5-laboratoriya mashg’uloti. Mavzu: Biologiyani o'qitishda veb-kvest (web-quest) texnologiyalaridan foydalanish metodikasi Laboratoriya mashg’ulotining ta’limiy maqsadi


Download 248.5 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi248.5 Kb.
#1406612
  1   2   3   4
Bog'liq
5-laboratoriya Web-quest AKT


5-LABORATORIYA MASHG’ULOTI.
Mavzu: Biologiyani o'qitishda veb-kvest (web-quest) texnologiyalaridan foydalanish metodikasi
Laboratoriya mashg’ulotining ta’limiy maqsadi: talabalarning biologiyani o’qitishda web-quest texnologiyasidan foydalanishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Laboratoriya mashg’ulotining tarbiyaviy maqsadi: talabalarning biologiyani o’qitishda web-quest texnologiyasidan foydalanishga o’rgatish orqali mediamadaniyat, ekologik, estetik ruhda tarbiyalash.
Laboratoriya mashg’ulotining rivojlantiruvchi maqsadi: talabalarning biologiyani o’qitishda web-quest texnologiyasidan foydalanishga oid axborot, kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirish.
Mashg’ulot davomida talaba:

  • Biologiya fanida qo’llaniladigan web-questlarning turlari, shakllari strukturasi haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi.

  • Biologiyani o’qitishd web-quest texnologiyasidan foydalanish metodikasini o’rganadi.

  • Biologiya darslarida web-quest texnologiyasidan foydalanish usullariga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqishni bilib oladi.

Zarur jihozlar: Zoom, internet aloqa vositalari (komyuter, planshet, mobil aloqa vositalari)

Laboratoriya mashg’ulotida foydalaniladigan pedagogik texnologiya: hamkorlikda o`qitish texnologiyasining kichik guruhlarda ishlash metodi.


Laboratoriya mashg’ulotining borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  2. Talabalarni amaliy mashg’ulotining maqsadi, borishi, mustaqil bajariladigan o`quv topshiriqlari bilan tanishtirish.

  3. Biologiya darslarida web-quest texnologiyasidan foydalanishda oid metodik tavsiyalar va dars ishlanmalari loyihalash metodikasi bilan tanishtirish.

Laboratoriya mashg’ulotini yakunlash.
I. Mashg’ulotni bajarish mazmuniga oid matnli ma’lumot.
Veb–kvest konsepsiyasi 1990 – yillarning o‘rtalarida AShQda San-Diego universitetida professorlar – Djorj B. [Dodge, 1997] va T.March [March, 1998] tomonidan ishlab chiqilgan. San – Diego universiteti veb – kvestlar portaliga o‘qituvchilarga mustaqil holatda veb – kvestlarni yaratishga yordam beruvchi ko‘p sondagi misollar va tayyor namuna (shablon) materiallar, uslubiy qo‘llanmalar joylashtirilgan.
Yangi texnologiya tezkor jadallikda keng ommalashishi qayd qilinib, dastlab Amerika va shuningdek, Yevropa pedagoglari orasida, 1990–yillarning oxirlariga kelib esa Rossiyada keng ko‘lamda foydalanila boshlangan. Misol sifatida qayd qilib o‘tish mumkinki, Irkutsk, Angarsk, Perm va boshqa Rossiyaning bir qator boshqa shaharlarida kimyo, ekologiya, fizika va boshqa fanlar bo‘yicha web quest lar ishlab chiqilgan va saytga joylashtirilgan. Biroq, oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan o‘zbek tilida yaratilgan veb – kvestlarni topish oson kechmaydi, kamida bu ko‘rinishdagi maxsus saytlarning mavjudligi haqidagi ma’lumotlar Internet tarmoqlarida nisbatan mashhur bo‘lgan qidirish tizimlari orqali berilmaydi.
Veb-kvestlar alohida muammolarni yoritishi, o‘quv fani, o‘quv mavzusi va fanlararo sohalarni qamrab olishi mumkin.
Veb kvestlar qisqa va uzoq muddatli bo’lishi mumkin (1-rasm).
B.Dodj veb-kvestlarning barcha turlarini 2 ta guruhga bo’lgan:
Veb-kvest texnologiyasining ustunlik tomonlaridan muhimlari; har bir talabaning o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlariga baho bera olish, biznes ko‘nikmalarni, ya’ni taqdimotlar,
muzokaralar o‘tkazishni o‘rganish, ish jarayonida maxsus kasbiy leksikadan ingliz tilida foydalanish, talabalarni lug‘at boyligini oshiradi, yangi bilimlarni egallash, dunyoqarashni kengayishi, dolzarb, yangi axborotlardan foydalanish. Veb-kvestlardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi (9-rasm):


Shuni ta’kidlash kerakki, veb-kvest texnologiyasi orqali o‘rganilayotgan mavzuga qiziqishni oshiradi.
Ta’limiy veb-kvest (web-quest) rolli o‘yinlar bilan muammoli topshiriqlardir, ularni bajarishda axborotlar resursidan, internetdan foydalaniladi.
Har bir o‘quvchi bilimlari doirasida fanga oid muammoni tahlil qiladi va sinfga o‘z tushunchalarini yaratilgan veb-sahifalar orqali namoyish etadi. An’anaviy ta’lim veb-viktorinalaridan (misol uchun, YarSDOSh sayti orqali taqdim etilgan) farqli o‘laroq, veb-kvestlarda o‘quvchilar mustaqil ishlari ma’lumot zahiralari bilan Internetda taqdim etilgan “savol-javob - javobning to‘g‘riligini tekshirish” tartibida amalga oshirilmaydi. Veb-kvest natijalari o‘quvchilarning ishlarini veb-sahifa, veb-saytlar ko‘rinishida (lokal yoki Internetda) chop etish bilan yakunlanadi.
Mazkur sohada ish olib borgan tadqiqotchilar tomonidan turli sinf o‘quvchilari bilan mustaqil ishlash uchun yaratilgan bir necha veb-kvestlar yaratilgan (ChinaQuest, MayaQuest, EuropeanQuest and Japanese Middle Age Hisroty in Comparison va boshq.).
Ta’limiy veb-kvestlar – (webquest) – rolli o‘yin elementlari bilan boyitilgan, Internet axborot resurslaridan foydalanib bajariladigan muammoli topshiriqlardan iborat.
Veb-kvest – bu Internet sayti bo‘lib, u yoki bu o‘quv topshiriqlarni bajarish uchun o‘quvchilar unda ishlaydi.

Djorj Bern veb-kvestlar uchun quyidagi ko‘rinishdagi topshiriqlarni tavsiya etgan:


1). Bayon etish – mavzuga oid turli manbalardan foydalanib yig‘ilgan ma’lumotlarni yangi ko‘rinishda: taqdimotlar tayyorlash, plakatlar, bayon etish orqali namoyish etish va tushuntirish.
2). Rejalashtirish va loyihalash – topshiriqlar asosida reja va loyiha ishlab chiqish.
3). O‘z-o‘zini bilish – shaxsni har tomonlama tadqiq etish.
4) Kompilyatsiya – turli manbalardan olingan (virtual ko‘rgazma, elektron qo‘llanma va h.k.), turli ko‘rinishdagi axborotlarni ko‘chirish.
5). Ijodiy topshiriqlar – mavzu mazmuniga oid ijodiy ishlar olib borish.
6). Tahliliy topshiriqlar – ma’lumotni qidirish va tizimlashtirish.
7). Detektiv, boshqotirma, sirli hodisa – qarama-qarshi dalillar asosida xulosalar chiqarish.
8). Konsensusga erishish- qiyin muammoni hal etish yo‘llarini ishlab chiqish.
9). Baholash – aniqlangan nuqtai nazardan asoslash.

Download 248.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling