Rangli metallurgiya sanoati


Download 0.56 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1543605
Bog'liq
Industrial iqtisodiyot 3

Rangli metallurgiya sanoati.

Reja:


Rangli metallurgiya.
Yengil rangli metallar.

Rangli metallurgiya ham sanoatning eski tarmoqlaridan biri bo’lib, FTI ta’sirida uning strukturasida katta o’zgarishlar va yangilanishlar sodir bo’ldi. Masalan, ikkinchi jahon urushigacha og’ir metallar – mis, qo’rg’oshin, rux, qalay eritish yctun bo’lgan bo’lsa, 60-70-yillarda birinchi o’ringa alyuminiy chiqdi, shuningdek, «XX asr metallari» - kobalt, titan beriliy va boshqalarni ishlab chiqarish doirasi kengaydi. Hozir rangli metallurgiya taxminan 70ta turli metalga ehtiyojni ta’minlamokda.

  • Rangli metallurgiya ham sanoatning eski tarmoqlaridan biri bo’lib, FTI ta’sirida uning strukturasida katta o’zgarishlar va yangilanishlar sodir bo’ldi. Masalan, ikkinchi jahon urushigacha og’ir metallar – mis, qo’rg’oshin, rux, qalay eritish yctun bo’lgan bo’lsa, 60-70-yillarda birinchi o’ringa alyuminiy chiqdi, shuningdek, «XX asr metallari» - kobalt, titan beriliy va boshqalarni ishlab chiqarish doirasi kengaydi. Hozir rangli metallurgiya taxminan 70ta turli metalga ehtiyojni ta’minlamokda.

Lekin ishlab chiqarishning hajmi bo’yicha(40 mln.t.) u qora metallurgiya ishlab chiqarish hajmidan 30 marta kamroqdir.Rangli metallurgiya texnologik jarayonining bosqichlari buyicha xom ashyoni qazib olish va boyitish, shuningdek, metall va kotishmalarni eritishni birlashtiradi.

  • Lekin ishlab chiqarishning hajmi bo’yicha(40 mln.t.) u qora metallurgiya ishlab chiqarish hajmidan 30 marta kamroqdir.Rangli metallurgiya texnologik jarayonining bosqichlari buyicha xom ashyoni qazib olish va boyitish, shuningdek, metall va kotishmalarni eritishni birlashtiradi.
  • Rudada metallning juda kam miqdori uni, albatta, boyitishni taqozo etadi. Rangli metall rudalarida turli qimmatli komponentlar ko’p bo’lib, har biri birin-ketin alohida-alohida ajratib olinadi. Boyitilgan ruda maxsus pechlarda eritiladi va to’la tozalanmagan metallga aylantiriladi, o’z navbatida, u zararli aralashmalardan tozalanadi.

Rangli metallurgiya korxonalarini joylashtirishga ko’plab tabiiy va iqtisodiy omillar ta’sir ko’rsatadi.

  • Rangli metallurgiya korxonalarini joylashtirishga ko’plab tabiiy va iqtisodiy omillar ta’sir ko’rsatadi.
  • Ilgari rangli metallurgiya korxonalari ishlab chiqarishida og’ir metallar ustun turganligi sababli ular xom ashyo qazib olinadigan rayonlar yaqinida joylashtirilgan. Og’ir metall rudalarida sof metall miqdori juda kam (0,5-3,5%) bo’ladi (1t. Mis olish uchun 100t. Ga yaqin, qalay uchun – 300t. Dan ko’proq ruda sarflanadi). Bundan tashqari, qayta ishlashda tobora ko’proq tarkibi kambag’al rudalar ishlatilmoqda.

XX asr o’rtalarida yengil rangli metallar (ayniqsa, alyuminiy) metallurgiyasi tez rivojlandi. U aviasiya, raketa texnikasi, avtomobilsozlik, yengil konstruktiv materiallar ishlab chiqarish va xo’jalikning boshqa tarmoqlarida keng miqyosda qo’llanila boshladi.

  • XX asr o’rtalarida yengil rangli metallar (ayniqsa, alyuminiy) metallurgiyasi tez rivojlandi. U aviasiya, raketa texnikasi, avtomobilsozlik, yengil konstruktiv materiallar ishlab chiqarish va xo’jalikning boshqa tarmoqlarida keng miqyosda qo’llanila boshladi.
  • Yengil rangli metallar (alyuminiy, titan, magniy) ishlab chiqarishi esa ko’p miqdorda elektr energiya talab qiladi. Shu sababdan tarmoqni joylashtirishda energetika manbalariga intilish kuchaydi va ular arzon energiya manbalari yaqinida joylashtiriladi. Bundan tashqari yengil rangli metall rudalari (ayniqsa, alyuminiy) og’ir metall rudalaridan farq qilib, foydali komponentlari miqdori bo’yicha temir rudasiga o’xshaydi, ularni bemalol uzoqqa tashish mumkin.
  • 1970 yillardan boshlab ikkilamchi xom ashyoning ahamiyati oshib bordi (qalayning 1/5, alyuminiy va ruxning ¼, misning 2/5, qo’rg’oshinning ½ kismi lomni qayta eritish hisobiga ishlab chiqariladi), shuningdek, iste’molchiga oriyentasiya kuchaymoqda.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling