Ilmiy pedagogik ishi


Download 14.46 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi14.46 Kb.
#1303508
Bog'liq
4-seminar Asqarova IPI (5).doctayyor (3)




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
MAGISTRATURA BO‘LIMI

70730101 - “Bino va inshootlar arxitekturasi” mutaxassisligi


M23-21 guruh magistranti
Asqarova Robiyaxon Muhammadjon qizi
ILMIY PEDAGOGIK ISHI


HISOBOTI
Magistrant: R.M. Asqarova
Ilmiy rahbar: T.f.en doctor, A.T.Mirzaahmedov
Kaf mudiri: J.Axmedov
FARG‘ONA 2022


KIRISH

Bugungi kunda mamlakatimizda pedagog kadrlarning ma’naviy qiyofasiga, aqliy salohiyatiga hamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida mas’uliyat yuklangan.


Hozirgi kundagi global o‘zgarishlar, fan-texnika va axborot - kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi XXI asr o‘qituvchisidan pedagogik mahoratni, o‘tkir irodani, pedagogik-psixologik bilimlarni, o‘z fanini chuqur bilishni, yuksak tafakkurni, siyosiy savodxonlikni, fikrlash doirasi keng va muloxazali bo‘lishni talab qilmoqda.
Pedagog nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini ham namoyon eta olishi, yetuk o‘qituvchi sifatida malakali kadrlar tayyorlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lish, o‘qituvchi uchun ta’lim jarayoni samaradorligini ta’minash garovi bo‘libgina qolmasdan, ayni vaqtda uning jamiyatdagi, hamkasblari orasidagi obro‘-e’tiborini oshiradi hamda o‘quvchilar orasida unga nisbatan hurmat yuzaga keladi.
Kasbiy mahoratni oshirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish, pedagogik faoliyatda yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi bo‘lish, o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatlarda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi. Binobarin, pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan bolaga nisbatan hurmatda bo‘lmagan o‘qituvchi ta’lim jarayoni samaradorligi va inson kamolotini ta’minlovchi fikrga ham ega bo‘lmaydi. Yuksak pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi bolani tushuna olishi, unga nisbatan insonparvar munosabatda bo‘lishi, har qanday pedagogik vaziyatni to‘g‘ri baholashi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etishi, pedagogik faoliyatda hamisha ilg‘orligi, jamiyat taraqqiyoti hamda pedagogik jarayon davomida o‘quvchilar ongiga singdirilayotgan ezgu g‘oyalarni hayot bilan bog‘lay olishi lozim.
Ilmiy pedagogik ishi bo‘yicha amalga oshirilgan hamda rejalashtirilgan ishlar
Men magistratura bosqichi 3-semestr o‘quv jarayonida ilmiy pedagogik ishi bo‘yicha quyidagilarni amalga oshirdim:
1. Pedagogik faoliyatga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishdim.
2. Kafedramizdagi yosh professor-o‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlarida kuzatuvchi sifatida qatnashdim. (Ularning darslarini kuzatishimdan asosiy maqsad pedagogik mahorat, dars o‘tish jarayonlari bilan yaqindan tanishib o‘zim uchun shaxsiy tajriba va ko‘nikma orttirishdan iborat.). Xususan 2022-yil 24-sentabr kuni 9a-18 arxitektura guruhiga “Zamonaviy turarjoy va jamoat binolari” fanidan talabalarga pedogogik texnologiyalardan foydalangan holda qizg’in dars mashg’ulotlari tashkil etildi shuningdek, talabalarga kerakli ma’lumotlar taqdim etildi.
O‘quv jarayonining 2-semestrlarida ilmiy pedagogik ishimni samarali olib borish uchun o‘z oldimga quyidagi asosiy vazifalarni bajarishni belgilab oldim:
1. Kafedramizdagi katta professor-o‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlarida qatnashish, ulardan pedagogik faoliyatning bilim va ko‘nikmalarini o‘rganish hamda birgalikda dars jarayonlarini olib borish.
2. Fakultetimizga taklif etilayotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari, professor-o‘qituvchilarning mahorat darslarida qatnashish va ulardan pedagogik faoliyat bo‘yicha qolaversa, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha fikr almashish hamda bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
3. Pedagogik faoliyatga oid anjumanlar va konferensiyalar hamda boshqa shu kabi ommaviy tadbirlarda ishtirok etish.
4. Pedagogik faoliyat bo‘yicha adabiyotlardan, gazeta va jurnallardan, internet saytlaridan, radio, televideniya loyihalaridan ma’lumotlar olish hamda ularni chuqur tahlil qilish.


Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, bugungi kunda Yurtimizda hukumatimiz tomonidan pedagogik faoliyat olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Mana shunday imkoniyatlardan samarali foydalangan holda mazkur ilmiy pedagogik ishimni ijobiy tashkil eta olsam, kelgusidagi pedagogik faoliyatim uchun zamin hozirlagan bo‘laman. Buning uchun albatta juda ko‘p mehnat qilish, mazkur soha bo‘yicha izlanishlar olib borish, qolaversa kafedramiz professor-o‘qituvchilarining bizga berayotgan bilimlari, maslahatlari hamda tavsiyalari kerak bo‘ladi. Ilmiy pedagogik faoliyat olib borish davomida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barcha savollarimizga kafedramiz o‘qituvchilari tomonidan ijobiy hamda tushunarli javoblar olishimiz mumkin. Olgan barcha bilimlarim kelgusida pedagogik faoliyatimda asos bo‘lib xizmat qiladi degan umiddaman.
Download 14.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling