5-mavzu. Innovatsion pedagogik faoliyatni loyihalashtirishning ilmiy pedagogik asoslari Reja 1
Download 213.16 Kb. Pdf ko'rish
|
5-ma'ruza
5-mavzu. Innovatsion pedagogik faoliyatni loyihalashtirishning ilmiy pedagogik asoslari Reja 1. Innovatsion pedagogik faoliyatni loyihalashtirishning ilmiy pedagogik asoslari 2. Innovatsion pedagogik muhitni tashkil etish vositalari 3. Innovatsion pedagogik jarayonni loyihalashtirish shakllari 1. Innovatsion pedagogik faoliyatni loyihalashtirishning ilmiy pedagogik asoslari. O‘qituvchining innovatsion faoliyati bu- integratsiyalashgan pedagogik faoliyat(dars va darsdan tashqari ishlar) davomida turli yangiliklarni ishlab chiqish va qo‘llash orqali o‘quvchilarning innovatsion rivojlanishini ta’minlashdir Loyihalash esa o‘rganilayotgan voqea va hodisalar haqidagi bilimlarni tizimlashtirishga, ularning tarkibiy qismlari orasidagi aloqalarni tavsiflashga, yaxlit tarzda tasvirlashga yordam beradi. Pedagogning innovatsion faoliyatga tayyorgarlik darajasi kasbiy malakasining eng muhim ko‘rsatkichiga aylandi. Zotan, pedagogning innovatsion faoliyati ijodiy izlanishlari, ta’lim shakli va mazmunini takomillashtirish yo‘lidagi ilg‘or g‘oyalar yaratish, yangiliklar kashf etish salohiyatini namoyon qiladi. Innovatsion pedagogik texnologiyalar vositasida o‘quvchi-talabalarda ham yaratuvchilik, ijodkorlik, mustaqil fikrlash ta’lim maqsadlariga o‘z izlanishlari, ongli ijodiy munosabat orqali erishish layoqatini tarkib toptirish ko‘zda tutiladi Informatika o‘qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyatini loyihalashtirishning ilmiy pedagogik asoslarini ikki guruhga bo‘lib ko‘rsatishimiz mumkin: 1. Fanni o‘qitishda asos bo‘lgan me’yoriy hujjatlar: unga qonunlar, qarorlar, davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturi, o‘quv reja,ishchi o‘quv dasturi, darsliklar va h.k. 2. O‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyatni loyihalashtirishga tayyorligi: “Ustoz-shogird” tizimida ish olib borishga e’tibor qaratilayotganligi; o‘qituvchining ta’lim muassasasida ilmiy-nazariy seminarlarga, ilmiy-tadqiqot ishlariga, xilma-xil ilmiy loyihalar, izlanishlarga, ilmiy-amaliy konferensiyalarga jalb etilganligi maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyatni olib borishi uni doimiy o‘sib-ulg‘ayib, takomillashib, yangiliklar bilan boyib borishini taqozo etadi. Yangi bilimlarni muntazam o‘zlashtirib borish pedagog shaxsiga, kasbiy mahoratiga nisbatan zamonaviy talablarga javob beradigan, yaratuvchilik qobiliyatiga ega bo‘lish nafaqat ta’lim-tarbiya balki jamiyat talabi hamda ehtiyojiga aylanib bormoqda. Download 213.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling