410-guruh talabasi Abdiyeva Barno


Download 0.61 Mb.
bet1/3
Sana22.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1222370
  1   2   3
Bog'liq
Gulira\'no

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti 410-guruh talabasi Abdiyeva Gulira’no

“TELEBOSHLOVCHI BO‘LIB QOLSAM” mavzusining tahlili

Mavzu 4 soat dars va bitta mustahkamlash dasriga mo’ljallangan


Nutqiy ko’nikmani rivojlantiradigan topshiriqlar mavzuning boshida, diagramma va rasmdan keyin berilgan. Ya’ni shu yerda o’quvchilarga mavzu bo’yicha boshlang’ich tushuncha beriladi va fikrlarini bildirishga imkon beriladi.

Yutuqlari :


3. Topshiriqlar o’quvchilarni ijodiy fikrlashga chorlaydi
4.o’quvchini kasbga yo’naltirishga xizmat qiladi
  • Rasmiy va norasmiy nutqning farqlari yaqqol ko’rsatilgan.
  • Turli til birliklariga e’tobor qaratilgan va ma’lumot berilgan

TAKLIFLAR:

  • mavzuga o’gzaki nutq, ohang nutqning aniqligi kabi larni rivojlantiradigan mashqlar ham qo’shish kerak
  • Ba’zi topshiriqlar xotirani tekshirishga xizmat qilyapti va buni oqlamayman:

  • Teleboshlovchilik kasbi qachon, qaysi voqeadan so’ng paydo bo’ldi?

5-sinf o’quvchilari uchun 4 soatlik dars loyihasi

MAVZU:Toshkentdagi ilk teatr

  • Loyiha tayyotlash, g’oya nima, g’oyani amalda qo’llash, eshitib va o’qib tushunish
  • Matn va uning turlari, og’zaki matn va yozma nutqning farqi

Bu mavzuda o’rganimiz:

  • Teatrlar nima uchun kerak?
  • Teatrning kinodan farqi nimada?
  • Sizningcha kinoda rol o’ynash qiyinroqmi yoki teatrda
  • Maktabdagi sahna ko’rinishlarida qatnashganmisiz?

Matnni o’qing va savollarga to’g’ri yokinoto’g’ri shaklida javob bering. To’g’ri – T, Noto’g’ri - N

"Turon" — teatr truppasi. Jadidlarning 1913-yil Toshkent shahrida ochilgan birinchi teatr truppasi. Truppaning badiiy rahbari — Abdulla Avloniy, maʼnaviy va moddiy homiysi Munavvarqori Abdurashidxonov va boshqa Toshkentning moʻtabar kishilari boʻlgan. Nizomiddin Xoʻjayev, Badriddin Aʼlamov, Shokirjon Rahimiy, Muhammadjonqori Poshshaxoʻjayev, Fuzail Jonboyev, Hasanqori, Sameʼqori Ziyoboyev, Qudratilla Yunusiy va boshqa, 1916-yildan Mannon Uygʻur, Gʻulom Zafariy, Sulaymon Xoʻjayev kabilar truppaning asosiy kuchlari hisoblangan. Truppa oʻz faoliyatini 1914-yil 27 fevralda Toshkentdagi "Kolizey" teatri binosi (2000 tomoshabinli)da "Padarkush" (M. Behbudiy) spektakli bilan boshlagan. Bosh rollarni Abdulla Avloniy, S. Ziyoboyev, M. Poshshaxoʻjayev, B. Aʼlamovlar ijro etganlar. Spektaklni ozarbayjonlik aktyor va rejissyor Aliasqar Asqarov qoʻygan. 1915-yil shu spektakl N. Xoʻjayev tomonidan qayta sahnalashtirilgan. Ketma-ket N. Qudratillaning "Toʻy", A. Krdiriyning "Baxtsiz kuyov", A. Avloniyning "Advokatlik osonmi?" kabi asarlari sahnalashtirilgan. Ozarbayjon aktyori va rejissyori Ruhillo Sidki 1914—16 yillar Toshkentga ijodiy safari davomida "T." teatri aʼzolari oʻrtasida musiqali drama janriga qiziqish uygotgan. Ozarbayjonlarning "Layli va Majnun" spektaklida "T." truppasi aʼzolari ham birga rol o’ynaganlar.Teatr muhim mavzu va janr doirasi asosida keng repertuar yaratish imkoniyatiga, Toshkentning eski va yangi shahar qismida oʻzining qishlik va yozlik binosiga ega teatr jamoasi darajasiga koʻtarilgan. "Pinak" (A. Avloniy), "Mazluma xotin" (X. Muin), "Oʻliklar" (M. Qulizoda) kabi spektakllar bilan oʻz repertuarini boyitgan. 1917-yil Oktyabr toʻntarishidan soʻng "T." teatri hukumat ixtiyoriga olinib, unga davlat teatri maqomi berilgan. Turli davrda turli nomlar bilan yuritilgan. Mannon Uygʻur teatrning yetakchisi, badiiy rahbari boʻlgan.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling