdan (guruxdoshlaringdan kim bilan birga tushishni xoxlar eding)».
4.Emosional: O‘zing uchun og‘ir damlarda sinfdoshlaringdan (guruxdoshlaringdan) kimga murojat kilgan bo‘lar eding.
5.Kommunikativ: o‘z ta’tilingni sinfdoshlaringdan (guruxdoshlaringdan) kim bilan birga o‘tkazishni xoxlar eding.
Sosiometrik mezonlarni tanlashda va savollarni tuzishda konkret vaziyatlar nazarda tutilishi lozim. Sosiometriyaning samaradorligi so‘raluvchining, urganilayotgan gurux a’zolarining psixologik tayyorgarligiga boglik buladi. Sosiometrik kartochkani tuldirish sinaluvchining ixtiyoriy, shaxsiy ishidir. Ba’zi bir sinaluvchtlar tadkikotda ishtirok etishdan bosh tortishlari mumkin. Bunday xolatlarga yo‘l qo‘ymasligi uchun oldindan «Sosiometrik razminka» qilish, tadkikot vazifalarini tushunarli formada bayon etishi, uning muxim ekanligini ukvchtlarga tushunturib bori shva eng muxim ularning javoblari boshkalardan sir saklash, ularning xech kimga kursatilmasligiga kafolat berish. Ularni bunga ishontira bilish kerak. Tadqiqot natijalari sinaluvchilarga aytilmaydi. Ularni bu xaqida qisman, yuzaki ma’lumot beriladi. Shuni esda tutish lozimki guruxdagi norasmiy aloqalar sistemasini xammaga aytish gurux tizimida kutilmagan noxush hodisalarga olib kelishi, munosabatlar o‘zaro muloqotda, o‘zaro nizolarni keltirib chiqarishi mumkin. Strategik kartochkalarni to‘ldirishda har bir o‘quvchiga mustakillik berilishi kerak. Hyech kanday aytib berish va kartochkalarni uyga olib ketishga yul kuymaslik kerak. Eng yaxshisi guruxning barcha a’zolarini tadqiqotdga jalb kila olishdir. Sosiometrik tadqiqot olib borayotgan o‘qituvchi o‘zini erkin, ishonchli, ochiq tutishi kerak. Strategik kartochkalarini o‘qituvchi butun sinf uchun oldindan tayyorlab qo‘yishi maksadga muvofiqdir. Bunda kartochkaning yuqori qismining o‘ng tomoniga tadqiqotda ishtirok etayotgan o‘quvchining familiyasi yoziladi.
Yosh avlod ijtimoiy turmushning barcha sohalari, xususiyatlari bilan oila quchog‘ida tanishadi. Oilaviy turmushda odamlarga, mehnatga, narsalarga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan nisbatan munosabatlarni ifodalovchi xarakter xususiyatlari tarkib topa boradi. Shuning uchun oila jamiyatning boshlang‘ich bo‘g‘ini sifatida bolalarning ahloki, kobiliyati, aql zakovati, xulqi, yurish-turishi, xatti xarakati, muloqoti, e’tiqodi va dunyokarashlariga yukori darajada tarbiyaviy ta’sir kursatish imkoniyatiga ega. Oilaviy turmush inson xayotining eng muxim jixatlaridan biri xisoblanadi. Xuddi shu boisdan jamiyatning qonun qoidalariga nisbatan munosabat xam oiladagi shaxslararo turli tuman muammolalarda, muloqotda, fikr almashuvda, munozanalarda o‘z ifodasini topadi, binobarni yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash oilaning naqadar mustahkam bo‘lishiga, ota-ona munosabatlarida oliy janob xarakter xislatlarini, bolada yuksak ma’naviy xislarni shakllantirishga boglikdir. Yosh avlodni oilada komil inson kilib tarbiyalashdek yuksak va ma’luliyatli vazifa ota-onaga oiladagi kattalarga yukladilgandir. Darxaqiqat inson shaxsini shakddantirish oila muxitidan boshlanadi. Xususan oilada, bolada xarakter xususiyatlari, iroda sifatlari, milliy odatlar, fe’l atrof, xulq, tevarak atrofga nisbatan munosabat, e’tiqod va qarashlar vujudga keladi. Anna shulardan kelib chiqqan xolda, oilaviy turmushda insonni kamol topshirish sharoitlari, faollik ko‘rsatish imkoniyatlarini izchil o‘rganmay turib, shaxsning xususiyatlari va keltirib chikaruvchi omillar tug‘risida fikr yuritish mumkin emas. Ma’lumki, oila – bu ijtimoiy tarixiy belgicha ega bulgan, muayyan tuzilishiga ega bulgan ijtimoiy guruxning ko‘rinishidir, chunonchi uning a’zolarini qarindosh urug‘lik, nikoh, turmush sharoiti birligi, odob-axlok umumiyligi, ma’naviy ehtiyoj kabi aloqalar o‘zaro bog‘lab turadi. Oila murakkab ijtimoiy gurux bulib, biologik, ijtimoiy, axlokiy, idealogik va psixologik munosabatlarning uzviy birlashuvi natijasida vujudga keladi. Shu sababdan turmushdosh va oila-a’zolarining o‘zaro moddiy-maishiy, iktisodiy negizi o‘zgarishiga bevosita bog‘liqdir.
Oilaviy turmush va oila a’zolarining o‘zaro muommalalarini tadkik kilgan venger sosiologi M.Komloshi 10-14 yoshdagi maktab o‘quvchilarining o‘qishga va mexnatga bulgan munosabatiga bevosita ta’sir kiluvchi oilaviy muxit (vaziyat, sharoit) omillarini 4 guruxga ajratadi:
Ota-onalarning jamoat faoliyati (ularning siyosiy pozisiyalari, ishga nisbatan munosabatlari).

  1. Oila davrasidagi munosabatlar (ota-onalarning o‘quvchilarga munosabati, aka-ukalar va opa-singillarning uzaro munosabatlari).

  2. Ota-onalarning tarbiyaviy pedagogik faoliyati (ularning pedagogik kizikishlari, maktab bilan xamkorliklari, ukuvchilarga dars tayyorlash nezida ota-onalarning yordami, ularning tarbiyaviy metodlari).

  3. Oilada o‘quvchining faoliyati (o‘quvchining kun-tartibi, xo‘jalik ishlardagi muayyan majburiyati) va boshkalar.

Tadqiqotchi M.Komloshi yiqqan materiallarini tahlil kilib oilaviy muxit (vaziyat,sharoit)ni uch kategoriyaga ajratadi: ijobiy, o‘zgaruvchan va salbiy. Psixolog V.I.Selivanov oilada shaxsni shakllantirish jarayonini o‘rganib, baxtli bolalik – bu oiladagi quvonchli ham jihatlikning xamda ota-onalarning o‘z bolalariga g‘amxurligining samarasidir degan xulosaga keladi. Agar oilalarning yunalishiga kara bu uch toifaga mansub ekanligini ko‘rsatib beradi: ijtimoiy progressiv taraqqiyparvar yo‘nalishdagi oila, past darajadagi ijtimoiy yo‘nalishga mansub oila.
Birinchi toifaga xos bo‘lgan oilalar mamlakatimiz oilalarning ko‘pchilik qismini tashkil qiladi. Bunday oilalarda shaxslararo munosabatlar milliy, umumbashariy, xaqchil tamoyillardan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi, shuningdek, xar tomonlama kamol topgan shaxsning ijtimoiy ideali nazariyada tutiladi. Ijtimoiy-progressiv yunalishidagi oilalarning voyaga yetgan a’zolari ishlab chiqarishda, korxonada, jamoat yoshlarida faol ishtirok etadilar, ilg‘or madaniyatga nisbatan qiziqishlarini namoyish qiladilar, shuning bilan birga bu narsalarga o‘z farzandlarida ham havas uyg‘otadilar. Oilada goho namoyon bo‘ladigan ziddiyatlarni juda qisqa muddatda osoyishta yo‘sinda hal qiladilar. Ushbu toifaga mansub oilalarda xo‘jalik ashyolari, asboblari, qimmatbaho materiallar xar xil ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida qaraladi, bu narsalar shaxsning kelajak istiqbolli bilan mutloqo bog‘lanmaydi.
Ikkinchi toifadagi oilada umumbashariy, milliy yo‘nalishi uzil-kesil hal qilinmagan bo‘ladi. Oilaviy turmush munosabatlari uzluksiz ravishda biron-bir g‘oyaning boshqa-boshqa bir g‘oya bilan o‘zaro niqoblangan kurash bosqichida bo‘lib, u yoki bu qarashlar, aqidalar ustunligi, istiqboli xech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Bunday holatning ko‘zga tashlanishi eskilik bilan yangilik o‘rtasidagi kurashni aslo anglatib kelmaydi. Balki er-xotinning yoki boshqa voyaga yetgan oila a’zolarining murosasiz pozisiyalari (nuktai nazarlari) ko‘pincha ularning xarakter xususiyatidagi tafovut negizida bog‘liq bo‘lib, mutlaqo eskilik sarqiti mohiyatidan kelib chiqmaydi. Oilada suz bilan ish birligi masalasi bkarama-karshi yunalishli ikki markazga va 2 xil intilishga ega. Fakat burch xissigina, muayyak majburiyat bajarilishigina oila a’zolarini uzaro birlashtirib turadi xolos. Mana bunday oilalarda er-xotinning bolalarga ta’sir utkazish uchun kurashi, rakobati yakkol namoyon buladi.

Uchinchi toifaga mansub oilalarda kupincha meshchanlik udumi va ideallari xokimlik kiladi. Mazkur oilada barcha narsa yagona narsaga buysurilgan, ya’ni mol-dunyo tuplashga, moddiy-ma’ishiy jixatdan ustunlikka erishiga karatilgan. Voyaga yetgan oila a’zolarining, ota-onalarning korxonada, muassasada, tashkilotda mexnat kilishi anna shu kuzlagan maksadga yetish vositasi sifatida, xar kanday mexnat esa ish xaki mikdori bilan ulchanadi. Ushbu toifa katoriga yana fanatizm xususiyatli kishilar, ruxoniylar oilalari kiradi. Xox meshchanlikka oggan oilada bulmasin, xox ruxoniy oilasida bari bir eski akidaparastli munosabatlari kudratli kuchga ega. Jumladan, oila boshligining zuravonligi, zoshiligi, unga kur-kurona va suzsiz buysunishlik, sajda kilishlik, zaif va nimjon a’zolar faolligini paymol kilishga intilish va meshchanlik ideali va diniy e’tikod doirasidan tashkari chikish xollari kamsitilib, bekorga vakt sarflash deb baxolanadi, xudi shu boisdan bunday ijtimoiy yunalishga mansub oilalardan kup xollarda xudbin, kurkok, jamiyat tarakkiyoti uchun kam naf tegadigan ugil-kizlar yetishib chikadilar, chunki «kush-uyasidan kurganini kiladi».


Taraqqiyparvar jaxon psixologiyasi fanida oilaviy turmush munosabatlarining juda kup kirrali urganilgan.
Oilaviy munosabatlar ta’sirida ilk bolalikdan tarkib mustakillik, istiklolga nisbatan sodiklik, vatanparvarlik, sharkona an’ana shaxsiy kizikishni jamiyat, mamlakat kizishiga buysundirish xislati, kat’iylik, kadr-kimmat xissi kabi yuksak insoniy xislar shakllana boshlaydi. Asta-seking tugishlanganlarga gamxurlik, aka-ukalik va opa-singillik mexri, ota-onaga muxabbat va shafkat singari teranlik tuygulari namoyon bulla boradi. Oilaviy turmushdagi samimiy va okilona munosabatlar, ilik psixologik muxit ta’siri natijasida oila a’zolarida kamtarlik, kungilxanlik, iltifotlik, sabrlilik,to‘g‘rilik, yaxshilik, uyatchanlik, yumshoklik,dilkashlik, mexribonlik, talabchanlik, mexnatsevarlik, vijdonlilik, mexnatga ma’suliliyatlilik, ozodalik, izzat-nafslilik, tejab-tergashlik kabi shaxs xislatlari tarkib topadi. Agarda oilaviy turmush munosabatlari kupollik, andishashizlik negiziga kurilgan bulsa u xolda oila a’zolari ruxiy dunyosida kekkayshilik, pismiklik, jamoatchilik ma’kullagan narsalarni va kupchilik tomonidan kabul kilingan xatti-xarakat koidalarini sezmaslik, yalkovlik, ma’suliyatsizlik, ifloslik, almaslik, shuxratparastlik, magrurlik, uzini kata olish, dimogdorlik singari illatlar yuzaga keladi, shakllanadi.
Shaxslararo munosabatlarning bir necha tiplari mavjud ekanligi pedagogik psixologiyada kayd kilib utilgan.
Oilaviy munosabatlarning «demokratik» toifasi ugil-kizlarga, u yoki bu tarzdagi xatti-xarakatni amalga oshirishda, Biron-bir ishni rejalashda kata erk beradi, shuning Bilan birga mayda-chuyda kursatmalardan, kat’iy vakt belgilash xolatidan xorij buladilar. Oila a’zolarining xar bir shaxsni izzatlash, xurmat kilish maroii asosiga kurilgan bulib, uzaro okilona talabchanlik, kat’iyatlik ruxi Bilan sugorilgandir. Oila boshligi xisoblangan ota-onalarning asosiy dikkat-e’tibori milliy va umumsoniy koidalari talabidan kelib chikkan xolda uz farzandlarida ijobiy xarakter xisda uz farzandlarida ijobiy xarakter xislatlarini, zamon ruxida mos shaxs fazilatlarini, zamon ruxida mos shaxs fazilatlarini shakillantirishga karatiladi. Mazkur toifadagi oila-a’zolari davrasidagi suxbatlar, munozaralar, mulokazalar uzaro tenglik, uzaro xurmat ruxida buysundiriladi. Xar bir oila uzining insonga mikrota’sir utkazishning xususiyati bilan ajralib turadi. Unday oilada shaxslararo munosabatda ta’sir utkazish sexri (mexanizm) oshirilgan xolda buladi. Shu boisdan tasofidan vokea va xodisalarni sodir bulishi turlicha baxolanadi va ularga bevosita alokador oila-a’zolari turmush tajribasidan kelib chikkan xolda yo ragbatlantiriladi yoki jazolanadi. Manna bunday odilona amalga oshirilgan mulokot ta’sirida ugil-kmzlarda dustlik, diskashlik, xushlizomalalik, shaxsiy xatal-xarakatida va muloxaza yuritishida mustakillik, shaxsiy karashlari saklangan xolda yangi koidalar va talabalarga moslashish, uz-uziga buyruk berish, uz-uzini boshkarish kabi muxim fazilatlar paydo buladi.

Oilaviy munosabatlarning yana bir turi «avtoritar» deb atalib, bunda ota-onaning obrusi xal kiluvchi rol uynaydi, shaxslararo teng kukuklilik, erkin xatti-xarakat kilish, tashabbuskorlik uz axamiyatini yukota boshlaydi. Shaxslararo munosabatdagi bunday noxushlik ota-ona kuzlagan tarbiyaviy maksadni amalga oshirmaydi va past samara berishga olib keladi. Okibat natijada oila a’zolari urtasida mazkur pedagogik ta’sirga nisbatan salbiy pozisiya nomoyon buladi. Paydo bulgan salbiy nuktai nazar, avval ota-onaga, sungra boshka kata yoshdagi oila-a’zolariga nisbatan kullaniladi. Farzandlarda ota-onaga yakinlik, mexr xissa kamayadi, keyinchalik bu tuygu uzoklashish, «begonalashish» kechinmasiga aylanadi. Ota-ona Bilan buladigan mulokot esa ugil-kizlar tomonidan juda kuyi darajada baxolanadi. Oiladagi shaxslararo munosabatlar ularni kondirmaydi, natijada odamovi, ichindan top, damduzlik, tashvishlik, xavotirlik sosial norma va koidalarga kiyinchilik Bilan moslashish kabi xarakter xislatlari vujudga keladi. Shu sababdan oila a’zolari ruxiy dunyosida simpatiya, empatiya, samimiylik, xayrixoxlik kabi yuksak insoniy xis-tuygular juda yuzaki soxta ifodalanadi. Kur-kurona va suzsiz buysunishga asoslangan munosabat negizida yetgan tarbiyaviy ta’sir kurkok va irodasi kuchsiz shaxsni tarkib toptiradi. Oilaviy turmush munosabatlarining «diffuz» aralash yoki korishik toifasida bola shaxsini shakllantirishning muayyan pedagogik sistemasi mavjud emas. Oila a’zolari urtasida buladigan munosabatlar aksariyat xollarda ugit-nasigat, axlokiy suxbat, yul-yurik kursatish Bilan boglanib ketadi. Oilaning kichik a’zolari katti-xarakati ma’lum darajada cheklangan bulib, kuyilgan shartdan bola tashkari chiksa, jazo chorasi kuriladi. Pand-nasixatga uzviy boglanib ketgan ota-onaning farzandlariga muloqoti erkdan va botinib fikr yuritishdan uzok bulganligi sababli, yumor xissiga befarklik, uz-uzini kulga asmaslik, ma’suliyatsizlik yetarli darajada aloka urnata olmaslik singari xarakter xislatlarini tarkib toptiradi. Xar kanday ijtimoiy jamiyatda xam uchrasa-da lekin nenormal, anomal munosabatga ega bulgan oilalar mavjuddir. Bunday tipga ajralish darajasiga yetib borgan, bola oilaviy manbai deb tushunuvchi «bola», baxonasi tufayli xil ustida turgan, ichuvchi alkogollar yoki narkoman oilalar kiradi. Mazkur oila muxitini larzaga keltiradi, yosh buginlar axlokiga, ongiga, akl-zakovatiga dunyokarashiga, e’tikodiga salbiy ta’sir kiladi. Urinsiz mashmashalar, janjallar, kupol muammomalar xarakatlar oila-a’zolari urtasidagi nonormal xolatosoyishta yashash, tinch ijod kilish, muayyan ukish uchun zarur imkoniyatlar yaratib berishga kadir emas.


Oilaviy turmush munosabati ichida «liberal» toifa xam kup xollarda uchrab turadi. Oila davrasida murosasiz, kungilchang bulishlik tashki kushnishdan ilik psixologik muxit kukmdorligi uzini aks ettirgandek bulib tuyuladi. Agarda murosizlik «murosa-yu, madora» kabilida kechirimlilikni bildirib kelsa, yukoridagi fikrimizni tasdiklagan buladi. Afsuski, «liberal»lik, munosasozlik oiladagi xar kanday vaziyatni «umumiy til» topish asosida xal kilishga, prinsipiallikdan uzoklashishga, subutsizlikka olib keladi. Ota-onalarning farzandlari Bilan bunday munosabatda bulishlari salbiy okibat sari yetaklaydi, kat’iylik, mustakillik, dadtllik singari irodaviy sifatlar ugil-kizlar ruxiy dunyosidan uzoklashadi. Murosasizlik ta’sirida yosh avlod xarakterida munofiklik, ikkiyuzmachilik, kelishuvchanlik kabi illatlar tarkib topishi mumkin.

Download 62.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling