4-seminar mashg’ulot. Oybek hayoti va ijodi
Download 19.63 Kb.
|
rrrrrrrrrrrrrrr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shitirlashib
4-seminar mashg’ulot. Oybek hayoti va ijodi 1. Oybek lirikasining g’oyaviy—badiiy xususiyatlari. 2. Oybek dostonlari ijtimoiy hodisalarning badiiy talqini. 3. Oybek –ramonnnavis. “Qutlug’ qon “ ramanida davr va shaxs fojiasi. “Navoiy” tarixiy romanida ulug’ alloma obrazi.
Suvlarda sekin oʻynar, Oltin qayiqchalardek, Quyosh alangalari… Gʻurub yongʻini qoplar, Samo yuzi anordek, Bulutlar atlas kabi… Ufqlar qulochiga Sigʻmagan buyuk dengiz Chayqalar sekingina. Suvlar quyosh sochiga Oʻralashib tinimsiz Oʻpar qirgʻoqni asta… Oybekning “Dengizda oqshom” sheʼri 1930 yilning oktyabr oylari Sochida yozilgan. Demak, sheʼr bevosita dengiz qarshisida bitilgan boʻlishi mumkin. Bu sheʼr ham shoirning koʻplab asarlari qatori toʻlaligicha manzara tasviriga bagʻishlanadi. Shoirga manzaraning har bir unsuri nimanidir eslatadi: “oltin qayiqcha”, “samo yuzi anordek”, “atlas bulutlar”, “ufqlar qulochi”, “quyosh sochi”, “oʻpar qirgʻoqni” kabi obrazlar ana shu taassurotlarning mahsulidir. Eʼtibor qilsangiz, kichik tashbehlar asosida tabiatning butun koʻrinishi namoyon boʻlmoqda. Bu oʻrinda shoir poetik nigohining oʻtkirligi, tasvirlash mahorati shunchaki goʻzal tashbehlar topa bilganidagina emas, birinchi navbatda, oʻsha tashbehlarning vizual (koʻrimli) ekanidadir. Oybek dengizni shunday tasvirlaydiki, oʻquvchi manzarani xuddi koʻzlari bilan koʻrib turganday zavqlana boshlaydi. Adabiyot – soʻz sanʼati demak. Uning har qanday ifodaviy imkoniyati soʻz bilan chegaralanadi. Ayni damda, soʻzning ifodaviy imkoniyati cheksiz ekanligini taʼkidlamoq zarur. Yuqorida aytib oʻtganimizday, ijodkor soʻz vositasida ham oʻquvchiga musavvirlarday tasvir asosida taʼsir oʻtkazish imkoniyatiga ega. Yaʼni musiqa va tasviriy sanʼatning ifodaviy imkoniyatlaridan keng foydalanishi mumkin. Shoir badiiy ifodada boshqa sanʼat turlari imkoniyatiga murojaat etarkan, muayyan soʻz, jumlaning badiiy-tasviriy imkoniyatiga jiddiy ahamiyat qaratadi. Musavvir tomoshabinni lol qoldirish maqsadida ranglarni mahorat bilan tanlasa, Oybek oʻquvchi uchun soʻzlarni marjondek teradi. Agar Oybekning eʼlon qilingan sheʼrlari bilan shu sheʼrlarning qoʻlyozma va boshqa toʻplamlardagi variantlari taqqoslab koʻrilsa, tahrir jarayonida soʻzning leksik xususiyatiga, tasviriy koʻlamiga katta eʼtibor qaratilganini sezish qiyin emas. Shoirning “Ogʻochliklarda” nomli sheʼri uning “Mukammal asarlar toʻplami”da quyidagi misralar bilan boshlanadi: Bahor – quyoshning oltin kulgusi Yashil yaproqlarda yashnab oʻynaydi.[2] Oybekning mazkur asari koʻlyozmasi bilan tanishganda, shoirning kichik stilistik tahririga, ammo sheʼrdagi katta ifodaviy-tasviriy yangilanishga guvoh boʻlamiz: Bahor – quyoshining oltin kulgusi Yashil yaproqlarda sekin oʻynaydi.[3] Oybek tasvirdagi gʻalizlikni sezgan holda qoʻlyozmadagi “sekin” soʻzini “yashnab”ga alishtiradi. Albatta, bahor yangilanish, yasharish fasli. Oʻquvchi bahoriy yellar hirpiratib turgan yam-yashil yaproqlarda yorqin nurlarning sekin harakatini aslo tasavvur qilolmasdi. Aslida, bunday oʻxshatish kuz fasli tasvirlariga mos kelardi. Sheʼrda “sekin” soʻzining “yashnab”ga oʻzgartirilishi esa tasvirning toʻkis va jonli boʻlishini taʼminlaydi. Yuqoridagiga yaqinroq misolni Oybekning “Yana kuz” sheʼrida uchratamiz. Bu safargi tahrir tasvirdagi kuzga xos xarakterni kuchaytiradi: Ogʻochlardan yaproqlar Shitirlashib toʻkilar…[4] Ikkinchi misra qoʻlyozmada “Shildirab toʻkilar”… shaklida uchraydi. Avvalo, shildirab soʻzi maʼno nozikliklari bilan koʻproq suvga, yayrab oqayotgan suvga nisbat beradi. Hazonrezgi esa, ongimizda “shitirlash” bilan, shuni ifodalovchi “shitirlamoq” soʻzi bilan muhrlangan. “Samarqand oqshomi” nomli sheʼrning ilk misralari qoʻlyozmada quyidagicha keladi: Yotogʻiga bosh qoʻyar Quyosh uzoqda.[5] Tahrirdan soʻng u mana bu shaklga kelgan: Yotogʻiga bosh qoʻyar Quyosh – oltin qiz.[6] Qoʻlyozma variantida tasvirdan koʻra oddiy tavsif ustun, yaʼni quyosh botayotgani haqida oddiy xabar berildi (bamisoli quyosh botayotgani haqidagi radioreportaj). Buning oʻzi manzarani jonli koʻrish uchun oʻquvchiga juda kamlik qiladi. Quyoshning oltin qizga mengzalishi esa ufqdagi oltin rang va sirti qizlar yuziday qizil quyosh tasvirini yorqin ifodalaydi. Bu oʻrinda ham shoir taassurot asosida tasavvurimizda manzarani jonlantirish uchun yetarli sharoit yaratgan. Natijada, oʻquvchi manzarani toʻliq, ayni damda, goʻzal badiiy jilolari bilan kashf etishga muyassar boʻladi. Oybek oʻz sheʼrlari bilan tabiatning butun goʻzalligini, shu goʻzallik insonga berishi mumkin boʻlgan zavqni koʻrsatib berishga urinayotganday goʻyo. Uning bu ijodiy niyatini roʻyobga chiqarishga rangtasvirga xos ifoda vositalari yordam beradi. Soʻz vositasida vizual obrazlar yaratishga moyillik shoirning xorijiy adabiyotlardan, rangtasvirdan ilhomlangani bilan izohlanadi. Oybekning bu yoʻldagi tajribalari sheʼriyatimizning ifoda imkoniyatlarini kengaytirishda gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻldi. Download 19.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling