40-umumiy o‘rta ta’lim maktabi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining


Download 25.38 Kb.
bet1/4
Sana18.02.2023
Hajmi25.38 Kb.
#1211055
  1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqillik bayrami senariysi 31 yillik




Yangi O‘zbekistonda
el aziz, inson aziz!

O‘rta Chirchiq tumani


Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi
40-umumiy o‘rta ta’lim maktabi


O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining
31 yilligiga bag‘ishlangan
tantanali sahnalashtirilgan bayram dasturi
SENARIYSI
Tayyorladi: ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi
Otabek Isroilov


O‘rta Chirchiq tumani – 2022
Sahna bayramona bezatilgan. Yuqorida bayramning bosh g‘oyasi – “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” yozuvi ilingan. Maktab hovlisidagi sahnaga ikki boshlovchi: bir yigit va bir qiz chiqib keladi.


1-boshlovchi: Assalom, ona yurt, tonglar o‘lkasi,
Ta’rif-tavsifingning yo‘q nihoyasi.
Senga bag‘ishlanar muqaddas qo‘shiq –
Bu ona elimning o‘z madhiyasi.


O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangraydi. Bayroqni maktabning faxri – eng yaxshi o‘quvchisi ko‘taradi.


2-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
1-boshlovchi: Assalomu alaykum, qadrli ustozlar, muhtaram o‘quvchilar!
2-boshlovchi: Jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining shonli 31 yilligi va Bilimlar kuniga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” nomli tantanali bayram tadbirimizga xush kelibsiz!
1-boshlovchi: Tantanali bayram dasturini ochib berish uchun so‘z 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Muhiddinov Ulug‘bek Jalolovichga!


Maktab direktori kirish so‘zi va bayram tabrigi bilan
tantanali tadbirni ochib beradi – 3 daqiqa.


1-boshlovchi: Bugun davramizda maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan jajji o‘g‘il-qizlar ham ishtirok etmoqda!
2-boshlovchi: Marhamat, 40-maktabning 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘asini topshirish uchun sahnaga maktab direktori Muhiddinov Ulug‘bek Jalolovichni, maktab direktorining o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Rauanbekova Sobira Asilbekovnani, aziz va muhtaram ustozlarimiz Sidiqov Ertoy Alixonovich hamda Muhiddinova Ra’no Mag‘zamovnani taklif etamiz.


1-sinf o‘quvchilariga tantanali ravishda
Prezident sovg‘alari topshiriladi – 14 daqiqa.


1-boshlovchi: Tabrik uchun so‘z 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Isroilov Otabek Odiljon o‘g‘liga!


Bayram tabrigi – 3 daqiqa.

Download 25.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling