5-Amaliy ish Portlovchi modda detonatsiyasi parametrlarini hisoblash
Download 27.13 Kb.
|
5 t
5-Amaliy ish Portlovchi modda detonatsiyasi parametrlarini hisoblash Detonatsiya atamasi fransuz tilidan tarjima qilinganda – “detoner” – portlash, lotin tilida tarjima qilinganda esa – “detonare” – gumburlash degan ma’noni anglatadi. Detonatsiya- favqulotda tez kechadigan jarayon bo’lib, portlovchi modda kimyoviy tarkibining o’zgarishi, gazlar ajralib chiqishi va moddalarning adiabatik siqilishi hamda qizishi natijasida muhitda bosimning favqulotda ortishi bilan kechuvchi jarayon. Detonatsiya kechayotgan muhitda detonatsiya to’lqini hosil bo’lib, 1-10 km/sek tezlikda tarqaladi. Ushbu muhitda bosim bir necha o’nlab atmosferadan yuz minglab atmosferagacha o’zgaradi. Detonatsiya jarayoni matematik modellarda rossiyalik olim Mixelson, angliyalik olim Chepmen va fransiyalik olim Jugelar tomonidan o’rganilgan. Detonatsiya to’lqini parametrlariga detonatsiya to’lqinining bosimi, detonatsiya to’lqinidagi portlovchi modda zichligi, detonatsiya to’lqinining tezligi, ajralib chiqadigan gazlar hajmi, portlash harorati hamda portlash mahsulotlari (portlashdan so’ng hosil bo’ladigan gazlar)ning detonatsiya fronti tashqarisida tarqalish tezligi kiradi. Detonatsiya tezligiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi: zaryad diametri, zaryad zichligi, portlovchi moddani tashkil etuvchi komponentlarning bir tekis aralashganligi, portlovchi modda zarrachalari o’lchamlari (katta-kichikligi). Zaryad diametrining chegaraviy qiymati deganda shunday qiymat tushiniladiki, ushbu qiymatdan kichik qiymatlarda detonatsiya kechmaydi. Qattiq portlovchi moddalar uchun portlash mahsulotlari holati tenglamasini quyidagicha yozish mumkin: , bunda:р – portlovchi modda bosimi, Pa; V – portlash mahsulotlari hajmi, m3; n – portlash mahsulotlarining politropiya ko’rsatgichi bo’lib, uning qiymati portlovchi modda boshlang’ich zichligiga bog’liq:
Detonatsiya to’lqinining bosimi (Chepmen-Juge nuqtasida) quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi: , bunda: D – detonatsiya tezligi, m/s; рД – bosim, Pa. Detonatsiya to’lqinidagi portlovchi modda zichligi quyidagiga teng: . Portlash mahsulotlarining Chepmen-Juge nuqtasida harakatlanish tezligi quyidagicha hisoblanadi: . Detonatsiya tezligini politropiya ko’rsatgichi n va o’zgarmas portlash issiqligi QV (kJ/kg) orqali quyidagicha ifodalash mumkin: , Ushbu olingan formula gazsimon portlovchi moddalar uchun o’rinli bo’lib, qattiq portlovchi moddalar uchun undan foydalanib bo’lmaydi. Shuning uchun detonatsiya tezligini hisoblashda quyidagi ifodadan foydalanish mumkin: , bunda Dн, Dэт – mos holda hisoblanayotgan va etalon portlovchi moddalarning detonatsiya tezliklari, m/s; Qн, Qэт – mos holda hisoblanayotgan va etalon portlovchi moddalarning portlash issiqliklari, kJ/kg. Etalon portlovchi modda sifatida ammonit 6JV (yoki grammonit 79/21) portlovchi moddasi qabul qilingan bo’lib, ushbu portlovchi modda zaryadi zichligi 1 t/m3 bo’lganda portlash issiqligi 4315,7 kJ/kg va detonatsiya tezligi 3650 m/s ga teng. Zaryad zichligi boshqa qiymatlarda bo’lganda etalon portlovchi modda detonatsiya tezligi quyidagicha hisoblanadi: . Misol. Akvatol 65/35 portlovchi moddasi zaryadining zichligi 1,45t/m3, portlash issiqligi 3854,8 kJ/kg bo’lsa, uning detonatsiya parametrlari aniqlansin. Download 27.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling