5-laboratoriya ishi D50 dizeli yoqilg‘i apparaturasi ishlash prinsipi va tuzilishi Ishdan maqsad


Download 40.41 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi40.41 Kb.
#1761934
Bog'liq
5-laboratoriya ishi


5-laboratoriya ishi


D50 dizeli yoqilg‘i apparaturasi ishlash prinsipi va tuzilishi
Ishdan maqsad. D50 dizelining yoqilg‘i apparaturasi tuzilishi va ishlash tamoyili bo‘yicha amaliy bilimlarni o‘zlashtirish.


1. D50 dizelining YuBYoN tuzilishi

1-rasmda D50 dizelining YuBYoN bo’limi kesimi ko‘rsatilgan. Alohida forsunkaga xizmat ko‘rsatadigan har bir bo’limning asosiy detallari plunjer juftligi - plunjer va uning gilzasi, shuningdek prujina va egarni o‘z ichiga olgan haydash klapanidan iborat.


Prujina klapanni egarga siqib turadi. Plunjer gilzasi bo’lim korpusiga qo‘zg‘almas tarzda mahkamlangan bo‘lib, bunda haydash klapani egari gilzaning yuqori qirrasiga tiralib turadi. Klapan egari va plunjer gilzasining o‘zaro tegib turadigan yuzalari bir-biriga ishqalanib moslashadi va shu sababli shu joy ishonchli zichlanib ish jarayonida yoqilg‘i oqib ketishining oldi olinadi.
Nasos bo’limi tomonidan yoqilg‘i uzatilishi plunjerni burish bilan o‘zgartiriladi. Konstruktiv jihatdan bu quyidagicha bajarilgan. Plunjer gilzasiga pastdan tishli venetsi bo‘lgan burish gilzasi kiydirilib, u tirsakli valning aylanish chastotasi muvofiqlashtirgichi bilan mexanizm (richaglar va tortmalardan tashkil topgan) orqali ulanadigan tishli reyka bilan ilashadi. Reyka siljiganida uning tishlari burish gilzasini ham burilishga majbur qiladi.
1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, nasos plunjerining quyi qismida bo‘rtig’i – “tizgin” (поводок) bilan ta’minlangan. O‘z navbatida burish gilzasi bu yerda to‘g‘ri burchak tirqishlarga ega bo‘lib, ular ichiga plunjerning bo‘rtigi – “tizgin” kirib turadi. Burish jarayonoda gilza plunjer “tizgin”iga taqalib, uni ham burilishga majbur qiladi.
Tishli reyka yurish yo‘nalishiga bog‘liq ravishda burish gilzasi bir yoki boshqa tomonga buriladi. Plunjerning quyi uchi, 1-rasmdan ko‘rinib turgani kabi, yuqori tomondan shayba tiralib turadigan tugmacha bilan tugallanadi.Tugmacha oddiy stakanga o‘xshaydigan detal – stakan tubiga tayanib turadi. Prujina plunjerni stakan tubiga siqib turadi. Stakan siljishi to’xtatish halqasi bilan cheklab qo‘yiladi. Yoqilg‘i plunjer usti bo‘shlig‘iga plunjer juftligi gilzasidagi har ikkala A darchasidan quyilib, yoqilg‘i uzatish to‘xtatilganida qayta kiritish esa plunjerning spiralli qirrasi joylashgan tomoni bilan to‘siladigan (yopiladigan) bir tirqish orqali amalga oshiriladi.

1-rasm. D50 dizeliningYuBYoN bo’limi

D50 dizeli YuBYoNining asosiy texnik ko‘rsatkichlari 5.1-jadvalda keltirilgan.


D50 dizeli YUBYON ining texnik tavsifi 1-jadval.

Bo’lim (plunjerlari) soni

6

Plunjer diametri, mm

20

Plunjer yurishi, mm

19,8

Bo’limlar ishlash tartibi

1-3-5-6-4-2

Nasos valining aylanish yo‘nalishi

Muvofiqlashtirigichning qarama-qarshi tomonidan qaralganida, soat strelkasiga qarshi

D50 dizeli YuBYoN ining umumiy ko‘rinishi 2-rasmda namoyish etilgan. Barcha oltita bo’lim mushtchali val montaj qilingan bir kartyerda o‘rnatilgan.Mushtchali val dizelning tirsakli validan silindrsimon tishli g‘ildiraklar orqali yuritiladi. Umumiy yoqilg‘i kollektoridan yoqilg‘i har bir bo’limga kelib tushib, u berilgan miqdordagi yoqilg‘ini kerakli vaqtda dizelning tegishli silindriga bosim ostida uzatilishini ta’minlaydi. YuBYoN korpusida muvofiqlashtirgich o‘rnatilib, u dizelning kerakli rejimda ishlab turishini ta’minlaydi. Shuningdek o‘rnatilgan elektr pnevmatik servodvigatel YuBYoN bo’limi reykasini siljitish hamda mos ravishda yoqilg‘ining siklli uzatilishini belgilash imkonini beradi. Bo’lim to’xtatishi YuBYoN alohida bo’limlari ishini to‘xtatib qo‘yish imkonini ham yaratadi.



2- rasm. D50 dizeli yoqilg‘i nasosining umumiy ko‘rinishi


YuBYoN (3-rasm) bo‘ylama kesimidan ko‘rinib turibdiki, karter 8 cho‘yan quyma qutidan iborat bo‘lib, barcha detallar montaji va nasosni silindrlar blokiga mahkamlash uchun xizmat qiladi. Uning quyi qismida mushtchali val joylashgan bo‘shliq bo‘lsa, o‘rta qismida esa oltita turtkich joylashib, karterning yuqori, ishlov berilgan yuzasida nasosning oltita bo’limi o‘rnatilgan. Karterning yuqori yuzasi va mushtchali val bo‘shlig‘i orasida to‘siq mavjud bo‘lib, unda “in”lar o‘qiga muvofiq ravishda turtkichlar uchun oltita “in” yo‘nib tayyorlangan.

INCLUDEPICTURE "http://www.dvgups.ru/METDOC/GDTRAN/NTS/TEPLOVOZ/LOK_EU/MU/POGREBINSK/1_7.gif" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "http://www.dvgups.ru/METDOC/GDTRAN/NTS/TEPLOVOZ/LOK_EU/MU/POGREBINSK/1_7.gif" \* MERGEFORMATINET


3-rasm. D50 dizeli yoqilg‘i nasosining bo‘ylama kesimi:


1 - uzish moslamasi prujinasi; 2 - yo‘naltiruvchi stakan; 3 - manjeta; 4 – turtkich bolti; 5 - uzish moslamasi tutqichi; 6 - prujina; 7 - tortuv; 8 – nasos korpusi;
9 - mushtchali val; 10 - stakan; 11 - turtkich korpusi; 12 - turtkich roligi;
13 - turtkich barmog‘i; 14 - chegaraviy rostlagich richagi; 15 - chegaraviy rostlagich korpusi; 16 - richag; 17 - yuk; 18 – o‘zak; 19 – yurish cheklagichi;
20 – konussimon metall o’zak; 21 – rostligich shesternyasi; 22 - qopqoq;
23 - bolt; 24 - prujina; 25 – rostlash gaykasi; 26 – rostlagich yuritmasi korpusi.
Mushtchali val nasos plunjerlarini vaqti-vaqti bilan quyi holatdan yuqori holatga o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. U 1 - 3 - 5 - 6 - 4 - 2 tartibida bir-biriga 60º burchak ostida joylashgan oltita mushtchasiga ega. Mushtchali val gardishlariga ishlov berilib, ular quyidagilarni ulash uchun mo‘ljallangan: chap gardish – silindrsimon shesternyaning aylanishlari soni rostlagichi, o‘ngi esa – yoqilg‘i nasosi yuritmasi vali. Mushtchali val ichida o‘q teshigi mavjud bo‘lib, u tayanch podshipniklari va rostlagichga moy keltiradigan kanal vazifasini o‘taydi. Turtkichlar nasos plunjerlarini harakatga keltiradilar. Turtkich korpusi 11 po‘latdan yasalgan, sementli bo‘lib, tashqi yuzasi silindrsimon va xvostovigi, plunjerlar yoqilg‘i uzata boshlash momentini (yoqilg‘i avvalroq uzatish burchagi) rostlash uchun mo‘ljallangan bolt 4 uchun ichki rezbasi bor. U kalit uchun oltiburchakli qilib ishlangan va plunjer prujinasi stakani tayanadigan sharsimon yuzali silindr kallagiga ega. Bolt holati turtkich stakani bilan qayd etiladi. Korpusning quyi qismida ko‘ndalang bronza barmoq 13 va rolik 12 uchun uzluksiz teshik mavjud. Nasosning yoqilg‘i bo’limlari yechib olinadigan qilib bajarilgan va bu foydalanish jarayonida ularni almashtirish imkonini beradi.

2. D50 dizeli forsunkasining tuzilishi


4-rasmda yopiq forsunka tuzilishi ko‘rsatilgan bo‘lib, u po‘lat korpusdan 17 iborat va unga gayka 19 yordamida purkagich korpusi 21 mahkamlangan. Purkagich quyi qismida 0,35 ± 0,02 mmdiametrli to‘qqizta soplo tirqishiga ega. Soplo tirqishlari o‘qlari orasidagi burchak 155 ± 5° ga teng. Purkagich ignasining 20 qo‘ndirish “kamari” ustida kamera v hosil qilingan. Ignaning qo‘ndirish “kamari” tagida esa barcha to‘qqizta soplo uchun umumiy bo‘lgan vertikal b kanali joylashadi.


YuBYoN dan yoqilg‘i yuqori bosimli haydash trubkasi 5, tirqish filtri 1, shundan keyin e, d va g kanallari orqali kameraga kelib tushadi. Purkagich ignasining quyi qismi diametri yuqoridagiga nisbatan kichikroq. Igna diametrlaridagi ushbu farq o‘ziga xos “kamar” hosil qilib, unga yoqilg‘i bosimi ta’sir ko‘rsatadi. Prujina (15) 27 MPa bosimga rostlash bolti 11 yordamida rostlanadi. Kanalda ko‘rsatilgan bosimga erishilishi bilan igna 20 ko‘tariladi va yoqilg‘i siklli tarzda soplo tirqishlari orqali dizel silindriga uzatiladi.
Igna va purkagich korpusi orasidan o‘tgan yoqilg‘i shtanga va prujina joylashgan kameraga va shundan so‘ng to‘kish trubkasi 6 va quvurlar bo‘ylab yoqilg‘i bakiga kelib tushadi.

4-rasm. D50 dizeli forsunkasi:
1 – tirqish filtri sterjeni; 2 – shtutser; 3 – yuqoridan kiydiriladigan gayka;
4 – halqa; 5 – yoqilg‘i haydash trubkasi; 6 – to‘kish trubkasi; 7 – to‘kish trubkasining yuqoridan kiydiriladigan gaykasi; 8 – shtutser; 9 – mis oraliq halqasi;
10 – plomba;11 – rostlash bolti; 12 – rostlash bolti kontrgaykasi; 13 – forsunka korpusi tiqini; 14 – prujinaning yuqori likopchasi; 15 – prujina; 16 – prujinaning quyi likopchasi; 17 – forsunka korpusi; 18 – shtanga; 19 – purkagich gaykasi;
20 – purkagich ignasi; 21 – purkagich korpusi; 22 – mis qistirma; 23 – sharik forsunkalarning ikkinchi variantida o‘rnatilgan; 24 – prujinaning yuqori likopchasi (sharikli); a – soplo tirqishlari; b, g, d; j kanallar; v – purkagich ignasi kamerasi;
k – halqa kanali.


3. D50 dizeli yoqilg‘i apparaturasi tuzilishini o‘rganish
D50 dizeli yoqilg‘i apparaturasining tuzilishi haqiqiy namunalarda asosiy parametrlarni nazorat qilgan holda o‘rganiladi.


4. Hisobot mohiyati
Yoqilg‘i apparaturasi sxemalari va uning qisqacha bayoni.


5. Nazorat savollari
1. Qaysi uzellar yoqilg‘i apparaturasi tarkibiga kiradi?
2. Yoqilg‘i nasosi tiplari?
3. Yoqilg‘i nasosi qanday ishlaydi?
4. Yoqilg‘i forsunkasi qanday ishlaydi?



Download 40.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling