5-Ma’ruza. Mavzu: Troyan otlari (viruslari) Reja


Download 219 Kb.
bet1/4
Sana18.02.2023
Hajmi219 Kb.
#1209440
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5435872207962121438


5-Ma’ruza.
Mavzu: Troyan otlari (viruslari)
Reja:

  1. Troyan viruslarining maqsadlari;

  2. Troyan viruslarining o’chirish usullari;

  3. Troyan viruslarining niqoblanishi;

  4. Troyan viruslarining belgilari.

Kalit so’zlar: troyan viruslar, niqoblash, ishdan chiqarish, himoyalanish, format, davolovchi, kontentlarni ishdan chiqarish, ayg’oqchilik, qurilmalarni zararlash, keyloger, aktivlashish, o’ljani izlash, masofadan turib boshqarish, o’chirish, brouzer, foydalanuvchi.

1. Troyan viruslarining maqsadlari


Troyan viruslari (troyan otlari yoki troyanlar) – zararkunanda dasturiy vositalar bir turi hisoblanib, cherv va boshqa viruslardan farqli o’laroq, qonuniy, litsenziyali dasturiy ta’minot sifatida kompyuterga kirib oladi. Bunday turdagi zararkunanda dasturiy virusular asosan kompyuterdagi ma’lumotlarni bu virusni ishlab chiqaruvchisi yoki uning boshqaruvchisiga ma’lumotlarni yetkazib berish, kompyuter ishini buzish va noto’g’ri ishlashiga xususiyatiga ega. Kompyuterga tushganda ular chetdan turib bu virusni tashlagan buzg’unchilarga backdoorlar ya’ni qora tuyniklar ochib beradi va ruhsatsiz kompyuterga kirib olish imkoniyatini beradi. Buzg’unchini bunday qilishdan asosiy maqsadi bank hujjatlari, parollarini yoki shaxsiy hujjatlarini olishga imkoniyat yaratadi. Troyan viruslarining eng mashhurlari bular: Back Orifice, Pinch, TDL-4, Trojan. Winlockviruslari misol bo’la oladi.
Troyan viruslari kompyuterga tushganda uning imkoniyati maqsadlari cheklanmagan bo’ladi va buzg’unchiga kompyuterdan foydalanishga deyarli barcha imkoniyatlarni beradi.
Buzg’unchilik bo’yicha:

  • Kompyuter yoki qurilmani ishdan chiqarish;

  • Fayllarni modifikatsiya (qayta ishlaydi) yoki fayllarni o’chirish;

  • Ma’lumotlarni buzish;

  • Qattiq disklarni format qilish, barcha kontentlarni ishdan chiqarish;

  • Zararkunanda dasturni tarmoqga tarqatish;

  • Foydalanuvchining qiladigan ishlarini ko’ztib turadi ya’ni ayg’oqchilik qilib turadi va shaxsiy ma’lumotlarga ro’xsat beradi.

Resurslardan foydalanish bo’yicha:

  • Qurilmani botnet (avtomatik spamlarni amalga oshirish yoki DOS hujumlarni amalga oshirish) sifatida ishlatish;

  • Tarmoqga ulangan qurilmalarni zararlash;

  • Zararlangan kompyuterni boshqa qurilmalarni zararlash uchun undan qonuniy proxy yaratish.


Download 219 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling