5-sinf uchun adabiyot fanidan test II chorak


Download 34.5 Kb.
Sana25.11.2021
Hajmi34.5 Kb.
#177056
Bog'liq
2 5395859721401928946


5-sinf uchun adabiyot fanidan test II chorak
1.Mirtemirning birinchi she’ri va she’riy to`plami qanday nomlanadi?

A) ,,Yangi ariq”, ,,Astrobod”

B) ,,Tanburim ovozi”, ,,Shu’lalar qo`ynida”

D) ,,Zafar”, ,,Yodgorlik

E) ,,Tog`day tayanchim”, ,,Bong”

2.O`tgan asrning 50- yillarida sobiq sho`ro davlatining qatag`on siyosatidan cheksiz azob- uqubatlar tortib,10 yil muddatga qamalgan adib kim?

A) Oybek B) Mirtemir

D) Mirkarim Osim E) Ezop

3.O`z ijodi davomida Navoiy hayoti va ijodini aks ettiruvchi hikoya va qissalar yozgan adib kim?

A) Oybek B) Mirtemir

D) Mirkarim Osim E) Oybek va Mirkarim Osim

4.Muguz - so`zining ma`nosi nima?

A) buguz B) tarixiy nom

D) joy nomi E) hayvon shoxi

5.Alisherning tog`alari taxallusi bilan to`g`ri berilgan qatorni ko`rsating.

A) Darvishali Muhammad, Mirsayid Kobuliy

B) Mirsayid G`aribiy, Muhammad Ali-Kobuliy

D) Mirsayid Kobuliy, Muhammad Ali- G`aribiy

E) Mirsayid, Muhammad Ali

6. Navoiyning jiddiy, kamgap, sipo tog`asi ismi ko`rsatilgan qatorni belgilang.

A) Kobuliy B) G`aribiy

D) Muhammad Ali E) Mirsayid

7. Alisher tog`alariga qaysi shoir g`azalaridan o`qiydi?

A) o`zining g`azalari matlasini o`qiydi.

B) Bedil g`azallaridan o`qiydi.

D) Qosim Anvor g`azallaridan o`qiydi.

E) Sharafiddin Ali Yazdiydan o`qiydi.

8. Yosh Alisher Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashganda necha yoshda edi?

A) to`rt yosh-u to`rt oylik B) oltti yosh

D) yetti yosh E)besh yosh

9. Yazd cho`lida karvondan ajrab qolgan Alisher otasining qaysi gapini eslab, to`g`ri yo`lni topadi?

A) doim oldinga yur

B) Hirot – kunbotar, Iroq-kunchiqar

D) qo`rqmay joyida turishini

E) Hirot-kunchiqar, Iroq-kunbotar

10. To`rsiq- so`zining ma`nosi...

A) gumbaz B) hayvon nomi

D) teridan yasaladigan xalta E) suv quyiladigan idish

11.Muso Toshmuhammad o`g`li Oybek qachon, qayerda, qanday oilada tug`ilgan? A) 1905-yil 10- yanvar kuni Toshkent shahrida ziyoli oilasida B) 1905-yil 10- yanvar kuni Qo`qon shahrida bo`zchi oilasida D) 1910-yil 5- yanvar kuni Qo`qon shahri bo`zchi oilasida

E) 1905-yil 10- yanvar kuni Toshkent Shahrida bo`zchi oilasida

12. Oybekning 1-she`riy to`plami qachon, qanday nomda chop etildi?

A),,Tanburim ovozi” 1926-yilda

B),,Tuyg`ular” 1926-yilda

D),,Dilbar-davr qizi” 1931-yilda

E),,Fonarchi ota” 1926-yilda

13. Oybekning 30-yillarda yaratgan hikoyasini toping.

A) ,,Gulnor opa” B) ,,Tillatopar”

D) ,, Musicha” E),, Fonarchi ota”

14. ,, Fonarchi ota” hikoyasida eng ko`p qo`rqmaydigan, eng battol obraz kim?

A) Ahmad B) Qosim

D) Fonarchi ota E) Bolalar

15. Quyidagi so`zlar qanday ma`nolarni anglatadi?

1) ilki; 2) muguz; 3) valad; 4) zulhijja; 5) to`rsiq.

a) teridan yasaladigan xalta; b) qamariya yil hisobida o`n ikkinchi oyning arabcha nomi; d) o``g`il bola; e) hayvon shoxi;f) qo`l

A)1-a,2-d, 3-f, 4-b, 5-e B) 1-f, 2-b,3-d, 4-e, 5-a

D) 1-b,2-f, 3-e, 4-a, 5-d E) 1-f, 2-e, 3-d, 4-b, 5-a

16.Qaysi qatorda Oybekning hikoyasi berilmagan?

A) ,,Musicha” B) ,,Singan umid”

D) ,,Tillatopar” E) ,,Ra’no opa”

17.Qaysi javobda Amir Temur tarixi-,,Zafarnoma” asarining muallifi berilgan?

A) Sharafiddin Ali Yazdiy B) Kobuliy

D) G`aribiy E) Alisher Navoiy

18. ,,Manas” qirg`iz xalq eposi, ,,Qirq qiz” qoraqalpoq xalq dostonlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan ijodkor...

A) O`. Hoshimov B) Mirtemir

D) Oybek E) Mirkarim Osim

19. Yosh Alisher keksa mo`ysafid bilan uchrashganda: ,,Bizlar ........ xizmat qilib kelganmiz”,- deb aytadi. Nuqtalar o`rniga qaysi so`z qo`yiladi?

A) Mironshohga B) Shohruxga

D) Boyqaroga E) Abulqosim Boburga

20. ,,Zulmat ichra nur” asarida xipchabel, yag`rini keng, qirg`izqovoq qahramon kim?

A) Husayn Boyqaro B) Muhammad Ali

D) Kichkina Bahodir E) Sharafiddin Ali Yazdiy

21. Mirtemir umrining oxirida qanday she’riy to`plam tayyoradi?

A) ,,Poytaxt” B),,O`ch” D) ,,Surat” E),,Yodgorlik”

22. ... Bizning qishloq tog` bag`rida ,



Tog` bag`rida-bog` bag`rida,

Etagida chopqillar soy .

Mirtemirning yuqorida keltirilgan misralari qaysi she’ridan?

A),,Qishlog`im” B),,Baliq ovi”

D),,Mening qishlog`im” E) ,,Bulut”

23. Pushkinning ,,Yevgeniy Onegin” she’riy romanini,Lermontovning ,,Maskarad” asarini, arman xalq eposi ,,Sosunli Dovud” dostonini mahorat bilan o`zbek tiliga tarjima qilgan adib nomini toping.

A) Mirkarim Osim B) Mirtemir

D) H. Olimjon E) Oybek

24.,,Bolaning ko`ngli poshsho” hikoyasida Dadaqo`zi ota bolaning ko`ngli uchun qaysi do`kondan xandalak sotib oldi?

A) Sobir baqqol do`konidan B) Musa baqqol do`konidan

D) Mirahmad otadan E) Bozordan

25. Mirkarim Osimning tarixga oid dastlabki yirik asarini toping?

A) ,,Qutlug` qon” B) ,,Navoiy”



D,,Astrobod” E),, Yangi ariq”
Download 34.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling