5 – laboratoriya mashg`uloti Mavzu: Oqsillarni dializ qilish va izoelektrik nuqtasini aniqlash Dializ


Download 17.26 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi17.26 Kb.
#1040632
Bog'liq
5. dializ


5 – laboratoriya mashg`uloti
Mavzu: Oqsillarni dializ qilish va izoelektrik nuqtasini aniqlash


Dializ
Dializ yordamida oqsilning makromolekulyar eritmasi quyi molekulali birikmalardan (tuzlardan, qandlardan) tozalanadi. Shu sababli dializ oqsillarnii tozalash bosqichlaridan biri hisoblanadi.
Reaktivlar: a) osh tuzi qo’shilgan tuxum oqsili eritmasi, b) 0,5% li kumush nitrat, v) 10% li nitrat kislota, g) 10% li o’yuvchi natriy, d) 1% li mis sulfat.
Ishning bajarilishi: Sellofan yoki kollodiydan yasalgan haltachaga yarim qilib, natriy xlorli tuxum oqsili eritmasidan solinadi. Haltachani shisha tayoqchaga osib, distillangan suvli stakanga solinadi. Dializ, hona temperaturasi sharoitida olib boriladi. Oradan 40-60 minut o’tgach, stakandagi suvdan 2 ml dan olib, 2 ta probirkaga solinadi.
Birinchi probirkada xlor ionlarini tekshirish uchun reaksiya qilib ko’riladi. Buning uchun suvga bir necha tomchi 10% li nitrat kislotadan qo’shiladi va uning ustiga 2-3 tomchi kumush nitrat eritmasidan solinadi. Natijada kumush xloridning oq cho’kmasi hosil bo’ladi.
Ikkinchi probirkada biuret reaksiyasi qilib ko’riladi. Agar dializ to’g`ri olib borilgan bo’lsa, biuret reaksiyasi chiqmasligi kerak.
Har 16-20 daqiqada suvni almashtirish bilan dializni tezlashtirish mumkin. Dializ xlor ionlarini tekshirish uchun qilinadigan reaksiya chiqmaguncha olib boriladi.
Izoelektrik nuqtani aniqlash
Izoelektrik nuqtada oqsillar beqaror bo’ladi. Oqsil molekulasining musbat va manfiy zaryadlari teng bo’lgan pH ko’rsatkichida u osongina cho’kmaga tushadi. Bunga sabab oqsil molekulalari bilan suv dipollari orasidagi bog`lanishni uzilishidir. Har bir oqsil uchun ma’lum pH ko’rsatgichi izoelektrik nuqtani belgilaydi. Masalan, kazein uchun pH 4,7 ga, tuxum albumini uchun 4,8 ga, jelatina uchun 4,9 ga, zein uchun 6,2 ga teng. Protaminlar va gistonlarning izoelektrik nuqtasi kuchsiz ishqoriy muhitga to’g`ri keladi.
Oqsillarni izoelektrkk nuqtada cho’kmaga tushishini suv tortib oluvchi moddalar (spirt, atseton, efir) yoki tanin qo’shish bilan tezlashtirish mumkin. Organik erituvchilar oqsil molekulasidan suvni tortib oladi va oqsil tezda suv qobig`ini yo’qotib, cho’kmaga tushadi. Tanin esa azot tutuvchi geterosiklik gruppalar bilan qo’shilishib, suvda erimaydigan birikma hosil qiladi.
Reaktivlar: a) 0,5% li jelatina, b) 0,1 N li sirka kislota, v) 0,1 N li natriy astetat, g) 96% li etil spirti, d) 0,1% li tanin.
Ishning bajarilishi: 5 ta probirka olib, ularning har biriga sirka kislotadan va natriy atsetat eritmasidan quyidagi jadvalda ko’rsatilgandek qilib solinadi. Shundan so’ng har bir probirkaga 1 ml dan jelatina eritmasidan solinadi va yaxshilab chayqatiladi.
Jadval

Probirka larning №

Bufer eritmaning tarkibi,
0,1 N

eritma pH

0,5% li jelatina

etil spirt, ml

Loyqala
nish darajasi

CH3COOH

CH3COONa

1

1,8

0,2

3,8

1

4

1

2

1,4

0,6

4,4

1

4

3

3

1,0

1,0

4,7

1

4

5

4

0,6

1,4

5,1

1

4

4

5

0,2

0,8

5,7

1

4

3


Oradan 5-10 daqiqa o’tgach hamma probirkalar tekshirib, ularning loyqalanish darajasi ko’riladi. Qaysi probirkadagi loyqalanish eng yuqori bo’lsa, jadvalga qarab shu probirkadagi suyuqlikning pH darajasi topiladi va shunga qarab tekshirilayotgan oqsilning izoelektrik nuqtasi aniqlanadi.
Download 17.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling