4-Mavzu. Sifatni boshqarishning xalqaro standartlarini joriy etish


Download 79 Kb.
bet1/6
Sana20.12.2022
Hajmi79 Kb.
#1035012
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 mavzu SM


4-Mavzu. Sifatni boshqarishning xalqaro standartlarini joriy etish


4.1.Sifatni boshqarish tizimi va ISO 9000 seriyali xalqaro standartlarining mohiyati
4.2.ISO 9000 seriyali standartlarning tarkibiy tuzilishi
4.3.ISO 9000 seriyali standartlarni joriy etilishining asosiy sabablari
4.4.ISO 9000 seriyali standartlarini joriy etish va sertifikatlashga ketadigan xarajatlar
4.1.Sifatni boshqarish tizimi va ISO 9000 seriyali xalqaro standartlarining mohiyati
Sifat menejmenti tizimlarining shakllanishi va rivojlanishi – XX asrda sifatni boshqarish bilan bog’liq g’oyalarni rivojlanishining eng muhim nuqtasiga aylandi. E.Demingni ta’kidlashicha, “Korxonalar boshqaruvining amaliy tajribasini nazariya yordamida o’rganib chiqmagunga qadar, ularni tushunmasdan takrorlash, befoyda bo’ladi va bu muvaffaqiyatga olib kelmaydi”2. ISO 9000 seriya standartlarining 1994 yilgi tahririda sifat menejmenti tizimi deb, “sifatni yalpi boshqarish uchun zarur bo’lgan tashkiliy tuzilma, usul, jarayon va resurslar yig’indisi” tushunilgan. Yangi ISO 9000:2000 standartida sifat menejmenti tizimi “tashkilotga rahbarlik qilish va uni boshqarish uchun zarur bo’lgan sifatni boshqarish tizimi” deb ta’riflanadi.

A.V. Glichevning fikriga ko’ra, mahsulot sifatini boshqarish tizimi, bu “kuch va mablag’larni minimal darajada sarflash orqali, iste’molchining ma’lum ehtiyoj va talablari qondirilishini ta’minlovchi xususiyatlarni mahsulotga tatbiq etish maqsadida, mahsulotni ishlab chiqarish, sotish, undan foydalanish va servis xizmatini ko’rsatishda ishtirok etgan boshqaruv va ijro bo’limlari hamda ayrim shaxslarning o’zaro samarali faoliyatini tashkillashtirish usulidir”. Albatta, xorijiy adabiyotlarda sifat tizimlariga berilgan ta’riflar shu fikrlar bilan cheklanib qolmagan.


Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Organization for Standartization – ISO, ISO – xalqaro standartlarni ishlab chiqaruvchi va standartlashtirish sohasidagi hamkorlikni amalga oshiruvchi xalqaro nodavlat tashkilotidir. U 1946 yilda 25ta mamlakat vakillarining Londondagi yig’ilishida ta’sis etilgan. Unga 2006 yili dekabrь oyi holatiga 164 ta mamlakatning milliy standartlashtirish tashkilotlari ISO a’zosidir. Hozirgi kunga qadar ular tomonidan 17000 dan ortiq turli xalqaro miqyosdagi standartlar ishlab chiqilgan, O’zbekiston Respublikasi nomidan ISO vakili – O’zbekiston Respublikasi ”O’zstandart” agentligi hisoblanadi). SMT uchun mo’ljallangan ISO 9000 seriya standartlarining tarixi 1987 yildan, ya’ni uning birinchi tahririnashr qilingan kundan boshlanadi. ISO 9000 standartlarining shakllanishi, sifatni boshqarish jarayonlari rivojlanishining mantiqiy natijasi bo’ldi.

ISO 9000 seriya standartlari qabul qilingach, sifatni kompleks boshqarishning ma’lum darajasi belgilab berildi. U sifatni samarali boshqarishni ta’minlab, ISO 9000 seriyali standartlarining barcha zarur elementlari, hamda korxona ixtisoslashuvi uchun qo’shimcha talab etilgan elementlarni ham, korxonaning ish amaliyotiga joriy etilishi kerakligini shart qilib qo’yadi va bu bilan buyurtmachiga sifat kafolatini beradi.


Ushbu standart muvaffaqiyatli biznes yuritishning xalqaro e’tirof etilgan usullarining qisqacha tasnifidir. U muvofiqlik sertifikatini olish uchun bajarilishi zarur bo’lgan minimal talablar shaklida bayon etilgan3.


ISO standartlari turkumining universalligi shundaki, ularda har bir mahsulot va xizmatlarning har bir turiga bo’lgan mutlaq o’lchovli mezonlar qo’yilmaydi (masalan, mahsulotning texnikaviy ko’rsatkichlari talabi). ISO 9000 standartlari turkumi faqat sifat tizimining ishlashi metodologiyasini aniqlab beradi, tizim esa o’z navbatida korxona tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlarning yuqori sifatini, boshqacha qilib aytganda – iste’molchilarning talabini yuqori darajada qanoatlantirishini ta’minlaydi.





Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling