5-mavzu. Quvurlar va kanallarda oqim vaqtida konvektiv issiqlik almashinuvi. Erkin konveksiya. Erkin, aralash va majburiy konveksiya. Radiatsiyon issiqlik almashinuvi. Yuza sirtlari oʻrtasida issiqlik almashinuvi nurlanishi. Reja


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1564705
  1   2   3
Bog'liq
5-Ma\'ruza



5-mavzu. Quvurlar va kanallarda oqim vaqtida konvektiv issiqlik 
almashinuvi. Erkin konveksiya. Erkin, aralash va majburiy konveksiya. 
Radiatsiyon issiqlik almashinuvi. Yuza sirtlari oʻrtasida issiqlik almashinuvi 
nurlanishi. 
Reja: 
5.1. Asosiy tushuncha va kattaliklar. Konvektiv issiqlik almashinuvi differensial 
tenglamasi. 
5.2. Issiqlik almashinuvi xar xil holatlari uchun oʻxshashlik tenglamasi. Quvurlarda 
xarakat vaqtida issiqlik uzatish. 
5.3. Erkin konveksiya. Erkin aralash va majburiy konveksiya. Murakkab issiqlik 
almashinuvi. 
5.4. Yassi devor orqali issiqlik uzatish. Issiqlik uzatishni jadallashtirish yoʻllari. 
Issiqlik almashinuvchi apparatlar sxemalari va sinflanishi.
5.5. Elektromagnit toʻlqin. Stefan-Bolsman qonuni. Asosiy tushunchalar va 
kattaliklar. 
5.6. Issiqlik nurlanishi qonunlari. Shaffof muxit bilan ajratilgan jismlar oʻrtasida 
issiqlik almashinuvi nurlanishi. Gazlarning nurlanishi. 
Issiqlik uzatilishi yoki issiqlik almashuvi qattiq, suyuq va gazsimon jismlarda 
issiqlikning tarqalishini o'rganadi.
Issiqlik uch xil usulda: issiqlik o‘tkazuvchanlik, konveksiya va nurlanish 
orqali uzatiladi.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik deb, jism mikrozarrachalarning tebranma harakati 
orqali issiqlikning uzatilishiga aytiladi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik asosan qattiq 
jismlarda sodir bo‘ladi. Issiqlik o‘tkazuvchanlikda issiqlik gazlarda har xil 
energiyaga ega m olekulalarning to'qnashuvida, suyuqliklarda molekulalarning 
tebranishida metallarda erkin elektr diffuziyasi natijasida issiqlik o'tadi.
Konveksiya faqat suyuqlik va gazlarda sodir bo‘ladi. Zarrachalarning 
harakatlanishi natijasida o‘rin almashish hodisasiga konveksiya deyiladi. Issiqlik 
o'tkazuvchanlik va konveksiya bir paytda sodir bo‘lganda konvektiv issiqlik 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling