Sanoat portlovchi moddalari detonatsiyasining fizik mohiyati va uning parametrlarini aniqlash
Download 315.08 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq4-maruza-1
4-MA’RUZA. SANOAT PORTLOVCHI MODDALARI DETONATSIYASINING FIZIK MOHIYATI VA UNING PARAMETRLARINI ANIQLASH. Detonatsiya- favqulotda tez kechadigan jarayon bo’lib, portlovchi modda kimyoviy tarkibining o’zgarishi, gazlar ajralib chiqishi va moddalarning adiabatic siqilishi hamda qizishi natijasida muhitda bosimning favqulotda ortishi bilan kechadi. Detonatsiya kechayotgan muhitda detonatsiya to’lqini hosil bo’lib, 1-10 km/sek tezlikda tarqaladi. Ushbu muhitda birnecha o’nlab atmosferadan yuz minglab atmosferagacha o’zgaradi. Detonatsiya jarayoni matematik modellarda Rossiyalik olim Mixelson, Angliyalik olim Chepmen va Fransiyalik olim Jugelar tomonidan o’rganilgan. Detonatsiya to’lqini parametrlariga bosim ajralib chiqadigan gazlar hajmi, portlash harorati, detonatsiya tezligi, hamda portlash mahsulotlari (portlashdan so’ng hosil bo’ladigan gazlar)ning detonatsiya fronti tashqarisida tarqalish tezligi kiradi. Detonatsiya tezligi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: 𝜐 d = 𝜔-c (1) Bu yerda: 𝜔- portlashdan so’ng hosil bo’ladigan gazlar tarqalish tezligi (m/sek); c- portlashdan so’ng hosil bo’ladigan gazlarda tovush to’lqining tarqalish tezligi (m/sek). Chapmen-Juge sirtidagi bosim quyidagicha aniqlanadi: P d = 𝜌 0 * 𝜐 d 2 /n+1= 𝜌 0 * 𝜐 d 2 /4 (2) Bu yerda: 𝜌 0 – portlovchi moddaning boshlang’ich zichligi, km/m 3 ; n- politrope ko’rsatkichi bo’lib uning qiymati portlovchi modda zaryadining zichligiga bog’liq. Portlovchi modda zaryadi zichligi 1-1,2 g/sm 3 bo’lganda n=3 bo’ladi. Portlashdan so’ng hosil bo’ladigan gazsimon mahsulotlar zichligi portlovchi modda zaryadining boshlang’ich zichligiga bog’liq holda aniqlanadi. 𝜌= 𝜌 0 (3) Portlashdan so’ng hosil bo’ladigan gazsimon mahsulotlarning Chepmen- Juge sirti tashqarisida ( 𝜔) tarqalish tezligi 𝜔= 𝜐 d /n+1 yoki 𝜐 d /4 ga teng. Bundan portlash bosimi, detonatsiya tezligi va portlash gazsimon mahsulotlarining tarqalish tezligi o’zaro quyidagicha bog’liqligi kelib chiqadi. P ж = 𝜌 0 * 𝜐 d * 𝜔 (4) Detonatsiya tezligi quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi: zaryad diametric, zaryad zichligi, portlovchi moddani tashkil etuvchi komponentlarning bir tekis aralashganligi, portlovchi modda zarrachalari o’lcha,lari (katta-kichikligi). Zaryad diametrining chegaraviy qiymati deganda shunday qiymat tushiniladiki, ushbu qiymatdan kichik qiymatlarda detonatsiya kechmaydi. Portlash issiqligi va harorati. Portlash issiqliga deganda 1 kg yoki 1 mol portlovchi modda portlaganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori tushuniladi. Portlash issiqligi kilokolloriya/kg, kilokolloriya/mol, Joul/mol, Joul/kg larda o’lchanadi. 1 kilokolloriya= 4186,8 Joulga teng. Odatda 1 kg sanoat portlovchi moddasi portlaganda 3,3 dan 4,9 Mega Joul gacha issiqlik ajralib chiqadi. Portlash harorati deganda portlashdan so’ng hosil bo’ladigan gazsimon mahsulotlarning maksimal qizish harorati tushuniladi. Portlash harorati saqlagichli portlovchi moddalar uchun odatda 1800 0 C atrofida, Geksogen va Ten uchun 4500 0 C atrofida, saqlagichsiz sanoat portlovchi moddalarida 2800 0 C-4200 0 C atrofida tarkibiga olovni so’ndiruvchu inert tuzlar qo’shilgan. Portlovchi moddalarda 900 0 C dan 2500 0 C gacha bo’ladi. Download 315.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling