Ona tili va adabiyoti fani amaliyotchisi boltayeva gulhayoning


Download 1.66 Mb.
Sana06.02.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1170364
Bog'liq
dars ishlanma ME\'MOR


O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi



10- UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
ONA TILI VA ADABIYOTI FANI AMALIYOTCHISI
BOLTAYEVA GULHAYONING
“ Me’mor ” romanidan berilgan parcha tahlili
MAVZUSIDA BIR SOATLIK

DARS ISHLANMASI

7-sinf ADABIYOT


Mavzu: ‘’ Me’mor ‘’ romanidan berilgan parcha tahlili
Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy maqsad: ‘’ Me’mor ‘’ romanini tahlil qilish va asar qahramonlari xatti-hararakatlariga baho berish;

  2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni kelajakda el-yurtga nafi tegadigan insonlar qatorida bo’lishga undash, Me’mor obrazi orqali o’zi egallamoqchi bo’lgan kasbiga muhabbat uyg’otish;

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning mustaqil fikrlash doirasini kengaytirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi
Darsning uslubi : savol-javob, ro’lli o’yin, “Mening tushuncham”, “Men uni taniyman”, ‘’Javobini ayt ‘’.
Dars jihozlari: 7-sinf adabiyot darslik ,kompyuter, ’’Me’mor ‘’ romani kitobi, adib rasmlari , darsga oid rasmlar, A4 formatdagi listlar, savol kartochkalari, rag’bat kartochkalari.
DARSNING BORISHI
I.Tashkiliy qism.
1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash
3.O’quvchilar va sinf xonasining darsga tayyorligini aniqlash.
Darsga Nizomiy Ganjaviyning
‘’ Hamisha yaragil xalq xizmatiga,
Bezak bo’l olam-u, odam zotiga’’ bayti shior qilib tanlandi.
Ma’naviyat daqiqasi “El koriga yaraydigan inson bo’lish,unga chin dildan xizmat qila olish” mavzusida o’tkazildi.
Mavzu shior bilan bevosita bog’lanadi. Baytda har doim xalq xizmatiga yarash, olam va odam zotiga bezak bo’lish haqida gap ketganligi o’quvchilarga aytib o’tiladi. Doskaga O’zbekiston prezidentlarining rasmi, o’qituvchi, shifokor, yozuvchi, quruvchining rasmlari ilib qo’yiladi. Rasmlar yuzasidan o’quvchilardan izoh so’raladi.
Savollar beriladi.
1.Biz ona vatanimizga hozir qanday qilib xizmat qilishimiz mumkin ?
Darsning shiorlari oltin qoidalari eslab olinadi.

  • “O’ng qo’l qoidasiga” rioya qilish;

  • O’zaro hurmat, o’zgalar fikrini tinglay olish;

  • “Diqqat –e’tiborlilik”;

  • Tezqorlik va topqirlik;

  • Qoidani unutma ma’nodan uzoq ketma;

  • Gapni cho’zma oz gapir, keng ma’noli soz gapir.

Baholash tizimi o’quvchilarga tushuntirib o’tiladi. Charaqlab turgan quyosh- a’lo, bulut ortida yashiringan quyosh- yaxshi, yomg’irli bulut ortiga yashiringan quyosh- qoniqarli javob bergan o’quvchilarga beriladi.
II. O’tilgan mavzuni so’rash va takrorlash.
Slaydda dars bosqichlariga tegishli ma’lumotlar ketma-ketlikda namoyish etib boriladi. O.Jo’raboyevning Mirmuhsin ismiga atab yozilgan she’r, adibning porteti, ijodiy me’rosidan namunalar namoyish etiladi.Adibning hayoti haqidagi metodik-bibliografik qo’llanmadan kichik saxna ko’rinishi namoyish etiladi. Adib siymosidagi o’quvchi tilidan aytiladi. Bir adib tanqidchi “Shiroq” dostonini o’qib chiqib,savol berdi:
-Siz esdan chiqib ketayotgan,ikki ming yil ilgari bo’lgan qahramonlikni yozib nima demoqchisiz?
Adib javob berdi:
-Ikki ming yilga yetib kelgan bu qahramonlik yana ikki ming yilga yetib boradi , demoqchiman.
Bu sahna ko’rinishi yuzasidan o’quvchilarning shaxsiy fikrlari so’raladi va umumlashtiriladi.
Bu ko’rinishdan biz yozuvchining qalbida o’z xalqining mislsiz tarixi uzoq avlodlargacha yetib borishiga ishonchni ko’rishimiz mumkin.


O’quvchilarga “Me’mor” romani va roman janri yuzasidan o’tilgan darsni mustahkamlash maqsadida savol kartochkalari tarqatiladi.

  1. Roman janri qaysi turga mos ?

- Epik turga
2) Me’mor boshliq 3 arava qayerga ketayotgan edilar ?
- Buxoroga
3) Yo’lovchilar qayerda bo’ronga duch keldilar?
-Xalach yaqinida
4) Qum bo’roni paytida ular jon saqlab qolish uchun nima qildilar?
-Xashag-u bedalarni arava tagiga olib kirib, g’ildiraklarga namat yopib, arava tagiga kirib yashirinishadi
5) Me’morga Amu suvining Zarafshonnikidek totli tuyulgani sababini izohlang?
- Chunki bu suv umr bo’yi ichib katta b’lgan Zarafshon suviga o’xshardi
6) Girdibod numa?
- Pastdan yuqoriga tikka esadigan quyun
7) Buxoriylarning nima uchun Hirotda qolishi mumkin emasdi?
- Chunki Me’morning yolg’iz o’g’li Nizomiddin saltanatga yov bo’lgan guruhlarga qo’shilib , Shohruxga suiqasd qilganlardan biri sifatida qatl etiladi. Bu suiqasdda buxoriylarning ham qo’li bor degan shubhaga borishadi.
To’g’ri va aniq javob bergan o’quvchilarga quyoshli rag’bat kartochkasi beriladi.
Uyga vazifa sifatida tayyorlab kelgan ishlarini taqdimot sifatida ko’rsatadilar. Shu yuzasidan ular ‘’ Do’stlik ” , “Ishonch” , “ Iftixor ” guruh nomlariga ega bo’ladilar.
III. Yandi mavzu bayoni.
O’quvchilarga “Me’mor” kitobining to’liq holdagi varianti ko’rsatiladi.Ularga savol bilan murojaat qilinadi.
Nega aynan bu asarni yozuvchi me’morlarga , san’atiga bag’ishlab yozgan deb o’ylaysizlar?
Ularning javobi eshitiladi. So’ngra “Me’mor” romani oxirida muallif tomonidan yozilgan parcha aytib o’tiladi.
“Qadimgi me’morlar san’ati ko’pdan meni qiziqtirib kelardi. Koshinpazlik,kulolchilik kasbi menga ota meros bo’lib, idishlarga naqsh solish ishiga bolalikdan oshnaligim, xalq ustalariga hurmat va e’tiqodim ular haqida asar yozish niyatini tug’dirdi”.
O’quvchilarga savol beriladi.
Mirmuhsin qanday oilada tug’ilgan edi?
-Yozuvchining bu asar yozilishiga uning kulol oilasida tug’ulganligi ma’lum ma’noda sabab bo’gan.
Slayd orqali asar haqida V.Zohidov fikrlarini ko’rsatib o’tiladi.
‘’ Me’mor ‘’ ko’p shaxobchali, murakkab syujetli, o’tkir konfliktli, umuman, aksar jihatdan serqirra va rang-barang asardir.

Bu asar o’tmish me’morlarining hayoti, beqiyos san’ati va o’sha zamon qarama-qarshiliklari ,temuriy hukmdorlarning o’zaro toj-u taxt talashishlari , ”Me’mor” romanida 15 asrdagi Movarunnahr va Xurosonda me’morchilikning mislsiz rivojlanganligi , obidalar, tarixiy yodgorliklarni me’mor-u muhandislar bilan birga xalq qurgani tasvirlangan
Podshohlarning taxt talashishlari oddiy aholini qiyinchilikka duchor etgani , yaratishdan o’zgani bilmaydigan, iste’dodli, doim xalqqa hizmat qilgan, o’g’lidan ajralib podshohlardan nafratlanganda ham qurgan binolarini ular uchun emas , o’sha binolardan xalqning foydalanishini o’ylab , qurgan madrasalarida tolibi ilmlarning bilim olajaklarini o’ylagan me’mor Najmiddin Buxoriyning hayot yo’llari aks ettiriladi .
Me’morning qizi Badia muhabbati hamda xalq qahramonliklari yorqin bo’yoqlarda aks ettiriladi . Lekin asarda ilm fanni sevgan temuriy hukmdorlar haqida ham gap boradi. Me’mor Mierzo Ulug’bek davrida ortga qaytadi. Me’mor qurgan binolarga keyinchalik Alisher Navoiyning e’tiboti ayniqsa , Hirotdagi jome masjidiga birinchi bora sharq naqqoshligiga xos rang-barang naqshin gullar bilan bezalgani kabi ma’lumotlar bor.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Doskada “Mening tushuncham” usuli orqali o’quvchilar berilgan parchadan tushungan narsalarini yozadilar. Jumladan, parchada yaqqol ko’zga tashlanadigan g’oyalarni ham.
Namuna : Kasbga muhabbat
Vatanga bo’gan sevgi
Ustozga hurmat
Ikkinchi ish turi obrazlar yuzasidan bo’ladi . Obrazlarga slayd orqali berilgan ta’riflar ko’rsatiladi, ular esa “Men uni taniyman “ usulida obrazlarni topadilar.
Namuna :
Ota-onasiga mehribon,yigitlardek jasur qiz.
“Men uni taniyman bu- Me’morning qizi Badia
Aynan qaysi o’rinlarda ko’rinadi bu hislatlari deb savol beriladi .
Javob: Parchadagi G’avvos Muhammadning bemaza , qiz bolalardek nolishiga chek qo’yishi.
Shu tartibda davom ettiriladi . Uchinchi ish turi lug’atlar ustida ishlash bo’yicha ‘’ Javobini top’’ usulida bo’ladi. Slayd orqali notanish so’zlar beriladi undan so’ng uning ma’nosi va rasmi ko’rsatiladi .
Namuna:
Bahri muhit – Okean
Silsila – Zanjir
Tarh – Chizma,reja
Girdibod – Quyun.
V. Darsni yakunlash .
1) Asar bosh obrazi Me’mor Najmiddin Buxoriyga XAT yozib kelish.
2) O’quvchilarni darsdagi faoliyatlariga qarab baholash .

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling