5-laboratoriya mashg’uloti 1-savol. Elektr yuritmali spidometrni sxemasini chizing va ishlashini tushuntiring
Download 369.18 Kb.
|
5-laboratoriya iwi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-savol. Avariyali trmperatura minimal bosim darakchilarining tuzilishi , ishlashini tushuntiring.
5-laboratoriya mashg’uloti 1-savol. Elektr yuritmali spidometrni sxemasini chizing va ishlashini tushuntiring. Dvigateli orqa tomonida joylashgan (ЛАЗ) yoki kabinasi ko‘tariladigan (MAЗ, KРAЗ) avtomobillarida elektr yuritmali spidometrlar ishlatiladi. Elektr yuritmali spidometrlarda ham mexanik yuritmali spidometrlarda ishlatiladigan tezlik o‘lchash va hisoblash mexanizmlari qo‘llanadi. Elektr yuritma - uzatmalar qutisiga o‘rnatilgan datchik, tezlik o‘lchash mexanizmining kirish valine aylantiruvchi uch fazali sinxron elektrodvigatel va elektrodvigatelni boshqaruvchi elektron sxemadan iborat. Elektrodvigatel rotori tutashgan doimiy magnit ko‘rinishida tayyorlangan. Elektordvigatel va boshqarish sxemasi spidometrning tezlik o‘lchash mexanizmi bilan birga bitta qobiqqa joylashtirilgan. Datchik sifatida uch fazali o‘zgaruvchan tok generatori ishlatilib, unda rotor vazifasini to‘rt qutbli doimiy magnit bajaradi. Egiluvchan val singari datchik rotori ham harakatni uzatmalar qutisining yetaklanuvchi validan oladi. Elektrodvigatel va generator statorlarining uchtadan g‘altagi bo‘lib, ular bir-biriga nisbatan 120 0 burchak ostida joylashtirilgan va «yulduz» sxemasi bo‘yicha ulangan (4.19-rasm). Generator (datchik) rotori aylanganda statorning L1, L2 va L3 chulg‘amlarida faza bo‘yicha bir-biriga nisbatan 120 0 ga surilgan sinusoidal EYUK induksiyalanadi. EYUK impulslari chastotasi rotorning aylanishlar chastotasiga proporsional bo‘ladi. EYUK ning musbat yarim davri biron tranzistorning bazasiga uzatilsa, ushbu tranzistorda boshqarish toki paydo bo‘ladi. Natijada, bu tranzistor ochiladi va elektrodvigatel statorining L1 ’ , L2 ’ va L3 ’ g‘altaklarining biriga tok manbaidan tok o‘tadi. Generator rotori 120 0 ga burilganda, uning statoridagi boshqa g‘altakda hosil bo‘lgan EYUK impulsi ta’sirida keying tranzistor ochiladi. Bu holda tok manbaidan kelayotgan tok elektrodvigatel statorining ham keyingi g‘altagidan o‘tadi. Shunday qilib, elektrodvigatel statori chulg‘amlaridan tok manbaidan kelayotgan impulsli tok o‘tadi va datchik rotorining aylanish chastotasiga sinxron bo‘lgan aylanuvchi magnit maydon vujudga keladi. Bu aylanuvchi magnit maydon elektrodvigatel rotorining magnitlari bilan o‘zaro ta’sirlanib, rotorni aylantira boshlaydi. Rotor esa, o‘z navbatida, spidometrning tezlik o‘lchash va hisoblash mexanizmlarini harakatga keltiradi. Elektrodvigatel rotorining aylanish chastotasi generator (datchik) rotorining aylanish chastotasi, demak avtomobilning harakatlanish tezligiga proporsional ravishda o‘zgaradi. R1 - R6 rezistorlar tranzistorlarni ochilib-yopilish sharoitlarini yaxshilash uchun xizmat qiladi. 2-savol. Avariyali trmperatura minimal bosim darakchilarining tuzilishi , ishlashini tushuntiring. Avariyali minimal bosim xabarchilari. Avariyali bosim xabarchilari nazorat qilinayotgan tizimda suyuqlik yoki havo bosimini yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan qiymatlargacha kamayib ketganligi to‘g‘risida xabar berib, haydovchining diqqatini shoshilinch ravishda jalb qilish uchun xizmat qiladi. Bu xabarchilarning asosiy elementi datchik bo‘lib, u nazorat qilinayotgan muhitga joylashtiriladi.Avariyali bosim mavjud bo‘lganda, datchik sezuvchi elementining kontaktlari tutashib, asboblar panelidagi lampa yonadi. Avtomobillarda o‘rnatiladigan avariyali bosim xabarchilarida sezuvchi element sifatida membrana va prujina ishlatiladi. Membranali datchik MM10 (4.11-a rasm) shtuser 1 mahkamlangan asos 2 dan va membrana 3 dan iborat. Chiqish qisqichi 7 bilan ulangan plastinaga qo‘zg‘almas kontakt 5 o‘rnatilgan. Qo‘zg‘aluvchi kontakt 6 o‘rnatilgan pishang 4, turtkich orqali membrana bilan bog‘langan. Datchikning ustki qismi yupqa metall qobiq 9 bilan yopilgan. Ishchi holatda, ya’ni membrana ostidagi bosim me’yorida bo‘lganda, u yuqori tomonga egilib turtkich va pishang 4 orqali kontaktlar 5 va 6 uzilgan holda ushlab turadi. Membrana ostidagi bosim me’yoridan kama-yishi bilan kontaktlar tutashadi va asboblar panelidagi xabarchi lampa yonadi. Tayanch 8 yordamida datchikni ma’lum chegarada rostlash mumkin. ВАЗ va KaмАЗ turkumidagi avtomobillarning dvigatellarini moylash tizimiga o‘rnatilgan MM120 belgili datchiklar boshqacha tuzilishga ega (4.11-b rasm). Datchik shtuser bilan birga yasalgan korpus 9 dan iborat bo‘lib, uning ichki bo‘shlig‘i yupqa poliefir plyonkadan tayyorlangan diafragma bilan ikki qismga ajratilgan. Diafragma ostidagi bo‘shliqqa dvigatel moylash tizimidagi moy kirib diafragma va turtkich 6 ni yuqoriga ko‘taradi. Diafrag-maning ustki qismiga qo‘zg‘almas 7 va qo‘zg‘a-luvchi 1 kontaktlar va diafragmani yuqori tomonga egilishiga qarshilik ko‘rsatuvchi sezuvchi element prujina 5 joylashtirilgan. Korpusning ustki qismi chiqish qisqichi 2 mahkamlangan izolyator 4 bilan yopilgan. Diafragmaning yuqori qismidagi bo‘shliq maxsus filtr 3 orqali tashqi muhit bilan bog‘langan. Diafragma ostidagi bo‘shliqda, demak dvigatelning moylash tizimida bosim me’yorida bo‘lsa, u egiladi va kontaktlar 1 va 7 ni uzilgan holda ushlab turadi. Bosim me’yoridan kamayib ketsa kontaktlar darhol tutashadi va asboblar panelidagi xabarchi lampa yonadi. Bu turdagi datchiklar o‘lchamlari kichikligi , ishonchliligi va barqaror ishlashi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, avariyali (yoki minimal) bosim xabarchilari pnevmo-yuritmalarda, eshiklarni ochishning vakuum tizimida va avtomobilning boshqa tizimlarida ham ishlatiladi. Logometrik manometrning reostatli datchigi. Download 369.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling