4-mavzu. Tijorat banklari passivlari tarkibi, ularni joylashishi ma’ruza rejasi


Download 69.5 Kb.
bet1/13
Sana24.12.2022
Hajmi69.5 Kb.
#1062972
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Банк иши 4-мавзу


4-MAVZU. TIJORAT BANKLARI PASSIVLARI TARKIBI, ULARNI JOYLASHISHI
Ma’ruza rejasi

4.1.Tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsifi.


4.2.Banklarning passiv operatsiyalari, ularning turlari.
4.3.Tijorat banklari passiv operatsiyalarining balansda joylashishi.
4.4.Tijorat bankining kapitali uning tarkibi va yetarliligiga qo‘yilgan talablar.
Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar va iboralar
Pul massasi - bank tizimining majburiyati bo‘lib, qo‘yidagi passivlarni o‘z ichiga oladi:- muomaladagi naqd pullar;- korxonalar va aholining so‘mdagi depozitlari;- korxonalar va aholining xorijiy valyutadagi depozitlari
Bank passivlari-yuridik va jismoniy щaxslarning bo‘sh pul mablag‘lari, o‘z mablag‘lari hamda Markaziy bankning kreditlaridan tashkil topadigan , bank xarajatlari bilan bog‘liq operatsiyalar majmui.
Taqsimlanmagan foyda — rezerv fondiga ajratmalar va dividendlar tыlanganidan so‘ng qoladigan foydaning bir qismidir.
Marja – banklarning oladigan foizi bilan beridigan foizi o‘rtasidagi farqdir.
Depozit operatsiyalar - banklarning depozitorlar bilan tuzgan shartnomalari asosida depozit maqsadlariga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini muayyan muddatga jalb etish hamda saqlashga doir operatsiyalaridir.

4.1.Tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsifi.
Bank resurslarini shakllantirish bilan bog‘lik bo‘lgan operatsiyalar banklarning- passiv operatsiyalar deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklarining passiv va aktiv-passiv schyotidagi pul mablag‘larining salmog‘i oshib boradi. Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda katta rol o‘ynaydi.
Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari kreditlash uchun zarur bыlgan kredit resurslarini tashkil qiladi.
Tijorat banklari passiv operatsiyalarining asosan to‘rtta shakli mavjud:

  • Tijorat banklari qimmatbaxo qog‘ozlarini muomalaga chiqarish yo‘li bilan resurslar yig‘ish;

  • Bank foydasi hisobidan har xil fondlar tashkil qilish
    yoki fondlar summasini oshirish;

  • Boshqa kreditlarning mablag‘larini jalb qilish;

  • Depozit operatsiyalarni amalga oshirish.

Tijorat banklarining resurslari bankning o‘z mablag‘lari jalb qilingan va emitentlashgan mablag‘lar hisobidan shakllanadi. YUkorida keltirilgan passiv operatsiyalarning birinchi va ikkinchi shakllarida banklarning o‘z mablag‘lari yuzaga keladi va qolgan oxirgi ikki shaklida kredit resurslarining ikkinchi qismi jalb qilingan resurslar yuzaga keladi.

Download 69.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling