5. Mavzu. Shaharning rejaviy tuzilishi. Reja


Download 27.98 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi27.98 Kb.
#1317584
Bog'liq
5. Maruza


5. Mavzu. Shaharning rejaviy tuzilishi.
Reja.
1. Shaharning asosiy funksional qismlari.
2. Aholi yashaydigan qism. Sanoat qismi.
3. Shahar markazi. Kommunal-ombor qismi. Ko’kalamzorlar qismi. Xizmat ko’rsatish muassasalari. Tashqi transport qismi.


Shahar nisbatan katta va doimiy aholi punktidir. Koʻp shaharlarga mahalliy qonunchilik alohida maʼmuriy, qonuniy yoki tarixiy mavqeʼ beradi.
Masalan, Oʻzbekistonning Toshkent shahri viloyat va viloyat markazlaridan alohida mavqeʼga ega. Yevropada esa tarixan shahar sifatida oʻz sobori bor har qanday aholi punkti qaralgan.
Shaharlar odatda murakkab sanitariya, yoʻl va koʻcha, turar-joy hamda transport tizimiga ega boʻladi. Aholisi soni milliondan oshadigan shaharlar megapolis, deyiladi; shahar oʻsib, boshqa shaharlarga yetsa va ularni oʻziga qoʻshib olsa, bu shahar megalopolisga aylanadi.
Shahar — aholisi, asosan, sanoat, savdo, shuningdek, xizmat koʻrsatish, boshqaruv, fan va madaniyat sohalarida band boʻlgan yirik aholi manzilgohi. Shahar — bevosita qishloq xoʻjaligi bilan band boʻlmagan aholi toʻplangan markaz. Shahar atrofidagi tumanlar uchun maʼmuriy va madaniy markaz boʻlibgina qolmay, balki ularning joylashishi va oʻsishiga ham katta taʼsir koʻrsatuvchi omil hamdir. Aholi punktlariga Shahar maqomi berilishi uchun aholi soni, bajaradigan funksiyasi: sanoat ishlab chiqarish, tashkiliy-xoʻjalik, madaniy-siyosiy, maʼmuriy va h.k. bosh mezon boʻlib hisoblanadi. Aholi manzilgohlarini Shahar toifasiga oʻtkazish maʼlum qonuniy tartibda amalga oshiriladi va chegarasi belgilanadi. Turli mamlakatlarda Shahar maqomini olish mezoni turlicha, mas, Daniya va Ispaniyada aholi soni 250 kishi, Gruziya va Turkmanistonda 5 ming, Tojikiston va Qirgʻizistonda 10 ming, Rossiyada 5—12 ming, Yaponiyada 25 ming kishi boʻlishi kerak. Oʻzbekistonda 7 mingdan yuqori boʻlishi talab etiladi. Aholi soniga koʻra, Shaharlar kichik (50 minggacha), oʻrta (50—100 ming) va katta (100 mingdan ortiq) boʻladi. Oʻzbekistonda 120 shahar, 113 ta shaharcha bor. Shundan 17 tasi katta shaharlar (Toshkent, Samarqand, Namangan, Andijon, Buxoro, Qoʻqon, Fargʻona, Nukus, Qarshi, Urganch, Olmaliq, Angren, Chirchiq, Navoiy, Margʻilon, Termiz, Jizzax), 16 tasi oʻrta va qolganlari kichik shaharlar. Shaharlar bajaradigan vazifalariga koʻra — poytaxt, sanoat, transport, turizm, rekreatsiya, din, fan va ilmiy tekshirish markazlariga boʻlinadi. Shuningdek, respublikaga boʻysunuvchi, muxtor respublika, viloyat, tumanlarga boʻysunuvchi Shaharlarga ajratiladi.
Aholi — Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan — Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir. Lekin Aholi rivojlanishiga hal qiluvchi taʼsirni ijtimoiy-iqtisodiy omillar koʻrsatadi. Aholi muammolari odamlarning biologik xususiyatlari, insonlarning atrof muhit bilan oʻzaro alokasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bogʻliq. Chunki aholining mehnatga yarokli qismi jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir. Aholini ilmiy va muntazam oʻrganish oʻrta asrlardan boshlangan. Ani hisobga olish Yevropa va Amerikada 19-asrda, qolgan regionlarda 20-asrning dastlabki choragida yoʻlga qoʻyilgan. Oʻzbekistonda aholi haqidagi statistik maʼlumotlar 19-asr 2-yarmidan boshlab mavjud. Respublikada aholi muammolarini oʻrganish 1960-1970-yillardan boshlab tez rivojlandi. AHOLIni ifodalovchi asosiy koʻrsatkichlar qatorini — uning takror barpo qilinishi (tugʻilish, oʻlim, nikohga kirish, ajralish, tabiiy oʻsish), joylanishi, urbanizatsiyasi, migratsiyasi, yosh jinsiy tarkibi va oilaviy holati, maʼlumot darajasi, irqiy, til, etnik, diniy tarkibi tashkil etadi. AHOLIning ijtimoiy-iqgisodiy tarkibini ifodalovchi koʻrsatkichlarga uning bandligi, iqtisodiy faolligi, kasb-hunari va boshqa kiradi.
Jahon aholisining soni uning joydan joyga tabiiy koʻchishi bilan bogʻliq. Ayrim mamlakatlar, regionlar, shaharlar tabiiy Aholisining soni esa tabiiy koʻpayish koʻrsatkichlar id an tashqari migratsiya jarayonlariga ham bogʻliq. Jahon Aholisining soni, uning koʻpayish surʻati har bir mamlakatda oʻziga xos xususiyatga egadir va bu xususiyat muayyan davlatning ijtimoiyiqgisodiy tuzumi bilan bogʻliq. Ayrim mamlakatlar, regionlar, shaharlar Aholisining soniga tabiiy koʻpayishdan tashqari migratsiya jarayoni ham taʼsir etadi. Yer shari Aholisining soni va uning oʻsish surʻatlari umuman uzluksiz ravishda ortmoqdAholi Faqat ayrim joylarda va baʼzi bir davrlarda urushlar, epidemiyalar, tabiiy ofatlar natijasida aholi oʻsish surʻatlarining vaqtincha pasayishi, uning mutlaq sonining esa qisqarishi kuzatilgan.
Sanoat, deb xom ashyo, material, yoqilgʻi, energiya va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki aholiga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar (zavod, fabrika, kon, shaxta, elektr stansiya, ferma va hk) majmuasiga aytiladi. Sanoat xalq xoʻjaligining muhim sohasidir.
SANOAT, industriya — xalqxoʻjaligining jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadigan yetakchi tarmogʻi; Sanoatning oʻzi uchun hamda xalq xoʻjaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, xom ashyo, yoqilgʻi qazib olish, energiya ishlab chiqarish, yogʻoch tayyorlash, Sanoatda yoki qishloq xoʻjaligida olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlash bilan band korxonalar (fabrikalar, zavodlar, elektrostansiyalar, shaxtalar, konlar va boshqalar) majmui. Sanoat kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi va industrial oʻsishni taʼminlaydi. 20-asrning 80yillarida qabul qilingan tasniflashga koʻra, Sanoat yiriklashtirilgan 18 tarmoqqa boʻlinadi: elektroenergetika; yoqilgʻi Sanoati; qora metallurgiya; rangli metallurgiya; kimyo va neft kimyosi Sanoati; mashinasozlik va metallga ishlov berish; oʻrmon, yogʻochni qayta ishlash va sellyulozaqogʻoz Sanoati; qurilish materiallari Sanoati; qurilishkonstruksiyalari va detallari Sanoati; oyna va chinnifayans Sanoati; yengil S; oziq-ovqat Sanoati; mikrobiologiya Sanoati; unyorma va aralash yem Sanoati; tibbiyot Sanoati; poligrafiya Sanoat Boʻ sanoat tarmoqlari ham oʻz navbatida — ishlov beruvchi sanoat va undiruvchi sanoat turlariga guruhlanadi.
Oʻzbekiston xududida Sanoat taraqqiyoti ildizini uzoq tarixga ega boʻlgan hunarmandchilik tashkil etgan. Samarqand, Buxoro, Urganch, Toshkent, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan, Andijon kabi shaharlarda mayda va yirik hunarmandchilik rivoj topdi. Oʻzbekistonda haqiqiy maʼnodagi Sanoatning paydo boʻlishi 19-asrning 2-yarmiga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida oʻlkaga rus sanoatchilari va Rossiya kapitali ham kirib keldi va xom ashyoga birlamchi ishlov beradigan Sanoat tarmoqlari (paxta tozalash, vino, araq, konserva, paxta moyi zavodlari) paydo boʻldi va Oʻzbekistonda Sanoat Rossiya sanoati va iktisodiyoti bilan bogʻliq holda rivojlandi.
1913-yilda Oʻzbekiston xududida yalpi mahsulot ishlab chiqarishda ogʻir sanoattmt hissasi 2%ni, metall ishlash 1%ni, yengil sanoat 0,8%ni, oziq-ovqat Sanoati 14%ni tashkil etgan edi. Keyingi salkam 100 yil davomida Oʻzbekiston sanoatida elektroenergetika, gaz, neft, kumir, qora va rangli metallurgiya, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi (traktorlar, paxta terish mashinalari), avtomobilsozlik, kabel, elektronika, paxta tozalash sanoati mashinasozligi, samolyotsozlik, irrigatsiya-qurilish mashinasozligi, kimyo, sement, qurilish materiallari, tibbiyot, yogʻmoy, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqdari shakllandi.
20-asrning 20y.laridan boshlab Oʻzbekistonda Sanoat jahon urushi va fuqarolar urushi natijasida inqirozga uchragan mayda, kustar korxonalarni tiklash asosida rivojlana boshladi. Paxta tozalash zavodlari, pillakashlik, yigiruvtoʻquv, tikuvchilik, poyabzal fabrikalari qurila boshladi (qarang Yengil sanoat), 1937-yilda Toshkent toʻqimachilik kombinati ishga tushirildi, 20-asrning 40—50y.laridan kumir sanoati, gaz sanoati, neft sanoati jadal rivojlana boshladi.
1941—1945-yillardagi urush davrida Oʻzbekistonga 90 ta sanoat korxonasi koʻchirib keltirildi, ularning kupi mashinasozlik, asbobsozlik korxonalari edi. Urushdan keyingi yillarda koʻpgina korxonalar qurilishi natijasida mashinasozlik tarmoqlari koʻpaydi, samolyotsozlik, asbobsozlik, motorsozlik, elektroapparat, elektr dvigatel, ekskavator, kompressor zavodlari qurildi. Toshkent, Olmaliq, Chirchiq, Samarqand, Navoiy, Fargʻona, Yangiyoʻl, Namangan, Shoʻrsuv va boshqa shaharlar kimyo industriyasi markaziga aylandi (qarang Kimyo sanoati). Bekobod, Chirchiq, Toshkent shahrida qora metallurgiya, Navoiy, Zarafshon, Olmaliq, Uchquduq sh.lari rangli metallurgiya markazlari hysoblanadi (qarang Rangli metallurgiya).
Oʻzbekistonda yoʻlovchi va yuk tashuvchi samolyot ishlab chiqariladi.
Oʻzbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan keyin Sanoatda tub islohotlar amalga oshiriddi, koʻpgina tarmoqdardagi Sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarildi va xususiylashtirilib, davlataksiyadorlik, korporativ, jamoa, xususiy va boshqa tashkiliyhuquqiy mulk shakllariga aylantirildi. Respublika iqtisodiyotida muhim oʻrinda turadigan Sanoat tarmoklarida tuzilmaviy qayta tarkiblash amalga oshirildi, koʻplab kichik va oʻrta korxonalar tashkil topdi (2000-yilda 6,4 ming oʻrta, 20,4 ming kichik korxona ishladi). Chet el kapitali bilan hamkorlikda koʻpgina Sanoat tarmoklarida qoʻshma korxonalar tashkil etildi (qarang Asaka avtomobil zavodi, "British Ameriken tobakko", "ZarafshonNyumont", "Kabultekstaylz", "Kokakola", "Samkochavto" koʻshma korxonasi va b.). Sanoat tarmoqlariga, ayniqsa, mahalliy xom ashyoni qayta ishlaydigan tarmoklarga chet el investitsiyalarini jalb etish faol davom etmoqda. Respublika sanoatida tarmoklarning tutgan oʻrni har xil. Sanoat tarmoklari orasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va agrosanoat majmuiga xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar tarixan yetakchi mavqega ega. Bular paxta tozalash, shoyi toʻqish, konserva, yogʻmoy va boshqa sanoat tarmoklaridir. Kimyo va neft kimyosi, mashinasozlik, elektronika, energetika, metallurgiya, yengil va qurilish materiallari sanoati jadal surʼatlarda rivojlanmoqda. Sanoat taraqqiyotida yoqilgʻienergetika kompleksining oʻrni alohida. Uning tarkibiga gaz, kumir, neft va neftni qayta ishlash sanoati, energetika kiradi. Oʻzbekiston jahondagi 10 ta yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar jumlasiga kiradi.
Oʻzbekistonda Sanoat tarmoklarida mulk shakllarini oʻzgartirish va tarkibiy oʻzgartirishlarni amalga oshirishga qaratilgan tub islohotlar mamlakat mustaqilligini mustahkamlashni, Oʻzbekistonning kelajaqda rivojlangan mamlakatlar qatorga chiqishi va jahon hamjamiyatiga qoʻshilishini taʼminlaydi.
2002-yilda Oʻzbekiston Sanoatda 1467 ta oʻrta va yirik ishlab chiqarish birlashmalari va korxonalar ishladi. Bu korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar salmogʻi umumiy ishlab chiqarish hajmining 88,5%ni tashkil etdi. 396 dan ortiq nomdagi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. Davlat korxonalari soni salmogi 4,6%, nodavlat sanoat korxonalari soni 95,4% ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarish xodimlarining 20,5% davlat korxonalarida, 79,5% nodavlat korxonalarida band boʻldi. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning umumiy hajmida davlat korxonalari hissasi 28,6%ni, nodavlat sektor korxonalari hissasi 71,4% dan iborat boʻldi (yana Avtomobil sanoati, Yengil sanoat, Yogʻmoy sanoati, Mashinasozlik sanoati kabi sanoat tarmoklari toʻgʻrisidagi alohida maqolalarga q.).
Chet ellarda Sanoatning rivojlanishi sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlarning paydo boʻlishiga olib keldi. Bu mamlakatlarda iqtisodiyot taraqqiyoti katta hajmda jamgʻarilgan texnika jihatidan ilgʻor kapital asosida va mavjud yuqori malakali ishchi kuchi bilan taʼminlanadi. Ularga AQSH, Kanada, Yaponiya, koʻpgina Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari kiradi
Kommunal xoʻjalik — shahar, shaharcha va qishloq aholisiga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar, xizmatlar va xoʻjaliklar majmui. Shaharlarda shahar xoʻjaligi tarkibiga kiradi. Koʻpgina shahar va shaharcha Kommunal xoʻjalik korxonalari sanoat korxonalarini suv, elektr energiyasi, gaz va boshqa bilan taʼminlaydi. Mahalliy sharoitlarga qarab sanoat korxonalarining kommunal maqsadlardagi oʻz inshootlari barpo etiladi.
Download 27.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling