5-mavzu: investitsiya siyosati va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi ustuvor yo‘nalishlar mashg’ulot rejasi


Download 23.42 Kb.
Sana04.12.2020
Hajmi23.42 Kb.
#158957
Bog'liq
5-мавзу (1)


5-MAVZU: INVESTITSIYA SIYOSATI VA IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASHDAGI USTUVOR YO‘NALISHLAR
Mashg’ulot rejasi:

        1. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida investitsiya siyosatining mohiyati va xususiyatlari.

        2. Investitsiya-qurilish jarayoni, uni tashkil qilish va samaradorligi.

        3. Investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligini baholash uslublari.


Mavzu bo’yicha tayanch iboralar

Investitsiya. Investitsiya siyosati. Investitsion muhit. Risk. Investitsiya loyihasi. Investitsiya dasturi. Markazlashtirilgan investitsiyalar. Markazlashtirilmagan investitsiyalar.


Uslubiy ko’rsatmalar

Bugungi sharoitlarda, masalan, O‘zbekistonda bu siyosat shahar va qishloqlarni qayta ta’mirlash va obodonlashtirishga, yangilarini qurishga, sanoat va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida ishlab turgan korxonalarni kengaytirish va texnik qayta jihozlash, aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish, qazilma boyliklar zahirasini xo‘jalik aylanmasiga samarali jalb qilishga, tabiatni muhofaza qilish va hokazolarga qaratilgan.

Demak, investitsiya siyosati - bu davlatning ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirishni, iqtisodiyotni modernizatsiyalashga qaratilgan siyosatidir. Bu siyosat ko‘p jihatdan kapital qo‘yilmalarning ustivor yo‘nalishlarini to‘g‘ri tanlashga bog‘liqdir.

Investitsiya-qurilish jarayoni ham zamonda, ham makonda amalga oshiriladi. Umumiqtisodiy va ijtimoiy jarayonning tarkibiy qismi bo‘lgan investitsiya jarayoni investitsiya maqsadlarining texnik-iqtisodiy asoslashni (T1), ob’yekt va inshootlarni o‘rganish va loyihalashni (T2), qurilishning o‘zini (T3) va ob’yektni foydalanishga topshirishni, uni sinash, tekshirish va ekspertlar tomonidan baholashni o‘z ichiga oladi. Bundan kelib chiqqan holda vaqtda o‘lchanadigan investitsiya jarayoni quyidagi formula orqali aniqlanishi mumkin:



Tip = T1 + T2 + T3 + T4

Kapital qo‘yilmalarining umumiy (absolyut) samaradorligini quyidagi tarzda hisoblanadi:

a) respublikaning xalq xo‘jaligi va uning tarmoqlari, umuman xalq xo‘jaligi bo‘yicha Exx solishtirma baholarda yillik daromad (sof mahsulot) o‘sishi(∆D)ning, kapital qo‘yilmalarning o‘sishi(K)ga nisbati sifatida aniqlanadi:



Exx = ∆D / K

Exx kattaligi normativ umumiy (absolyut) samaradorlik En bilan qiyoslanishi lozim, agar Exx>En bo‘lsa kiritilayotgan kapital qo‘yilmalar samarali hisoblanadi;

b) sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, aloqa, qurilish, savdo, kapital qurilishlarning kompleks dasturlari sohalari, alohida texnik-iqtisodiy muammolar bo‘yicha umumiy (absolyut) samaradorlik ko‘rsatkichi Exxt – sof mahsulot yillik o‘sishining(SM), ushbu o‘sishni yuzaga keltirgan kapital qo‘yilmalar(K)ga nisbati orqali aniqlanadi:

Exxt= ∆SM / K

c) xo‘jalik hisobidagi tarmoqlar, birlashmalar, tashkilotlar bo‘yicha Exk – yillik foyda o‘sishining(∆F), ushbu o‘sishni yuzaga keltirgan kapital qo‘yilmalar(K)ga nisbati orqali aniqlanadi:



Exk= ∆F / K

d) yangi quriladigan korxonalar, sexlar, boshqa alohida ob’yekt hamda tadbirlar bo‘yicha Eatfoydaning, qurilayotgan ob’yekt smeta qiymatiga yoki alohida tadbir bo‘yicha kapital xarajatlar(K)ga nisbati orqali aniqlanadi:



Eat= F / K

e) tannarxning yoki hisoblangan narxlarning kaiaytirish ko‘rsatkichlari qo‘llaniladigan tashkilot va tarmoqlar, shuningdek zarar bilan ishlayotgan korxonalar bo‘yicha Ek quyidagicha aniqlanadi:



Ek= (S1-S2) / K

Bu yerda S1 va S2-kapital qo‘yilmalar kiritishdan oldingi va keyingi mahsulot tannarxi.

Solishtirma samaradorlikni hisoblash, asosan qushimcha kapital qo‘yilmalarining iqtisodiy samaradorligini aniqlashni ko‘zda tutadi, bu quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

E=(S1+EnK1) - (S2+EnK2)

bu yerda: S1 va S2 – qiyoslanayotgan variantlarda mahsulot tannarxi;

K1 va K 2– qiyoslanayotgan variatlarda kapital qo‘yilmalar.

Agar En o‘rnatilgan normativga teng yoki kam bo‘lsa, qushimcha kapital qo‘yilmalar tejamli hisoblanadi. Bir necha variantlar yechimlarini solishtirishda variantlar bo‘yicha keltirilgan xarajatlar(Xkel)ni hisoblashdan foydalaniladi:



Xkel= S + EnK → min

bu yerda :

S - har bir variant bo‘yicha joriy xarajatlar;

En – kapital qo‘yilmalarning normativ koeffitsiyenti;



K - shu variant bo‘yicha kapital qo‘yilmalar.
Amaliy mashg‘ulotlari uchun savollar:

  1. Davlatning investitsiya siyosatiga xos bo‘lgan xususiyatlari va ularning avvalgi investitsiya siyosatidan farqi nimada

  2. Investitsiya loyihasi deganda nima tushuniladi?

  3. Investitsiya jarayonining mamlakat iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishga ta’sirining miqdoriy ko‘rsatkichlariga misol keltiring.

  4. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasida qanday imtiyozlar mavjud?

  5. Investitsiyalarga nisbatan samarali variantni tanlash uchun qanday uslubdan foydalanish kerak?

  6. Qurilish «lagi» nimani ifodalaydi?

  7. Investitsiyalar tuzilmasini yaxshilashning natijalari nimada ko‘rinadi?

  8. Investitsiyalar samaradorligini baholashning eng zamonaviy metodlaridan qaysilarini bilasiz?


Mustaqil yechish uchun masalalar:

1-masala. Loyiha bo‘yicha investitsiyalar 600 mln.so‘mni tashkil etadi. Pul oqimlari (daromadlar) yillik hajmi 200 mln.so‘mni tashkil qiladi. Investitsiyalarni qoplash muddatini aniqlang.

2-masala. Loyiha bo‘yicha investitsiyalar 600 mln.so‘mni tashkil etadi. Pul oqimlari (daromadlar) yillar bo‘yicha quyidagicha: 1-yilda – 100 mln.so‘m, 2-yilda – 150 mln.so‘m, 3-yilda – 150 mln.so‘m, 4-yilda – 200 mln.so‘m, 5-yilda – 250 mln.so‘m va 6-yilda – 300 mln.so‘m. Investitsiyalarni qoplash muddatini aniqlang.

3-masala. Loyiha bo‘yicha investitsiyalar 600 mln.so‘mni tashkil etadi. Yillik foiz stavka 10% bo’lsa, 5 yildan keyingi investitsiya qaytiminni aniqlang (oddiy va murakkab foizlardan foydalanib bajaring).

4-masala. Korxonada 2018 yilda 125,0 mlrd.so’m foyda olingan. 2019 yilda korxonaga 220,0 mlrd.so’mlik kapital qo’yilmalar kiritilgan va 200,0 mlrd.so’m foyda olingan. Kapital qo’yilmalarning umumiy iqtisodiy samaradorligini aniqlang.

5-masala. Zarar bilan ishlaydigan korxonada mahsulot tannarxi 2018 yilda 44,0 mlrd.so’mni va 2019 yilda 41,0 mlrd.so’mni tashkil qilgan. Agar 2019 yilda korxonaga 100,0 mlrd.so’mlik kapital qo’yilmalar kiritilgan bo’lsa, kapital qo’yilmalarning umumiy iqtisodiy samaradorligini aniqlang.

6-masala. Yangi tashkil qilingan korxona joriy yilda 500,0 mlrd.so’mlik kapital qo’yilmalar kiritilgan bo’lsa va 54,0 mlrd.so’m foyda olgan bo’lsa, kapital qo’yilmalarning umumiy iqtisodiy samaradorligini aniqlang.

7-masala. Korxonada kapital qo’yilmalar kiritish boyicha to’rtta variant taklif qilinmoqda. Ushbu kapital qo’yilmalar boyicha ma’lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan:

Variantlar

Kapital qo’yilmalar hajmi, mlrd.so’m

Foyda miqdori, mlrd.so’m

1

2,0

0,04

2

3,0

0,05

3

5,0

0,11

4

7,5

0,23

Kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorlik normativ koeffisiyenti – 0,12.

Iqtisodiy samarali variantni aniqlang.
Download 23.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling