5 laboratoriya ishi. Ishlab chiqarish shovqinini tadqiq qilish. Ishdan maqsad


Download 31.99 Kb.
bet1/3
Sana05.05.2023
Hajmi31.99 Kb.
#1428899
  1   2   3
Bog'liq
5 лаборатория


5 - LABORATORIYA ISHI.
Ishlab chiqarish shovqinini tadqiq qilish.

Ishdan maqsad: SHovqinni o’lchash uchun qo’llaniladigan asbobning ish prinsipini o’rganish, ishlab chiqarishda ro’y beradigan shovqinlarning normaga solingan talablari bilan tanishish, shovqinni o’lchash qanday amalga oshirilishini o’rganish.


Umumiy masalalar: Avtotransport korxonalaridagi ba’zi ishlab chiqarish jarayonlari shovqin bilan bog’liq kechadi. Shovqin turli tuman tovushlarning betartib qo’shilib ketishidir. Tovush chiqarayotgan jismning tebranishlaridan hosil bo’ladigan to’lqinlar havoda tarqalib, havoni goh zichlaydi, goh siyraklashtiradi, natijada tovush bosimi hosil qiladi. Odamning eshitish a’zolari bunday bosimlarni tez ilg’aydi, tovushning tebranishlar soni 16dan 20000Gst.gacha oraliqda bo’lsa eshitadi (Gst-tovush chastotasi. Ya’ni bir sekund davomida tebranishlar soni). Eshitish a’zolari uchun 45 dan 10000Gst-gacha oraliq eng muhimi, 16 Gst.dan past chastotali (infratovush) va 20000Gst.dan yuqori chastotali (ultratovush) tovushlarni odamning eshitish a’zolari qabul qilmaydi.
Shovqin-tovushning bosimi, jadallik va boshqa ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi. Tovush jadalligi shartli o’lcham – 1B (bell ) bilan o’lchanadi. Bu odamning eshitish a’zosi qabul qila oladigan eng kuchsiz tovush. Amalda tovush jadalligi distebal (dB)bilan o’lchanadi, u 0,1Bga teng. Odamning eshitish organi qabul qiladigan eng kichik jadallik 1B (10 dB) “eshitilish ostonasi” deyiladi.
Tovush yoki shovqinni tavsiflash uchun ularni odam qabul qilishi xususiyatlarini e’tiborga olgan holda jadallikdan tashqari spektrni , ya’ni tovush to’lqinining tebranish chastotasini ham bilish kerak. Qabul qilinayotgan tovushning kuchini baholash uchun uning balandligi –“fon” birligi kiritilgan ; u-1000 Gst. Chastotali va 1 dB jadallikdagi tovushni qabul qilish kuchi , deb shartli qabul qilingan.
Ish joylaridagi doimiy shovqinning tavsifi oktan polasasidagi tovush bosimi darajasidir; bu daraja o’rtageometrik chastotali destibel bilan o’lchanadi. Shovqinlarning chastota tarkibi qancha yuqori bo’lsa, ishlovchilarning eshitish organlariga shunchalik kuchli noxush ta’sir etadi. Tovushning jadalligi 130 dB.gacha ko’tarilsa, eshitish a’zolarida og’riq paydo bo’ladi (og’riqli ostona), tovush esa eshitilmay qoladi. 145dB.ga etganda quloq pardalari yorilib ketishi mumkin. Undan ham ortiq bo’lsa, o’lim sodir bo’lishi mumkin. Yuqorida aytilganidek, odam tovushni qabul qilishi uning chastotasidan tashqari jadalligi va bosimiga ham bog’liq. Eng quyi jadallik - Jo va bosim – Po eshitilish ostonasi hisoblanadi. Bu qiymatlar tovush chastotasiga ham bog’liq chastota 100 Gst bo’lganda tovush bosimi:
Po =2 · 10-5Pa, Jo =10-12VT/m2
Tovush bosimi 2 · 102Pa va jadalligi 10 Vt/m2 bo’lganda og’riqli ostona kuchga kiradi. Eshitish ostonasi va og’riqli ostona oralig’i “eshitish mintaqasi” deyilib, miqyosi katta bo’ladi. Katta raqamlardan foydalanish noqulay bo’lgani uchun A.G.Bell logarifmik shkala taklif etgan. Shovqin yoki tovushning jadalligini tavsiflovchi logorifmik kattalik - L “daraja” deb ataladi va o’lchamsiz birlik – “bel” (B) bilan baholanadi.
Akustik hisoblashda “shovqin jadalligining darajasi”, shovqinni o’lchash va u odamga ta’sir etishini baholashda-“tovush bosimining darajasi” ishlatiladi, chunki odamning eshitish a’zolari tovushning jadalligiga emas, o’rta kvadratik bosimga sezgir.
“Tovush bosimining darajasi “ nima ekanligini oydinlashtirish uchun ba’zi tovushlar va shovqinlarni taqqoslaymiz. Masalan, odam odatdagidek gaplashgandagi tovush jadalligi 40-50dBga teng, avtomobil qattiq signal berganda 6-8m narida 80dB, temirchilik stexidagi shovqinlar 81-90dB, silliqlash stanogida ishlaganda-75-80dB, yolg’iz ichki yonar dvigateli sinaladigan bino ichida 100-110 dB, ishlab turgan aviastiya dvigateli yaqinida-120-130dB.
Katta jadallikdagi shovqin ta’sirida eshitish a’zosi charchab, eshitish sustlashadi va karlik hodisasi yo’zaga keladi. Bunday kasallanishning boshida – boshda og’riq, quloqlarda-shovqin turadi. Yuqori va o’rta jadallikdagi shovqin birinchi navbatda markaziy asab tizimini, keyin eshitish a’zosini shikastlaydi.
Shovqin odamni tez charchatadi va ishlash qobiliyatini pasaytiradi. Kuchli shovqin bosh og’rig’i, bosh aylanishi, qo’rquv hissi, asabiylashish, beqaror hissiy holat paydo qiladi. Odam organizmida, asab tizimi bilan bog’liq qator o’zgarishlarga olib keladi. Diqqatning kuchini qirqadi, xotirani yomonlashtiradi. Bu ta’sirlarning hammasi mehnat unumdorligini (50-60%)ga pasaytrib, baxtsiz hodisaga sabab bo’lishi mumkin.
Jadalligi katta shovqin yurak-tomir tizimi ishini o’zgartiradi, aritmiya yo’zaga keladi, arterial bosimni o’zgartiradi, oshqozonning sekretor-motor faoliyatini bo’zadi, gastrit va yara kasalligini, uyqusizlikni keltirib chiqaradi.
Eng kuchli qo’zg’ovchi yuqori chastotali tonal tarkibli shovqinlar hisoblanadi. Shovqinning chastotasi va jadalligi o’zgarib turishi odam uchun juda noxush. Shovqin qancha kuchli va o’zoq ta’sir etsa, organizmda shunchalik ko’p bo’zilish keltirib chiqaradi. Haydovchilar va transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatuvchilarning bino ichidagi ish o’rinlarida tovush bosimining ruxsat etilgan (joiz) darajalari GOST 12.1.103.83 . (“SSBT.Shum. Obщie trebovaniya bezopasnosti”) hujjatida ko’rsatilgan.
Shovqinni odamga noxush ta’siri tovush bosimidan tashqari chastota diapazoniga, ish davomida qanchalik bir maromda ta’sir etishiga ham bog’liq. Shovqinning har qaysi manbaini, shovqinni tashqil etuvchi tonlar orqali tasavvur qilish mumkin. Bu tashqil etuvchilar tovush bosimi darajasining chastotalar bog’liqligi ko’rinishida bo’ladi. (shovqinning chastotali spektoriga).
Shovqinlarning spektrlari o’zlukli –o’zluksiz va aralash bo’lishi mumkin. Korxonalardagi aksar shovqinlar aralash yoki o’zluksiz spektrli bo’ladi.


Agar : f2 / f1= = 1,26 bo’lsa polosa eni oktava polosalarning 1/3ga teng bo’ladi.
Chastotalarning eshitiladigan diapazoni 8 ta oktava polosalarga bo’lingan, ulardan oktava polosalarini tavsiflovchilovchilari har bir polosa chegaraviy chastotasining o’rtageometrik qiymatiga teng (5-jadval).

5-jadval



Oktava polasalarning
o’rta geometrik chasto-
talari, Gst

63


125


250


500


1000


2000


4000


8000


Chegaraviy chastotalari,
Gst

45

90

180

355

700

1400

2800

5600

90

180

355

700

1400

2800

5600

11200

Spektrning tavsifiga ko’ra shovqinlar keng polosali (o’zluksiz spektr, eni bir oktavadan katta) va tonal (spektrida eshitiladigan diskret tonlar bor) ga bo’linadi.


Shovqinlar, vaqt bo’yicha ta’siriga qarab o’zgarmas va o’zgaruvchan turlarga bo’linadi. Birinchisining tovush darajasi 8 soatlik ish kuni davomida ko’pi bilan 5dBAga, ikkinchisida-5dBAdan ortiq o’zgaradi. O’zgaruvchanlari, o’z navbatida o’zlukli (vaqt bo’yicha tebranib turadi) va impulsli bo’ladi.
Odam shovqinni sub’ektiv qabul qilishi, tovushning yuqorida bayon etilgan tavsiflaridan ancha farq qiladi, chunki eshitish a’zolarimiz turli chastotali tovushlarni turlicha qabul qiladi.
Odam kichik chastotali tovushlarni, o’sha jadallikdagi, lekin katta chastotali tovushlarga qaraganda ancha past tovush kabi qabul qiladi. Shuning uchun tovushning balandligini sub’ektiv qabul qilinishini baholash uchun “balandlik darajasi” degan tushuncha kiritilgan; u shartli “no’l ostonasi”dan boshlab hisoblanadi.
Balandlik darajasining birligi- “fon”, chastotasi 1000 Gst bo’lgan etalon tovushning jadallik darajalari farqi (1B)ga mos keladi.
Shunday qilib 1000 Gst chastotada balandlik darajalari (fonlar bilan o’lchangan) bilan mos tushadi.
O’zgarmas shovqinlar bo’yicha me’yorlash chegaraviy spektr bo’yicha amalga oshiriladi. O’rtageometrik chastotali (63,125,500,1000,2000,4000,8000Gst) 8 ta oktava polosalari chastotalaridagi tovush bosimlarining me’yoriy darajalari jamlanmasi chegaraviy spektr deyiladi.
Taxminiy hisoblar uchun ish joyidagi o’zgarmas (doimiy) shovqinning tavsifi sifatida dBA bilan o’lchangan tovush darajasini olish mumkin; GOST bunga ruxsat beradi, shovqin o’lchagichning “A ” shkalasi bo’yicha o’lchanadi va quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

LA=20ℓq( )


Download 31.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling