4-mavzu. Ultramikroblar tuzilishi va xususiyatlari reja: Filtrlanuvchi viruslar 2


Download 342.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana25.01.2023
Hajmi342.58 Kb.
#1122699
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-MA\'RUZA (2)



4-MAVZU. ULTRAMIKROBLAR TUZILISHI VA
XUSUSIYATLARI 
Reja: 
1.Filtrlanuvchi viruslar 
2.Viruslar hujayrasining kimyoviy tarkibi 
3.Viruslarning aniqlanishi, tabiatda tarqalishi, ahamiyati 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
Viruslar, bakteriologik filtr, simptom, Virus adsorbsiyasi, komponentlarini 
sintezlanish, replikativ, replikatsiya jarayoni. 
Viruslar – ultramikroskopik hujayra ichi obligat paraziti bo’lib, bu guruh 
mikroorganizmlari faqat tirik organizm hujayrasida (bir yoki ko’p hujayrali organizmda) 
rivojlanadilar. Viruslar hayotning zarracha (hujayramas!) ko’rinishida bo’lib, ularda 
moddalar almashinuv jarayoni mavjud emas. Viruslar tirik va o’lik tabiat o’rtasida turadi. 
Viruslar odam, hayvonlar, o’simliklar, hasharotlar va mikroorganizmlar kasalligini 
chaqiradi. 
Viruslar boshqa mikroorganizmlardan farq qiluvchi quyidagi xususiyatlarga ega: 
1) bakteriologik filtrdan o’ta olish; 
2) oddiy sentrifugada sentrifuga qilinganda cho’kmaga tushmaslik; 
3) oddiy yoruqlik mikroskopida ko’rinmaslik; 
4) faqat bir turdagi nuklein kislota – DNK yoki RNK – saqlash; 
5) ularning ko’payishi uchun faqat nuklein kislotasi lozimligi
6) sun’iy ozuqa muhitida rivojlanmaslik, faqat tabiiy ozuqa muhiti 
bo’lgan ho’jayin organizmida rivojlana olish,ya’ni, viruslarning rivojlanishi uchun tirik 
hujayra kerak. 
Eng yaxshi o’rganilgan viruslardan biri bu tamakining mozaik kasalligini 
chaqiruvchi virusdir. 1935 yilda U. Stenli bu virusni kristall holda ajratib oldi. Bu kristallni 
tamaki o’simligiga kiritilganida, u mozaik kasalligining simptomini chaqirgan. Hozirgi 
kunda ko’p viruslar kristall holda ajratib olingan. Viruslarni elektron mikroskopda 
o’rganilganda ular turli-tuman shaklli va murakkab tuzilishga ega ekanligi aniqlangan. 
Hozirgi kunda viruslarning quyidagi shakllari aniqlangan: tayoqchasimon – virus to’g’ri 
silindr shakliga ega (tamakining mozaika virusi); ipsimon – elastik bukiluvchi ipchalar 
shaklida (o’simlik va bakteriyalar virusi); sharsimon, ko’p qirrali figuralarga o’xshash 
(hayvon va odam virusi); kubsimon – chetlari yassi parallelepiped shaklida (odam va 
hayvon virusi) va bandaksimon shakllarda bo’lib, boshcha va o’simtali (bakteriyalar va 
aktinomitsetlar virusi) bo’ladi (8-rasm). 
Viruslarning o’lchamlarini aniqlashda bir necha usullardan foydalanadilar: virus 
o’tkazilgan filtr teshigining o’lchami yordamida, sentrifugalashda cho’kmaga tushish 
tezligi yordamida va elektron mikroskopda olingan rasm yordamida. Eng katta virus – 
ospovaksinaning diametri 250-300 nm ga teng. Eng kichik viruslardan biri – qora molning 
oqsim kasalligini chaqiruvchi virusning diametri esa, 10-12 nm ga teng. 


Viruslar faqat bir turdagi «xo’jayinda» - o’simlik, hayvon, odam yoki 
mikroorganizmda parazitlik qila oladi. Bunday o’ziga xoslikdan viruslarni xo’jayin turiga 
qarab guruhlash imkonini beradi. Keyingi yillarda ularning tuzilishi, tashqi muhit 
faktorlariga chidamliligi ham inobatga olinmoqda. Viruslarni odam, o’simlik, hayvon va 
mikroorganizmlar viruslariga bo’ladilar. Bakteriya va aktinomitsetlar viruslari fag deyilib, 
ular mos ravishda bakteriofag va aktinofaglar deyiladi.
Viruslar tuproqda rivojlana olmaydilar. Agar ularni inaktivatsiya qiladigan sharoit 
bo’lmasa ular tuproqda o’zoq vaqt saqlanib qolishlari mumkin. 

Download 342.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling