5-variant Ta’lim metodlari. O‘qituvchi va o‘quv ustasi ishining mazmuni. Didaktika – ta’lim nazariyasi


Download 39.86 Kb.
Sana12.11.2020
Hajmi39.86 Kb.
#144202
Bog'liq
1-oraliq mfo'm


5-variant
1. Ta’lim metodlari.

2. O‘qituvchi va oquv ustasi ishining mazmuni.

3. Didaktika – ta’lim nazariyasi.
1. Ta’lim metodlari.
Ta’lim metodlari va turlari haqida gapirishdan oldin, metod haqida tushuncha berib o’tsam.

  • Metod sо‘zi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yо‘li, usuli deganidir. Bu sо‘zning etimologiyasi (kelib chiqishi) uning ilmiy kategoriya sifatidagi talqinida ham aks etgan. “Metod – eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat”.

  • Ta’lim metodlari deyilganda, о‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bо‘yicha о‘qituvchining о‘rgatuvchi ishi va о‘quvchilar о‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi.

«Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qonunlariga asosan, o‘xshashi yo‘q, yangi turdagi ta’lim turi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi shakllandi. Ta’lim berish metodlari deganda pedagogning ish usullarini tushunmoq kerak. O‘qitish jarayoni murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib, nihoyatda xilma-xil va turli xarakterdagi omillarga bog‘liq. O‘qituvchi o‘qitish metodlarining bitmas tuganmas xazinasiga ega. O‘qitish metodlarini har xil klassifikatsiyalarini tahlil qilmay, ularning ba’zilarini keltirib o‘tamiz.

1.O‘qitishda talabaning harakatlari xarakteristikasiga ko‘ra:

a) Faol metodlar

b) Passiv metodlar

2. O‘quv ishining turlariga qarab:

a) bilimlarni o‘zlashtirishning dastlabki metodi;

b) bilimlarni takomillashtirish metodi;

v) bilimlarni tekshirib ko‘rish va baholash metodi;

3. Bilim manbalariga qarab:

a) Og‘zaki metodlar;

b) Ko‘rgazmali metodlar;

v) Amaliy metodlar.



Og‘zaki metodlar. Agar talabalar asosiy o‘quv axborotini o‘qituvchining o‘quv mulohazalari va isbotlari jarayonida yoki darslik mavzulari asosida olsalar, bunday metodlar Og‘zaki metodlar jumlasiga kiradi (tushuntirish, hikoya, suhbat, va h.k.).

Og‘zaki metodlardan foydalanish jarayonida ko‘rgazmali qurollardan foydalanish mumkin. Ammo ular yordamchi rol o‘ynaydilar.

Bayon darsda ko‘rgazmali vositalardan foydalanish yoki foydalanmasligiga bog‘liq bo‘lmagan holda tuziladi. Masalan, o‘qituvchi tikuv mashinasining tuzilishini va ishlash tartibini tushuntirayotganda kinematik sxemadan foydalanishi mumkin. Lekin isbot mantig‘ini kinematik sxema belgilamaydi, balki u tushunchani o‘zlashtirishda yordam beradi xolos.

Ko‘rgazmali metodlar deganda ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan ko‘rgazmali qurollar va texnika vositalariga ko‘p darajada bog‘liq bo‘lgan o‘quv materialini o‘zlashtirish formalari tushuniladi.

Ta’limning ko‘rgazmali vositalari bilimlarni o‘rganish va o‘zlashtirish xarakterini belgilaydi. Masalan, tikuv mashinasi detallari namunalari ko‘rsatilishi mexanizmlarining ishlashi virtual yoki model orqali yoki tikuv mashinasida bajariladigan texnologik jarayon videotasviri namoyish qilinishi mumkin, deylik.

Asosiy maqsad dars mazmuni, albatta. O‘qituvchi esa qo‘shimcha tuzatish kiritishi mumkin xolos.

Ta’limning bunday metodlaridan foydalanilganda talabalarning bilish faoliyati ko‘rgazmali vositalar yordamida shakllanadigan yoki esga tushiradigan hissiy obrazlarga, tasavvurlarga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘rgazmali qurollar bilimlarni tizimga solish va boyitishda, shuningdek talabalarning fikr yuritish faoliyatini aktivlashtirishda yordam beradi.



Amaliy metodlar. Mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va tajriba ishlari asosida o‘quv materialini egallash formalari ta’limning amaliy metodlari jumlasiga kiradi. Ana shu metodlar yordamida amaliy ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi. Bunda ko‘nikmani shakllantirish jarayoni o‘quv faoliyatida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ko‘nikmalarni egallashning muvaffaqiyati uni shakllantirish sharoitiga bog‘liq.

Birinchi shart - ko‘nikma nima maqsadda shakllantirilishini anglashdir. Har qanday ko‘nikma - avtomatlashgan darajaga yetkazilgan harakatlar sistemasidir. Agar talaba o‘quv materialini o‘zlashtirishda ularning ahamiyatini tushunmasa, bu harakatlarni shakllantirish qiyin bo‘ladi.

Ikkinchi shart - mashqlarning sistemali bo‘lishi. Odatda ko‘nikmalarni egallashdagi kamchiliklarga o‘quv mashqlari sistemasini tashkil etish va o‘tkazishdagi kamchiliklar sabab bo‘ladi, ya’ni mashqlarni o‘tkazish uchun kerakli vositalar bilan ta’minlanmaganligi.

Uchinchi shart - amaliy harakatlarni anglagan holda bajarish. Talabalar harakatlarning muayyan fikriy rejasiga asoslanishlari, ish jarayonlarining izchilligini yaxshi tushunishlari, mexanik tarzda takrorlashga va yodlab olishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

To‘rtinchi shart - dastlabki amaliy harakatlar va jarayonlarga puxta tayyorlanish. Ular ongli ravishda reja asosida bajarilsa, ko‘nikma tezroq muvaffaqiyatliroq shakllanadi. Buning uchun talabalar nazariy bilimlarini yaxshi egallashlari kerak.

Beshinchi shart - mashqlarni mustaqil bajarish va o‘zini-o‘zi nazorat qilish. Talaba ko‘nikmani mustaqil bajara boshlaganida u o‘z harakatlarini nazorat qiladi. O‘qituvchi talabaga o‘z-o‘zini nazorat qilish usullarini o‘rgatishi zarur. Masalan, talaba kiyimni bironta detaliga bezak berish jarayonini amaliy o‘rgangandan keyin, uyda o‘zi mustaqil ravishda bajarishga va baho berishga o‘rganadi.

Oltinchi shart - bajarilgan mashqlar, amaliy ishlar tahlili va ularni baholash. O‘quv ko‘nikmalari va malakalarida ijobiy va salbiy jihatlar bo‘ladi. Talabalar yo‘l qo‘yadigan tipik xatolar namoyon bo‘ladi. Lekin sinfda yaxshi ishlarni namoyish qilish kerak. Ijobiy namuna asosida o‘qitish afzalroqdir. Agar ko‘nikmani shakllantirish shartlariga rioya qilinsa, o‘qitishning amaliy metodlari o‘quv materialining muvaffaqiyatli egallanishiga olib keladi.

Faol ta’lim deganda - biz ta’lim-tarbiya jarayonida talaba va o‘qituvchilarning ongli va faol ishtiroki, mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi omillar majmuini tushunamiz.

Ta’lim oluvchining umumiy faolligi uning bilim va ko‘nikmalarni egallash, jarayon va hodisalarning mohiyatini anglab olishga qaratilgan faoliyatini bildiradi.

Faollik tufayli shakllantiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalar ta’lim oluvchining “shaxsiy mulki”ga ko‘chadi va bu bilimlarni istagan paytda ishga solish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kasb-hunar kollejlari talabalarining erkin va mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun turli muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish malakalarini shakllantirishni hamda ularning ta’lim jarayonida faol ishtirokini ta’minlaydigan zamonaviy ta’lim texnologiyalari va usullaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Zamonaviy ta’lim texnologiyalari va usullarini qo‘llash, o‘qitish jarayonida ijodiy muhitni yuzaga keltiradi, talabalar faolligini oshiradi, o‘qituvchi esa tayyor bilimlarni yetkazuvchi emas, balki talabalarning bilimlarini mustaqil o‘zlashtirilishi uchun sharoit yaratib beruvchi, ta’lim jarayonining yo‘naltiruvchisi yoki maslahatchisiga aylanadi.

Ta’lim jarayoni bevosita quyidagilar bilan bog‘liq:

ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchining o‘zaro munosabatiga;

ta’lim texnologiyalariga.

Usul – (grekcha “metodos” so‘zidan olingan bo‘lib, izlanish yoki bilish yo‘li, nazariya, ta’limot ma’nosini anglatadi) konkret vazifani yechishga bo‘ysundirilgan, borliqni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish operatsiyalarining yoki yo‘llarining yig‘indisi.

U ta’lim texnologiyalarida zamonaviy usullar, shakllar, vositalarda muhim o‘ringa ega.

Ta’lim jarayonida usullarsiz, qo‘yilgan maqsadga, belgilangan mazmunni amalga oshirishga, bilish faoliyatini faollashtirishga, sezilarli natijalarga erishish mumkin emas.

Dars berish usullari – ta’lim beruvchining faoliyatini tashkillashtirish vositasidir, o‘qitish usullari esa, ta’lim oluvchining faoliyatini tashkil qilish vositasidir.

Ta’lim maqsadlariga erishish bo‘yicha talaba va o‘qituvchining birgalikdagi ish faoliyatini tashkil qilish ta’lim usullari tizimini quyidagi belgilari bo‘yicha guruhlarga bo‘lish mumkin.

Modulli o‘qitish metodi. «Moduli o‘qitish” termini xalqaro tushuncha modul bilan bog‘liq bo‘lib, uning bitta ma’nosi - faoliyat ko‘rsata oladigan o‘zaro chambarchas bog‘liq elementlardan iborat bo‘lgan tugunni bildiradi. Bu ma’noda u,modulli o‘qitishning asosiy vositasi sifatida, tugallangan informatsiya bloki sifatida tushuniladi.

Modul fanining fundamental tushunchalarini – ma’lum hodisa yoki qonun, yoki bo‘lim, yoki ma’lum bir yirik mavzu, yoki o‘zaro bog‘liq tushunchalar guruhini o‘z ichiga oladi.



Modulli o‘qitish - o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u talabalarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir.

Modulli o‘qitish, kasbiy ta’limning quyidagi zamonaviy masalalarini har tomonlama yechish imkoniyatini yaratadi.

  • Modul – faoliyatlik asosida o‘qitish mazmunini optimallash va tizimlash, dasturlarni o‘zgaruvchanligi, moslashuvchanligini ta’minlaydi;

  • o‘qitishni individuallashtirish;

  • amaliy faoliyatga o‘rgatish va kuzatiladigan xarakterlarni baholash darajasida o‘qitish samaradorligini nazorat qilish;

  • kasbga qiziqtirish asosida, faollashtirish, mustaqillik va o‘qitish imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish.

Dasturlashtirilgan o‘qitish metodi. Dasturlashtirilgan o‘qitish - bu dasturlashtirilgan o‘quv materialining o‘qituvchi (kompyuterlar, elektron darslik, kinotrenajyor va boshqalar) yordamida boshqaradigan o‘zlashtirishdir.

Dasturlashtirilgan o‘qitish tamoyillarga ajraladi.



  • Boshqaruvchi tuzilmalarning ma’lum darajasidagi ierarxiyasi quyidagi mas’uliyatli vaziyatlarda pedagog tizimni boshqaradi: fandan umumiy yo‘nalishni belgilash, fanga munosabat, individual yordam va tuzatishlar kiritish;

  • Pedagog va talabaga zarur bo‘lgan tezkor teskari aloqa, biriga o‘quv materilani tushunish uchun, ikkinchisiga tuzatishlar kiritish uchun.

  • Motivatsiya (qiziqtirish) metodi. Motivatsiya metodida darsda talabalar bilan qiziqarli, hattoki, darsga taalluqli bo‘lmagan mavzular to‘g‘risidagi suhbat bilan boshlanadi.

  • Iloji bo‘lsa darsga bog‘liq bo‘lgan mavzular yuzasidan suhbatni boshlash kerak. Masalan, qiziqarli kashfiyot, yangilik yoki hikoya tanlanishi mumkin. Bularning barchasi birinchi dars mobaynida talabalarning kayfiyatiga, shu sohaga qiziqishiga yoki keyingi darslarda talabalar o‘rganadigan faniga e’tiborini qaratishga yordam beradi.


2. O‘qituvchi va oquv ustasi ishining mazmuni.
Bo‘lajak o‘qituvchilarining pedagogik faoliyati deganda ularning kasb – hunar kollejlarida mehnat qilishidagi pedagogik faoliyati tushuniladi. Pedagogik faoliyat integrativ tusda bo‘lib, u ikki komponentni o‘z ichiga oladi: pedagogik injener-texnik va ishlab - chiqarish texnologik faoliyatni. Bu faoliyatni maqsadi – shaxsni yuqori malakali kasbiy foliyatga tayyorlash (kasbga o‘rgatish va kichik mutaxassis shaxsini shakllantirish)dan iborat. Bu yerda o‘qituvchilarning pedagogik faoliyati «Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi» kursini o‘rganishda ko‘riladi. Hozirgi kunda Respublikamizda tayyorlanayotgan o‘qituvchilar kasb – hunar kollejida o‘z sohasi bo‘yicha ishlashga tayyorlanmoqda.

Buni amalga oshirish uchun aniq pedagogik faoliyati xizmat qiladi. O‘qituvchining ish faoliyatidagi predmeti o‘quvchi (talaba) shaxsini kasbiy sifatlarini shakllantirish, takomillashtirishdir.

O‘qituvchining pedagogik faoliyatiga qo‘yilgan talablar bakalavr tayyorlashning DTSda beriladi. Lekin bakalavrning hamma xususiyatlari uning professiogrammasida to‘liq aks etadi. Professiogramma kasbiy faoliyatning shart – sharoitlarining va mazmunining umumlashtirilgan tavsifi, hamda uning shaxsiga qo‘yilgan talablarni aks ettiruvchi hujjatdir.

Faoliyat turlari maqsad va ob’ektdan tashqari kasbiy - pedagogik vazifalar turkumi bilan tavsiflanadi. Pedagogik vazifalarni ketma-ketlikda yechilishi quyidagicha:

  1. Pedagogik vaziyatni tahlil qilish, tashxislash, natijalarini loyihalash va uning ta’sirchanligini rejalashtirish;

  2. O‘quv - tarbiyaviy jarayonni konstruksiyalash va amalga oshirish;

  3. Pedagogik jarayonga o‘zgartirishlar kiritish;

  4. Yakuniy hisobot olingan natijalarni baholash va yangi pedagogik vazifalarni aniqlash.

  5. Bularning hammasi «Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi» fanini o‘rganishda ham qo‘llaniladi, lekin albatta bu fanning xususiyatlari hisobga olinadi.




    1. rasm. O‘qituvchining pedagogik faoliyati.

O‘qituvchini pedagogik faoliyat tarkibi 1 - rasmda keltirilgan.

Bu komponentlar pedagogik kasbiy funksiyalarini ajratish uchun asos bo‘ladi:

  • motivatsiya;

  • maqsadlar bo‘yicha ta’lim berish, tarbiyaviy rivojlantirish;

  • texnikaviy, ishlab chiqarish, texnologik va tashkillik.

Ularning mazmuni esa quyidagicha:

Ta’limiy funksiya - pedagogni ish faoliyatida eng asosiy funksiyalardan hisoblanadi.

Uning ijtimoiy ma’nosi – ta’lim oluvchilarning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar tizimini shakllantirishdir.

Maxsus fan o‘qituvchisi va ishlab chiqarish ta’limi ustasining
f
aoliyati bir maqsadga, ya’ni o‘qituvchilarning bir butun kasbiy
faoliyatining shakillantirishga hamda malakali kichik mutaxassis
tayyorlashga qaratilishi lozim.

Tarbiyaviy funksiya - o‘quvchilarni kasbiy tarbiyalashni qamrab oladi, o‘qituvchilarni tarbiyaviy ish olib borishdagi, eng asosiysi, bu o‘quvchilarning kasbiy yo‘nalishini shakillantirishni: kasbiy mehnatdagi ehtiyoji, ijobiy mustahkam mehnat motivlari, kasbiy faoliyatga ishtiyoqi va qiziqishi.

Rivojlantiruvchi funksiya – o‘qituvchi shaxsining psixik rivojlanishini ko‘zda tutadi: ularni kirish motorli, aqliy, hayajonli - irodaviy tomonlari bu funksiyani ahamiyati ikki faktor bilan asoslanadi. Birinchisi - o‘quvchilarning xotira va texnik tafakkurini rivojlantirish. Ikkinchisi o‘quvchi shaxsining nisbiy muhim xususiyati va sifatlarini shakllantirish.

Metodik funksiya - o‘quv - tarbiyaviy jarayonni tayyorlashga, tahlil qilish va ta’minlashga qaratilgan.Kasbiy ta’lim beruvchi o‘qituvchilar ilmiy - texnikaviy axborotlarni ajratib olishi, metodik qayta ishlashi, uni o‘quv materialiga aylantirishi, uni rejalashtirishi, o‘qitishning samarali shakli, metod va vositalarini tanlashi kerak.



Ishlab chiqarish-texnikaviy funksiya. Bu funksiya o‘zida nimani namoyon etadi? O‘qituvchi faoliyatini quyidagilar tashkil etadi: o‘quv-namoyish jihozini sozlash, hisob-analitik ishlarni bajarish, ratsionalizatorlik, ishchi uslub va operatsiyalarni namoyish etish nazariy ta’lim berishda; mashinalarni sozlash, nuqsonlarni bartaraf etish, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash (laboratoriya, amaliy mashg‘ulotda). Bu funksiya o‘qituvchi va ustaning kompleks mehnat turidir, ya’ni injener, malakali mutaxassis va uslubiyotchi mehnatini birlashtiradi.

Tashkiliy funksiya – tarbiyaviy o‘quv jarayonini amalga oshirishda quyidagi hollarda namoyon bo‘ladi: dars o‘tishda, o‘quvchilarni bilish faoliyatini tashkil etish, darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilar guruhini boshqarish, o‘quvchilar mehnatini va xordiq chiqarishini tashkil etish, o‘quvchilarni ilmiy texnik ijodiyotiga rahbarlik qilish.

O‘qituvchining pedagogik faoliyatidagi eng muhim funksiyalaridan biri - tashxisdir.O‘quvchini bilish metodikasini egallash o‘qituvchini kasbiy mahorati asosini tashkil etadi. O‘qituvchi tomonidan bu funksiyani yuqori metodik darajada egallanishi o‘quvchilarni xususiyat va sifat ko‘rsatgichlarini to‘liq o‘rganishga imkon beradi.

Tarbiyaviy faoliyatning tashqi motivatsiyalari mavjud bo‘lib, ularga ta’lim muassasasidagi ishning ustuvorligi, pedagog sifatida shaxsiy va kasbiy o‘sish imkoniyati, tarbiyaviy motivatsiyalarga ishlab chiqarish ta’limi ustasi faoliyatining jarayoni va natijasini kiritish mumkin. Shuningdek, motivatsiya sifatida va boshqaruv motivatsiya ham mavjud bo‘lib, bular ishlab chiqarish ta’limi ustasi va talaba o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikdagi harakatida yuzaga chiqadi.

Ustaning yetakchi tarbiyaviy motivatsiyasi bo‘lib, talaba shaxsining bo‘lajak malakali kichik mutaxassis sifatida shakllanishiga g‘amxo‘rlik qilish hisoblanadi.

Tarbiyaviy ishga tayyorgarlikning yo‘naltiruvchi komponenti ishlab chiqarish ta’limi ustasining kasb faoliyati xususiyatlari va sharoitlari to‘g‘risidagi bilim va tasavvurlarini o‘z ichiga oladi va qiziqish, yondoshuvchanlik, dunyoqarash, ishonch hosil qilish, ko‘zlangan maqsad orqali kasbiy yo‘naltirilganligini ifodalaydi.


3. Didaktika – ta’lim nazariyasi.
Tarixiy taraqqiyot davomida ijtimoiy tajribalar ko‘paya borgan sari, ta‘lim jarayonida beriladigan bilimlar mazmunining xarakteri va doirasi ham o‘zgaradi. Shunday qilib, ma‘lum dasturga asoslangan, ma‘lum maqsadga qaratilgan maxsus ijtimoiy dorilfunun-maktab paydo bo‘ladi. Endi esa maktabdagi faoliyat turi, uni amalga oshirish usuli va vositalarini asoslab berish zaruriyati paydo bo‘lgan.

Shunday qilib didaktika fani yuzaga keladi. Didaktika (grekcha didasko – o‘qitaman) ta‘lim va ma‘lumot haqidagi fandir.Insonning tarbiyasi rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishida ta‘lim va ma‘lumot muhim ahaiyatga ega.

Ma‘lumot-bu egallagan, tizimlashtirilgan bilim, ko°nikma va malakalar, hosil qilingan dunyoqarashlar majmui.

Ta‘lim-o‘qituvchi rahbarligida o‘tkaziladigan, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirilgan, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stiradigan va dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir. Ta‘lim va ma‘lumot bir-biri bilan mustahkam bog‘liq. Ma‘lumot bu ta‘limning natijasi, ta‘lim esa ma‘lumot olishning asosiy yo‘lidir.

Didaktika fani ta‘lim va ma‘lumotning muhim muammolarini o‘rganish bilan birga «kimni o‘qitish kerak», «nimaga o‘rgatish kerak», «qanday o‘qitish kerak» kabi savollarga ham javob bo‘ladi.

Didaktika sohasida birinchi asar yaratgan olim XVII asrning chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670). O‘zining mashhur asari «Buyuk didaktika» (1632y yozilgan, 1975y o‘zbek tilga tarjima qilingan) sida o‘qitish va tarbiya jarayonlari, o‘qitishning yo‘llari va didaktik printsiplar maktabda ta‘lim-tarbiya ishlarini tashkil qilish kabi masalalarni ishlab chiqdi.

Markaziy Osiyo allomalari merosida ham didaktika sohasida yaratilgan bir qancha asarlarda ta‘lim qoidalari, ta‘limni tashkil etish, unda o‘qituvchining roli kabi masalalar bayon etilgan Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) «Tadbiri manozil», Abu Nasr Farobiyning «Ilmlarning kelib chiqishi to‘g‘risida», «Sharxlar», «Evklid kitobining muqaddimasiga sharxlar», «Hikmat asoslari» kabi bir qator asarlarida, Burhoniddin Marg‘iloniynng (1150-1187) «Ilmga kirishuvchi uchun birinchi asos» kabi asarlari shular jumlasidan.

Didaktika quyidagi masalalar bilan: ta‘lim jarayonining mohiyati, ta‘limni muvaffaqiyatli olib borish shartlari, ta‘limning vazifasi va mazmuni, ta‘limni tashkil etish shakli va metodlari, o‘quvchilarning bilimini tekshirish va baholash kabi masalalar bilan «Ta‘lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida «Ta‘lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustivor» deb e‘lon qilinganligi ta‘kidlanadi. Hozirgi davrda didaktlar vatanimiz va chet ellar pedagogikasi va psixologiyasi yutuqlariga tayanib o‘quvchilarning faolligini va mustaqilligini oshirish, o‘quvchilarni bilimlarni mustaqil egallashga o‘rgatish, ularning bilish faoliyatlarini faollashtirish, darsni takomillashtirish, ta‘lim printsiplari va ta‘limning izchilligi va shu kabi muammolarda tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.

Didaktika ikkiga bo‘linadi:umumiy didaktika va xususiy didaktika.

Umumiy didaktika maktablarda o‘rganiladigan barcha predmetlarga xos bo‘lgan uquv jarayonining umumiy qonuniyatlari tekshiriladi va belgilanadi.

Xususiy didaktikada esa u yoki bu predmetni o‘rgatishga xos bo‘lgan didaktik qonuniyatlar tekshiriladi va belgilanadi.

Didaktika pedagogika fanlari sirasiga kirgani uchun ham ta‘lim sohasini tadqiq etishda pedagogik ilmiy-tekshirish metodlaridan foydalaniladi.

1.Kuzatish.

2.Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish va umumlashtirish.

3.Didaktik eksprement.

4.Hujjat va arxiv materiallarini tekshirish (dars planlari, sinf jurnallari va h.) va o‘quvchilar ishlari (insho, kontrol, grafik ishlar, o‘quv ustaxonasida bajarilgan ishlar).

5.Suhbat va anketa.

Mustaqil O‘zbekistonda didaktika rivojlanishining hozirgi etapi «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi» ta‘lim oldiga qo‘ygan muammolar bilan bog‘liq.

Hozirgi davrda ham didaktikaning muhim vazifasi ta‘limning mazmunini bir asosiy masalaa barkamol shaxsni tarbiyalash masalasiga qaratish bo‘lib qoldi. Shuning bilan birga hozirgi va kelgusi didaktika faqatgina shu masalani bajarish bilangina cheklanib qolmaydi.

Hozirgi kunda «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» va «Ta‘lim to‘g‘risida»dagi Qonun ta‘lim oldiga qo‘gan muhm vazifalarni yechish hozirgi zamon didaktikasi zimmasiga tushadi.

Bular:

1) boshlang‘ich ta‘lim didaktikasi oldiga o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish yangi pedagogik texnologiya joriy etishning ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqish zarur;



2) boshlang‘ich ta‘lim standartlarini ishlab chiqishda fan bilan Bolaning bilim imkoniyatlari o‘rtasidagi birlikni o‘rganish sohasida keng tadqiqotlar olib borish;

3) o‘quvchilarning bilish qobiliyatlarini o‘stirish, ilmiy dunyoqarash va erkin fikrlashga o‘rgatish, mustaqil bilim olish va mustaqillikka o‘rgatish bugungi kun vazifasi. Chunki boshlang‘ich ta‘limdayoq bo‘larga e‘tibor berilmasa o‘quvchining mustaqil, erkin va ijodiy fikrlashga o‘rgatib bo‘lmaydi.

4) boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini «Kadrlar tayyorlash Milliy modeli» talablari asosida tayyorlash. Ularni yuqori professional qobiliyatga ega, bilimdon, pedagogik mahoratli bo‘lishlariga erishish.

Uzluksiz ta’lim kadrlarni tayyorlash tizimining asosi va kadrlar tayoyrlash milliy modelining tarkibiy kismlaridan biri deb, ta’kidlanadi kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Uzluksiz ta’lim tizimi o‘kuv-tarbiya jarayonining hamma boskichlarini kamrab oladi hamda har tomonlama yetuk barkamol avlodni yetishtirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Shu sababli mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari (prinsiplari) belgilanadi. Bular ta’limning ustuvorligi, ta’limning demokratlashuvi, ta’limning insonparvarlashuvi, ta’limning ijtimoiylashuvi, ta’limning milliy yo‘nalganligi, ta’lim va tarbiyaning uzviy boglikligi, iktidorli yoshlarni aniklash, yukori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilar. Jamiyat talab kilayotgan uzluksiz ta’limga tegishli bu konun-koidalar o‘kitish, bilim berish, ya’ni ta’lim jarayoniga ham samarali ta’sir ko‘rsatadi. Pedagogikada ta’limning ilmiy-nazariy, uslubiy asoslari aloxida, ya’ni didaktika kismida o‘rganiladi. Bu jarayonda ta’lim prinsiplariga ham aloxida to‘xtaladi.

Ta’lim va ayrim o`quv predmetlari (jumladan, ona tilini o`qitish) maqsadining ta’lim tizimi hamda strukturasida egallagan muhim mavqeyi, ta’lim maqsadining ta’lim mazmuni, usuli, vositalari va pirovard natijasini belgilashda hal qiluvchi omil ekanligiga qaramay, mazkur muammo pedagogika, didaktikaga oid ilmiy adabiyotlarda kam o`rganilgan. Juda ko`p hollarda (jumladan, rus olimlaridan I.Y.Lerner, M.N.Skatkin, V.V.Kraevskogo, V.S.Lednev, T.A.Ilina, Y.A.Komenskiy, Y.K.Babanskiy, M.A.Danilov, M.M.Potashnik, N.F.Talizina, N.V.Savin, L.M.Fridman, o`zbek olimlaridan O.R.Roziqov, A.Q.G`ulomov, R.G`.Safarova, S.Y.Og`ayev, B.R.Adizov, M.Saidov va boshqalarning ishlarida) bu masalani o`rganish ta’lim mazmuni va usuli tadqiqiga qo`shib yuborilgan. Pedagogika hamda didaktika bo`yicha darslik va qo`llanmalarda ham ta’lim maqsadi o`z-o`zidan tushunarli hodisa sifatida alohida tahlil etilmaydi. Vaholanki, ta’lim maqsadi ta’lim strukturasida markaziy o`rinlardan birini egallaydi. To`g`ri, didakt va metodistlarning ta’lim maqsadi tadqiqiga kamroq e`tibor qaratishi ta’lim maqsadining didaktlar ixtiyoridagi omil emasligi, odatda, u ijtimoiy buyurtma sifatida davlat va jamiyat tomonidan belgilanishi, tadqiqotchi va amaliyotchilarga go`yoki tashqaridan yuklatilishi bilan oqlanishi mumkindek ko`rinadi. Biroq mazkur masalani alohida olingan muayyan o`quv predmeti misolida tarixiy nuqtayi nazardan, shuningdek, ta’lim maqsadidagi tadrijiylik hamda inkishof jihatlardan o`rganish davlat va jamiyat taraqqiyoti ahamiyatidagi zarur masalalardandir. To`g`ri, davlat va jamiyat ta’lim maqsadini o`z taraqqiyoti davomida tug`ilgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun rasmiy ravishda belgilaydi. Biroq davlat va jamiyat ta’lim maqsadini ijtimoiy buyurtma sifatida belgilashda, albatta, ta’lim peshvolari qanday chora-tadbirlarni ilgari surishlariga tayanadi. Shuning uchun ta’lim maqsadi muammosini har tomonlama o`rganish barcha davrlar uchun muhim ahamiyat kahhf etadi.

Ta’lim maqsadi silsilasida ona tili ta’limi maqsadi alohida o`rinda turadi. Chunki maktab ta’limi ona tilini ta’lim oluvchiga o` r g a t m a y d i - ta’lim oluvchi ona tilini ta’lim dargohiga kelgunga qadar biladi va undan o`z kundalik amaliy ehtiyojlarini qondirish uchun bemalol foydalana oladi. Ana shu o`rinda bir necha haqli savollar tug`iladi: Nega zamonaviy ta’limning barcha tur, bo`g`in va bos`ichlari uchun ona tili ta’limi umumiy va zaruriy o`quv predmeti sifatida majburiy kiritilgan? Ona tili ta’limi nimaga xizmat qilishi kerak? Ilmiy grammatika, tilshunoslik ilmi asoslarini o`rganish uchunmi? Jamiyat a`zolarining barchasi tilshunos bo`lishi shartmi?!



Tilshunoslik fani va tilshunos tilga mutlaqo ta`sir o`tkaza olmaydi−til tilshunos va grammatiklar amriga buysunmaydi. Bu azaldan ma`lum oddiy haqiqat. Jamiyatda hamma madaniyatli kishilarning tilshunos bo`lishi shart ham emas. Demak, ta’limning barcha tur, bo`g`in, bosqich va ko`rinishlarida ona tili ta’limining o`ziga xos maqsadi va zarurati mavjud, zarurat esa o`rganilishi lozim.

Bundan tashqari o`zbek sovet pedagogikasida uzoq muddat davomida "O`zbekistonda ona tili ta’limi faqat Oktabr revolyutsiyasidan keyin amalga oshirildi" degan g`ayriilmiy o`ydirma, o`zbek xalqi, uning uzoq tarixi va qadriyatlariga nisbatan noto`g`ri fikr hukmron edi. Buning sabablarini Prezidentimiz "bizning tariximizni boshqalar yozsa, boshqacha yozadi" degan xulosalarida va bu bo`limga peshlavha sifatida keltirilgan iqtibosda ochib bergan edilar. Zero, O`zbekiston Prezidenti ta`kidlaganidek, "qachongacha biz tariximizni birovlarning nuqtayi nazari, qarichi bilan baholaymiz?".1 Bu so`zlar yog`dusida ona tilimiz − milliy o`zbek tilini o`qitish tarixiga nazar tashlash, bu til ta’limida o`qitish maqsadining tadrijiy taraqqiyotini o`rganish muhim ilmiy-ma’naviy ahamiyat kasb etishi tabiiy, albatta. Mana shuning uchun ushbu o`quv qo`llanma ona tili va adabiyot o`quv predmetining bo`lajak o`qituvchilarini ona (o`zbek) tilini o`qitishning turli davrlarda maqsadi, bugungi ta’lim maqsadining uzoq ildizlari bilan tanishtirishni ko`zlab tuzildi. Unda ta’lim tili sifatida ona (o`zbek) tilida ta’lim tarixi, ta’lim maqsadining tarixiy rivoji, milliy istiqlol sharofati bilan ta’lim maqsadining tubdan yangilanishi, bу maqsadni to`la voqelantirish uchun ona tili ta’limi nazariyasi va usuliyoti oldida turgan ayrim zarur vazifalar xususidagi mulohazalar ifodalangan.
Download 39.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling