Gafur gulom hayoti va ijodi
Download 30.22 Kb.
|
G\'OFUR G\'ULOMNING HAYOTI VA IJODI ADIBNING SHUM BOLA QISSASI IBRAZLARIGA
G'OFUR G'ULOMNING HAYOTI VA IJODI . ADIBNING "SHUM BOLA " QISSASI IBRAZLARIGA TAVSIF R E J A: 1.Gafur Gulom hayot yo`li haqida. 2.Adibning "shum bola " qissasi ibrazlariga tavsif 3.Gafur Gulom va Sharq mumtoz adabiyoti. 4.Gafur Gulom hikoya va qissalari. Gafur Gulom o`zbek adabiyotining iste`dodli ijodkori. U adabiyotimizni turli janrlar bilan boyitdi. She`riyatda, publitsistika va fel`etonchilikda, hajviy hikoya va yumoristik qissachilikda, hamda tarjimachilikda o`zining butun salohiyatini ko`rsatgan yirik namoyondadir. Gafur Gulom 1903 yil 10 maydi Toshkent shahrining Qo`rgontegi mahallasida dehqon oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi Gulom Mirza Orif o`gli va onasi Toshbibi Yusuf qizi o`qimishli, zehnli, adabiyotni sevadigan, fors tilinig bilimdoni bo`lishgan. Otasi tatar, rus, ozarbayjon tillarini ham yaxshi bilgan . Gafur Gulom yoshligidan bilimga chanqoq yigit bo`lgan. Navoiy, Sa`diy, Hofiz, Fuzuliy asarlarini sevib o`qigan. Afsuski, 1912 yilda otasidan, 1918 yilda esa onasidan erta judo bo`ldi. Oilani boqish tashvishi tufayli Oliy maktablarda o`qiy olmaydi. Sakkiz oylik muallimlar tayyorlash kursinigina bitkazadi va mustaqil o`qish orqali zamonasining ilgor ziyolisi darajasiga ko`tariladi. Bir vaqtning o`zida ikkita maktabga mudirlik qildi, shahar maorifida ishladi. Turli gazeta- jurnallarda adabiy xodim, mudir, bosh muharrir o`rinbosari vazifalarida ishladi. Gafur Gulomning ijodga kirib kelishida Sharq she`riyati-Navoiy, Bobur, Mashrab, Muqimiy, Hofiz, Shayx Sa`diy, Firdavsiy, Rudakiy, Umar Hayyom,Bedil kabilarning ijodlari juda katta ta`sir ko`rsatdi. Keyinchalik bu ulug allomalarning asarlarini Gafur Gulom o`zbek tiliga tarjima qildi. Gafur Gulomning ilk ijodining debochasi 1923 yilda matbuotda e`lon qilingan “Go`zallik nimada?” she`ridir. Shoirning 1931 yilda “Dinamo”, 1932 yilda “Tirik qo`shiqlar” she`riy to`plamlari chop etildi. Nasriy asarlari-qis- salari “Netay” 1930 yilda, “Tirilgan murda” 1934 yilda, “Shum bola” , “Yodgor” qissalari yaratildi. Ballada janrida “Ikki vasiqa”, “To`y” asarlarini yozdi. Gafur Gulom urush yillarida samarali ijod qildi. “Kuzatish”, “Soginish”, “Qish”, “Xotin” “Bizning ko`chada ham bayram bo`lajak” , “Suv va nur” she`rlari ayni shu davrning mahsulidir. Gafur Gulomning barchaga ma`lum va mashhur “Sen etim emassan” she`ri 1941 yil 7 dekabrda kuchli ichki tugyon bilan yozilgan. Ushbu she`rni shoir qayta-qayta ishlov berib, tahrirlar kiritib, shundan keyingina eng so`nggi poetik matnini yaratgan: Etimlik nimadir- Bizlardan so`ra. O`ninchi yillarning Sargardonligi; Isitma aralash Qo`rqinch tush kabi Xayol ko`zgusidan O`chmaydi sira. . . Ma`lumki, ushbu she`r ikkinchi jahon urushi ayni dahshatli tus olgan bir paytda, beomon, qonli qirgin olovi ostida qolgan belorus, ukrain va rus tuprogida ota-onasiz etim bo`lib qolgan murgak go`daklarning O`zbekiston tuprogiga olib kelinishi davrida yozilgan. Davr, muhit, vaziyat nuqtai-nazaridan bu she`r dard avjida qilingan rohatbaxsh malhamga o`xshaydi. Uning markazida mehribon ota, faylasuf shoir, bebaho homiy, rahmdil inson va ishonchli qo`riqchi obrazi- shoir “Men” i turadi. Shu bois uning mehrga yo`grilgan yupanchli so`zi, har bir nigohi va nafasi, dalda beruvchi xatti-harakati o`ta samimiy jaranglaydi, ta`sirchan kechadi va titrab turgan tilaklarga orom bagishlaydi : Men etim o`tganman, Oh u etimlik. . . Voy bechora jonim, Desam arziydi. Boshimni silashga Bir mehribon qo`l, Bir ogiz shirin so`z Nondek arzanda Men odam edim-ku. . . Inson farzandi. . . Misralarda shoirning o`z boshidan kechirgan etimlik yillarining dahshatli mashaqqatlari lirik chekinish orqali ochib berilgan. Shoir o`z xotiralarini izchil kuchayib boruvchi poetik pafos bilan she`rxonga etkazishga, uni o`zining dardli xotiralari bilan oshno etishga muvaffaq bo`lgan. Gafur Gulom jo`shqin va tinimsiz ilhom bilan ijod qiluvchi ijodkor bo`lsa ham, biroq u har bir asariga, ularning har bir satri va har so`ziga o`ta mas`uliyat bilan qaragan. Shuning uchun u hamma vaqt o`z she`rlarini qayta nazardan o`tkazgan va ularga tegishli tuzatishlar kiritgan. Gafur Gulomning hikoyanavisligi “Jo`ra bo`za”, “Yigit” (1931 ), “Kulgi hikoyalar” (1932 ) to`plamlarida o`z aksini topdi. Adibning lirik-dramatik yo`nalishda yaratgan “Mening o`grigina bolam” (1965 y) , yumoristik shakldagi “Hasan Kayfiy” hikoyalari alohida diqqatga sazovordir. Ularda adib ijodining bosh tamoyili-insonparvarlik ruhi etakchilik qiladi. Gafur Gulom umri davomida juda ko`p she`rlar, hikoya, ocherk, doston va fel`etonlar yozdi. Sa`diyning «Guliston» asarini, Rudakiy, Firdavsiy, Bedil she`rlarini, Navoiyning Foniy taxallusli forsiy gazallarini o`zbekchaga o`girdi. Gafur Gulom she`riy va nasriy matn ustida ishlash, uni o`zining goyaviy-estetik talablariga javob beradigan darajaga olib kelish uchun uzoq vaqt mashaqqatli mehnat qilgan. Uning asarlaridagi maftunkor joziba, sehrli mazmun, o`zgarmas poetik shakl ana shu talab va mashaqqatli mehnatning samarasidir. O‘zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri G‘afur G‘ulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shahrining Qo‘rg‘ontegi mahallasida tavallud topdi. To‘qqiz yoshida otasidan, o‘n besh yoshida onasidan yetim qolgan G‘afur avval eski maktabda, so‘ngra rus-tuzem maktabida ta’lim oldi. U Oktyabr to‘ntarishidan keyingi yillarda muallimlar tayyorlov kursini bitirib, yangi usuldagi maktablarda o‘qituvchilik qildi. 1923 yildan bolalar uyida mudir va tarbiyachi, so‘ng «Kambag‘al dehqon», «Qizil O‘zbekiston», «Sharq haqiqati» gazetalari muharririyatlarida ishladi. Gazeta uning uchun dorilfunun rolini o‘tadi, xalq hayotini o‘rganish, unga faol aralashish yo‘lida muhim vosita bo‘ldi. Uning mamlakatni himoya qilish haqidagi tantanavor she’rlari, o‘tmish sarqitlarini qoralovchi hajviyalari va xalqning kundalik ijodiy mehnatini olqishlovchi asarlaridan jamlangan «Dinamo» va «Tirik qo‘shiqlar» nomli dastlabki she’riy to‘plamlari 1931—1932 yillarda chop etildi. Shoir 1930—1935 yillarda «Ko‘kan» dostonini, «To‘y», «Ikki vasiqa» balladalarini yaratdi. Biroq, shoirning bir qator she’rlari, xususan, biz ko‘p yillar jamoalashtirish mavzuidagi yirik asar deb maqtab kelgan «Ko‘kan» dostoni hozirgi davr talablari darajasida emasligi sezilib qoldi. Jumladan, unda boshdan-oyoq maqtalgan jamoalashtirish siyosati ma’lum ijobiy natijalari qatorida cheksiz zulm-fojealarga ham sabab bo‘lganligi bor bo‘yicha realistik ifodalanmagan. Uning partiya, Vatan, Lenin, Oktyabr haqidagi she’rlarida ham zamonasozlik mayllari sezilib turadi. Shu tufayli shoir ijodi bugungi kunda tanqidiy yondoshishni taqozo etadi. To‘g‘ri, adib barhayot davridayoq shaxsga sig‘inish ta’sirida yaratilgan ayrim asarlarini qayta ko‘rib chiqqan. Ayrim misralarni yangidan yozib, she’rga tabiiylik va hayotiylik bag‘ishlagan. Xuddi shu hol uning «Kuzatish», «Sen yetim emassan» she’rlariga ham xos bo‘lib, ular ham adib tomonidan qayta ishlangan. 30-yillarda G‘afur G‘ulom hikoya, ocherk, feletonlar qatori «Netay», «Yodgor», «Tirilgan murda» kabi qissalarini ham yaratdi. Urush yillarida shoir o‘z ijodining butun haroratini fashist bosqinchilariga qarshi kurashayotgan xalqqa qaratdi, uning muqarrar g‘alabasiga ishonch ruhi bilan sug‘orilgan she’rlar yaratdi. U «Sen yetim emassan», «Kuzatish», «Vaqt», «Sog‘inish» kabi she’rlar, publitsistik ocherk va maqolalar yozib, xalqni jang va mehnat g‘alabasiga otlantirdi. G‘afur G‘ulom urushdan keyingi yillarda ham adabiyot janrlarining ko‘pgina turlarida samarali qalam tebratib, yuksak badiiy asarlar yaratdi, publitsistika va adabiyotshunoslikka oid qator ajoyib maqolalarini e’lon qildi. Uning ijodi xalq hayotining shu davrdagi o‘ziga xos yilnomasi o‘laroq namoyon bo‘ldi. Agar G‘afur G‘ulom bu davrda she’riy asarlari bilan faylasuf shoir darajasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, «Shum bola» qissasi, «Mening o‘g‘rigina bolam» singari hikoyalari bilan xalq turmushi va ruhini yaxshi biluvchi mohir nosir ekanligini namoyish etdi. G‘afur G‘ulom o‘zbek tarjima maktabining maydonga kelishiga ham ulkan hissa qo‘shgan. U «Otello», «Qirol Lir» singari jahon va rus adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga katta mahorat bilan o‘girgan. G‘afur G‘ulom O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi (1943) edi. Unga 60 yillik yubileyi munosabati bilan O‘zbekiston xalq shoiri faxriy unvoni berilgan (1963). Shoirning ko‘pgina asarlari Osiyo va Yevropa xalqlari tillariga tarjima qilingan. O‘zbek she’riyatining otashin jarchisi, ulkan so‘z san’atkori G‘afur G‘ulom 1966 yil 10 iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan Manba https://tafakkur.net/gafur-gulom.haqida O'zbek adabiyotining yirik namoyandasi G'afur G'ulom 1903- yil-ning 10- may kuni Toshkentning Qo'rg'ontegi mahallasida tug'ildi. U endigina 9 yoshga kirganda otasi G'ulom Mirza Orif o'g'li vafot etadi. Oradan olti yil o'tar-o'tmas bolalar mehribon onadan ham ayriladilar. Ukalari va singillari bilan yolg'iz qolgan G'afurning «qilmagan xizmati, tutinmagan ishi» qolmaydi. U oilani boqish uchun kosiblik, mixkorlik, aravakashlik qiladi, bosmaxonalarda harf teruvchi bo'lib ishlaydi. Biroq G'afur G'ulom hayotning bu sinovlari qarshisida dovdirab qolmadi. U o'zidagi iqtidorni faqat ma'rifat orqali ro'yobga chiqarish mumkin ekanligini juda erta angladi. Avval boshlang'ich maktabda o'qidi. Keyin esa o'sha paytda urf bo'la boshlagan rus-tuzem maktabiga kirdi. Muallimlar tayyorlaydigan maktabni ham bitirgach, avval o'qituvchilik, so'ng jurnalistlik qildi. 1914- yilda boshlangan Birinchi jahon urushi xalqning shundoq ham og'ir hayotini butunlay izdan chiqardi. Garchi bu urush bizning yurtimizdan uzoqda - Yevropa hududida kechgan bo'lsa-da, Rossiya mustamlakachilari urush ortidagi turli qora ishlarni bajarish uchun bizning o'lkamizdan ham erkaklarni majburan mardikorlikka olardi. Boquvchisiz qolgan xonadonlar, ayollar va bolalar tirikchilik o'tka-zishga nihoyatda qiynalishardi. O'lkamizda yetishtiriladigan aksariyat noz-ne'matlarni esa chor hukumati turli bahonalar, aldovlar bilan tashib ketardi. Shaharlarda ishsizlik, qimmatchilik va qahatchilik avj olgandi. Ko'chalarda to'p-to'p tilanchilar va gadoylar daydib yurardi. Ular safiga urush bo'layotgan o'lkalardan non qidirib qochib kelgan yuz minglab och aholi qo'shilgandi. Bag'ri keng o'zbek xalqi muh-tojlarga boshpana, o'z bolalari rizqidan qiyib bo'lsa-da, osh-non berardi. Rejissor Shuhrat Abbosovning «Toshkent - non shahri» filmini tomosha qilsangiz, bu voqealar dahshatini yanada yaqindan his qilasiz. Mana shu og'ir kunlarning barchasini yosh G'afur o'z ko'zlari bilan ko'rgani, yuragidan o'tkazgani tufayli ham uning qalbida insonparvarlik, yetimparvarlik hislari juda erta uyg'ondi. Shoirning o'zi aytishicha, uning dastlabki she'riy mashqlari ham aynan yetim bolalarga bag'ishlab yozilgan edi. G'afur G'ulom she'rlar bilan birga o'nlab hikoyalar, «Netay», «Yodgor», «Tirilgan murda» singari qissalar ham yozdi. Ikkinchi jahon urushi paytida esa adibni dunyoga tanitgan mumtoz she'riy asarlari -«Kuzatish», «Sen yetim emassan», «Vaqt», «Sog'inish», «Onalar» singari she'rlari yaratildi. Uning yana bir mashhur asari - «Shum bola» qissasi 1936- yilda yozilgan bo'lsa-da, 60- yillarda adib uni qaytadan ishladi, yanada sayqalladi. G'afur G'ulom Sharq mumtoz adabiyotining, zamonaviy o'zbek she'riyatining katta bilimdoni edi. Shu sababli ham u Oybek va Hamid Olimjon bilan birga 1943- yilda O'zbekiston Fanlar akade-miyasining haqiqiy a'zosi etib saylangandi. Adib 1966- yilning 10- iyunida og'ir xastalik tufayli vafot et-gan. G'afur G'ulom o'zbek adabiyoti, fani va madaniyatining rivojiga qo'shgan ulkan hissasi uchun 1999- yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni asosida «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi. 2003- yilning may oyida G'afur G'ulom tavalludining 100- yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi. Toshkent shahridagi eng katta istirohat bog'laridan biriga shoir nomi berilib, uning muh-tasham haykali o'rnatildi. Metro bekatlaridan biri ham ijodkorning qutlug' nomi bilan ataladi. G'afur G'ulomning o'zi «Vaqt» she'rida bashorat qilgan ezgu istaklari aynan mustaqillik yillarida ro'yobga chiqdi: Hayot sharobidan bir qultum yutay Damlar g'animatdir, umruzoq soqiy. Quyosh-ku falakda kezib yuribdi, Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy. G'afur G'ulom asarlari "Hiylai shari " , " Mening o'g'rigina bolam " (1965 yil ), " Shum bola " ( 1936 yil ) , " Netay " (1930 yil ) , " Yodgor " ( 1936 yil ) " Ilatiyada bir ov " , "Chorbozi " , " Kim aybdor " . Download 30.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling