5A320301 – “Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari mutaxassisligi M6-20 guruh magistranti To


Download 17.56 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi17.56 Kb.
#1577732
Bog'liq
Iichki taqriz To\'xtasinov Rustambek


5A320301 – “Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari» mutaxassisligi M6-20 guruh magistranti Toxtasinov Rustambek Davronbek oglining “Avtomobilsozlik mahsulotlari vaznini kamaytirishda texnologik yondashuvlar” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga


TAQRIZ

Magistrant To‘xtasinov Rustambek “Avtomobilsozlik mahsulotlari vaznini kamaytirishda texnologik yondashuvlar” nomli magistrlik dissertatsiya ishining kirish qismida Respublikamizda olib borilayotgan avtomobil mahsulotlarini yengillashtirish siyosatlari va shu bilan birga, dissertatsiya mavzusining o‘rganilganlik darajasi tahlili keng yoritilgan.


Respublikamiz mustaqillikka erishgach, boshqa sohalardagi kabi avtomobilsozlik sohasida ham sezilarlik o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Respublikamizda avtomobil sanoatini rivojlanishi va yurtimiz va jahon aholisini yengil vazili avtomobillarga bo‘lgan talabi ortmoqda.
Shu nuqtai nazardan magistrant To‘xtasinov Rustambek “Avtomobilsozlik mahsulotlari vaznini kamaytirishda texnologik yondashuvlar” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi muhim amaliy va ilmiy ahamiyatga ega.
Magistrlik dissertatsiya mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy yangiligi etib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 4397-son 18.07.2019 kungi qarori, O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida, 2019-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi. Ular orasida yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini oshirish asosiy maqsad qilib olindi.
Avtomobil sanoati boshqa sohalarga qaraganda jadal suratlarda o‘sib bormoqda va bu o‘sishning sababi yengil avtomobil mahsulotlariga bo‘lgan talabdir. Bu jarayon hozirgi kunda tortishish omili bo‘lib, birinchi navbatda yoqilg‘i sarfini va atmosferaga chiqindilarni kamaytirishga harakat qiladi. Mijozlarning yonilg‘i sarfini kamaytirishga bo‘lgan talabi juda yuqori. Global isishning salbiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha qat’iy qoidalar ham o‘rnatilgan. Bu yengil avtomobil mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun katta bosim o‘tkazadi. Ushbu dissertatsiya ishi avtomobil sanoatida joriy etilayotgan yengil vaznli texnologiyalarga hamda avtomobil yoqilg‘i sarfini va global isishni kamaytirishda vaznni kamaytirish qanchalik muhimligiga qaratilgan.
Olib borilgan ilmiy - tadqiqot ishlarning natijasida avtomobil mahsulotlari vaznini yengillashtirish mavzusi bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Dissertant R.D. To‘xtasinov tomonidan dissertatsiya ishining natijalari Respublika hamda chet el jurnallari orqali tezis hamda maqolalar ko‘rinishida yoritib e’lon qilib kelingan.
Dissertant R.D. To‘xtasinov tomonidan bajarilgan magistrlik dissertatsiya ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining Magistratura to‘g‘risidagi nizomda belgilangan magistrlik dissertatsiyasiga qo‘yilgan talablarga javob beradi.
Dissertatsiya ishi kirish, tadqiqot ustida olib borilgan ilmiy - amaliy izlanishlar, 3 ta bob, boblar bo‘yicha xulosalar, yakuniy xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilova (illyustrativ material) lardan iborat. Dissertatsiya ishining hajmi 89 betdan tashkil topgan va 17 ta o‘zbek va rus tillariada yozilgan foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
Dissertant To‘xtasinov Rustambek Davronbek o‘g‘lini 5A320301 – “Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari” mutaxassisligi bo‘yicha Magistr akademik darajasini olishga loyiq deb hisoblayman va dissertatsiyani himoyaga tavsiya etaman.
Mashinasozlik texnologiyasi
va avtomatlashtirish” kafedrasi
katta o‘qituvchisi: (PhD) Madaminov B.M.
Download 17.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling