5 lаbоrаtоriya ishi. Kompleks birikmаlаrning olinishi vа xossаlаri. Anionli kompleks birikmalar
Download 36.14 Kb.
|
5-lab ishi —
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 – tajriba.
- Kationli kompleks birikmalar 3 – tajriba.
- 4 – tajriba.
- 5 – tajriba.
- 6 – tajriba.
- . 7 – tajriba
5 - LАBОRАTОRIYA ISHI. KOMPLEKS BIRIKMАLАRNING OLINISHI VА XOSSАLАRI. Anionli kompleks birikmalar. 1 – tajriba. Kobalt va misni ammiak bilan kompleks birikmasini sintezlash va fotometrik usulda o’rgandik. 2 ta probirkaga 5 – 6 tomchi kobalt va mis nitrat tuzlari eritmasidan quydik va uning ustiga 25 % li ammiak eritmasidan tomchilatib qo’shdik. Hosil bo’lgan kompleks eritmaning rangini qayd qildik. Hosil bo’lgan kompleks birikmani fotometrda optik zichligini aniqladik. 2 – tajriba. Kaliy diiodoargentat K [Agl2] ning olinishi. Probirkaga 3 tomchi kumush nitrat va 3 tomchi kaliy iodid eritmasidan soldik – cho’kma hosil bo’ladi. Keyin yana 3 tomchi kaliy iodid eritmasidan qo’shdik – cho’kma erib ketadi. Kumush iodidning hosil bo’lishi va ortiqcha kaliy iodidda kompleksning hosil bo’lish reaktsiyalari tenglamalarini yozdik. Kationli kompleks birikmalar 3 – tajriba. Diamin – argentaxlorid [Ag (NH3)2] Cl ning olinishi. Probirkaga 10 tomchi kumush nitratdan tomizib, shuncha natriy xlorid eritmasidan qo’shdik. Cho’kmani tiniting va uning ustidagi suyuqlikni to’kdik. Hosil bo’lgan cho’kma erib ketguncha ammiak eritmasidan tomchilatib quydik. 4 – tajriba. Kompleks birikmalarni eritmada spektrofotometrik usulda o’rganish Xinazolon – 4 ni Cu (II) tuzlari bilan 1 : 2 va 1 : 3 nisbatli kompleks birikmalari eritmada hosil bo’lganligi uchun ularni fotometrik usulda o’rgandik. Buning uchun KXz ga Cu (II) tuzlaridan oz – ozdan qo’shilganda dastlab, to’q rangli cho’kma tushadi. Uning ustiga yana KXz qo’shganda eritmada och ko’k rangli Cu (KXz)2 ∙ H2O kompleksi hosil bo’ladi. Cu (Xz)2 ∙ H2O kompleksi ustiga yana kXz eritmasidan qo’shganda siyoh rangli K [Cu (Xz)3] ∙ 2H2O kompleksi eritmada hosil bo’ladi. Fotometrik usulda elektron spektri o’rganilganda miss tuzlarini, KXz ni, Cu (Xz)2 ∙ H2O va K [Cu (Kz)3] ∙ 2H2O komplekslarini rangi hamda chiqish oblastlarini taqqosladik. Kompleks birikmalarini qanday tuzilishda ekanligini tushuntirdik. 5 – tajriba. Misning ammiak bilan hosil qiladigan kompleks birikmasi [Cu(NH3)4]SO4 ning olinishi. Probirkaga 5 – 6 tomchi mis (II) – sulfat eritmasidan quydik va cho’kmaga tushayotgan asosli tuz to’liq erib ketguncha 25% li ammiak eritmasidan tomchilatib qo’shdik. Olingan kompleks eritmaning rangini qayd qildik. Kompleks birikmaning hosil bo’lish reaktsiyasi tenglamalarini yozdik. Bu eritmaga barobar miqdorda spirt qo’shdik. Eritmadagi kompleks birikma cho’kmaga tushadi, chunki u spirt bilan suvning aralashmasida yomon eriydi. Hosil bо‘lgan kompleks kristallarini filtrlab ajratib oldik. Suv va spirt aralashmasi bilan yuviladi. Xona temperaturasida quritdik. Mikroskop yordamida kristallar tuzilishini kuzatdik. Suyuqlanish temperaturasini aniqladik. 6 – tajriba. Nikel – geksaamingidrat [Ni(NH3)6](OH)2 ning olinishi. Probirkaga 3 – 4 tomchi nikel (II) – sulfat eritmasidan quydik. Uni ustiga ammiak eritmasidan chо‘kma hosil bо‘lgunga qadar tomchilatib qо‘shdik. Tushgan cho’kmani tsentrifugalab suyuq fazadan pipetka yordamida ajratdik. Nikel (II) – gidroksidning hosil bo’lish reaktsiyasining molekulyar va ionli tenglamalarini yozdik. Cho’kmaga 25 % li ammiak eritmasidan 5 – 6 tomchi qo’shdik. Nikel (II) – sulfat eritmasining rangi bilan olingan eritmaning rangini solishtirdik. . 7 – tajriba. Kompleks birikmalarning hosil bо‘lishi. Ikkita probirkaga 5 tomchidan mis (II) – sulfat eritmasidan tomizdik. Ularning biriga shuncha hajm ammoniy oksalat (NH4)2C2O4, ikkinchisiga ammoniy sulfid eritmasidan qo’shdik Reaktsiyalarning molekulyar va ionli tenglamalarini yozdik (olingan eritmalarni kontrol sifatida saqladik). Ikkita probirkada [Cu(NH3)4]SO4 kompleksini hosil qildik. Buning uchun probirkalarga 5 tomchidan mis (II) – sulfat eritmasidan soling va asosli mis tuzi hosil bo’lguncha 1 n ammiak eritmasidan qo’shdik. Hosil bo’lgan mis tuzining cho’kmasi erib ketguncha ammiak eritmasidan tomchilatib quydik. Reaktsiya tenglamasini yozdik. Keyin birinchi probirkaga 5 tomchi ammoniy oksalat, ikkinchisiga shuncha ammoniy sulfat eritmasidan qo’shdik. Olingan eritmaning rangini kontrol eritmalar bilan solishtirdik. Kompleks tuzning ammoniy sulfid bilan boradigan reaktsiyasi tenglamasini yozdik. 8 – tajriba. Kationli kompleks birikmalarni olinishi. 2 ta probirkaga kaliy sianid eritmasidan 2 tomchi va 4 tomchi nikel (II) – sulfat eritmasidan tomizdik. Birinchi probirkaga temir sianid eritmasidan qо‘shdik. Natijada K4[Fe(CN)6] kompleks hosil bo’ladi. Ikkinchi probirkadagi nikel sulfat eritmasiga cho’kmasi erib ketguncha 25 % li ammiak eritmasidan tomchilatib qo’shdik. Cho’kma erishi bilan birga och qizil rangli kompleks tuzning kristallari hosil bo’lishini kuzatdik. [Ni (NH3)6]2+ , [Fe(CN)6]2+ komplekslarini hosil bо‘lish reaktsiya tenglamalarini yozdik. 9 – tajriba. Nikel geksaaminosulfat [Ni(NH3)6]SO4 ning olinishi. Probirkaga 3 – 4 tomchi nikel (II) – sulfat eritmasidan solib, yashil cho’kma hosil bo’lguncha tomchilatib 1 n ammiak eritmasidan qo’shdik. Hosil bo’lgan Ni(OH)2SO4 asosli tuz erib ketguncha 25% li ammiak eritmasidan qo’shdik. Eritmaning rangi och ko’kimtir tusga aylanadi. Bu o’zgarish kompleks kationi [Ni(NH3)6]+2 ning hosil bo’lishini ko’rsatadi. Download 36.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling