6-amaliy ish qaynoq usulda qo`ndirilgan rolikli podshipnigi bo‘lgan buksa uzellarini demontaj va montaj qilish texnologiyasi Ishdan maqsad


Download 226.19 Kb.
bet1/2
Sana02.05.2023
Hajmi226.19 Kb.
#1422948
  1   2
Bog'liq
Амалий иши № 6


6-AMALIY ISH
Qaynoq usulda qo`ndirilgan rolikli podshipnigi bo‘lgan buksa uzellarini demontaj va montaj qilish texnologiyasi


Ishdan maqsad – buksa uzellarini demontaj va montaj qilish uslubiyotini o‘rganish.
Buksa uzellarini demontaj qilish podshipnik detallariga shikast yetkazmagan holda, yuksak samaradorlik va ishlar sifatini ta'minlaydigan maxsus texnologiya jihozlarini qo‘llash bilan amalga oshiriladi.
Demontaj qopqoq boltlarini burab yechib olish va qopqoqni joyidan olishdan boshlanadi. Shundan keyin qopqoq va buksaning old qismidan moy tozalab tashlanadi. Stopor plankasi yoki chekka shayba boltlari burab olib qo‘yiladi. Stopor plankasi yoki shayba yechiladi. Chekka gayka va old podshipnikning tirgak halqasi ham burab yechib olinadi.
Keyingi demontaj ishlari telfer yoki boshqa yuk ko‘tarish mexanizmi yordamida quyidagi tartibda bajariladi. Tirgak halqasi olib tashlanib, buksa korpusi podshipniklar bloklari bilan birga o‘q bo‘yinchasidan yechib olinadi. Ichki halqalarning elektr impulsli defektoskop yordamida tekshirilishi ta'minlanib, o‘q esa ultratovush yordamida nazorat qilinsa, podshipniklarning ichki halqalari va labirint halqalari o‘qda qoldiriladi.
Halqalar nosoz bo‘lsa, ular induksion isitgich yordamida yechib olinadi. Halqalar 100…120° haroratga qadar qizdiriladi. Halqalarni 1 daqiqadan ko‘proq qizdirish taqiqlanadi, chunki bunda o‘q bo‘yinchasi ham qizib ketadi.
Buksa uzellari montajini g‘ildirak juftliklari yuvilganidan kami bilan 12 soat va podshipnik bloklari yuvilganidan 8 soatdan so‘ng bajarish mumkin. ichki halqalar va podshipnik bloklari orasidagi harorat farqi 3°С ga yaqin bo‘ladi.
Buksa uzeli montaji labirint halqasini o‘qning stupitsa oldi qismiga o‘tqizishdan boshlanadi. Labirint halqalari yangi halqalar uchun 0,08-0,15 mm hamda ta'mirlashda 0,02 - 0,15 mm ga teng o‘tqazish tarangligini hisobga olgan holda tanlanadi. Taranglikni aniqlash maqsadida mikrometrik yoki indikatorli nutromer yordamida o‘qning stupitsa osti qismi oldining ichki diametri o‘lchanadi. Bu o‘lchashlar ikki o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishda bajarilib, o‘tqazish yuzalarining ovalligini aniqlab beradi.
Bugungi kunda korxonalarda labirint halqalarini tanlash uchun UPLK-01 avtomatlashtirilgan uskunasi joriy etilmoqda.
Tanlab olingan labirint halqalari elektropechida yoki moy vannasida 125 - 150°S gacha qizdiriladi va o‘qning stupitsa osti old qismiga o‘zining chekkasiga tayanib turadigan qilib kiydiriladi. Buning uchun o‘q bo‘yinchasiga montaj vtulkasi kiydirilib, uning chekkasi bilan labirint halqasiga sof metall tovush eshitilguniga qadar uriladi.
Buksani o‘q bo‘yinchasiga o‘rnatishdan avval labirint halqasi pazlariga moy surtiladi.
Ichki halqalar o‘q bo‘yinchasiga ma'lum taranglikda bajariladi.
Tanlab olingan ichki halqalar elektropechida yoki moy vannasida 100 - 120°S ga qadar qizdirilib, o‘q bo‘yinchalari ichki halqalar o‘rnatilishidan avval (agar halqalar elektr pechda qizdirilgan bo‘lsa) AU urchuq moyi, industrial 12 yoki transformator moyining yupqa qatlami bilan qoplanadi.
Bo‘yincha rezbasiga yo‘naltiruvchi stakan 2 o‘rnatiladi (6.1-rasm).



6.1-rasm. Ichki halqalarni o‘rnatishda moslamalarning joylashishi:
a – ortki podshipnik; b – old podshipnik; 1 – montaj vtulkasi;
2 – yo‘naltiruvchi stakan № 2; 3 – ortki podshipnikning ichki halqasi;
4 – labirint halqasi; 5 – old podshipnikning ichki halqasi

Ortki podshipnikning qizdirilgan ichki halqasi 3 borti bilan old tarafga yo‘naltiruvchi stakan orqali o‘q bo‘yinchasiga kiydiriladi va montaj vtulkasi 1 yordamida labirint halqasi 4 dagi tirgakka yetkaziladi.


Shundan so‘ng yana old ichki halqa 5 o‘rnatilib, bunda uning ortki podshipnik ichki halqasining chekkasiga zich yopishib turishiga e'tibor qaratiladi. Old podshipnikning ichki halqasi uning qiya silindrsimon yuzasi ortki podshipnik tarafga qaragan holda o‘rnatiladi.
Yo‘naltiruvchi stakan yechilganidan so‘ng o‘q bo‘yinchasiga tirgak halqa kiydiriladi va chekka gayka yoki boltli likopchasimon shayba yordamida o‘q yo‘nalishida o‘tqazilgan ichki halqalar burab mahkamlanadi.
Ichki halqalar sovib borishi bilan gayka yoki boltlar halqalar bir-biriga jips, yopishib turishini ta'minlash uchun burab qo‘yiladi. Chekka mahkamlash moslamasi halqalar to‘liq soviguniga qadar tortilgan holicha qolib, shundan so‘ng u qismlarga ajratiladi. Shundan keyin ichki halqalarning bir-biriga va labirint halqasiga nisbatan zich joylashganligi 0,04 mm gacha qalinlikdagi shup yordamida tekshirilib, u detallar orasidagi aylanasi 1/3 dan katta bo‘lmagan uchastkadagi zazor (oraliq)larga ham kira oladi.
Buksaning tayyorlangan, qo‘ndirish yuzalari yupqa moy qatlami bilan qoplangan korpusiga oldinma-ketin roliklari va ort podshipnik separatori bo‘lgan tashqi halqa blogini chekkasining markalangan tarafi bilan labirint halqaga qaratilib, old podshipnik blogini esa markalangan chekka tarafi bilan buksa korpusining old qismiga qo‘yib joylashtiriladi.

6.2-rasm. Podshipniklar blokida o‘rnatilgan bo‘shatuvchi vtulka


Podshipniklar bloklari ham o‘rnatishdan oldin suyuq moylar bilan moylanadi (52 yoki 38 rusumli silindr moyi).


Podshipniklar bloklari 2 bilan buksa 3 korpusi bo‘yinchaga osonroq o‘rnatilishi uchun roliklar orasi vtulka 1 bilan ochilishi lozim (6.2-rasm).
Podshipnik bloklari va bo‘shatuvchi vtulka o‘rnatilgan buksa korpusi 2 o‘q bo‘yinchasiga yaqinlashtiriladi. Bunda vtulka 1 (6.3-rasm) bo‘yinchaning turtib chiqib turgan qismiga ichki halqa qirrasiga taqalib qolguncha keltirilib, shundan keyin podshipniklar bloklari bo‘lgan buksa korpusi ichki halqalar tomon suriladi. Ochish vtulkasi buksa siljiganida undan chiqib ketadi.
So‘ng old podshipnikning tirgak halqasini markirovka bilan qopqoq tarafga qaratib o‘rnatilib, o‘qning rezbali qismiga ulanmada minimal zazor (tirqish) qoldirish maqsadida oldindan tanlab olinadigan chekka gaykasi burab kiygiziladi. Gayka old podshipnikning zatyagivayut do kontakta s upornыm kolsom perednego podshipnika i dopolnitelno podjimayut s krutyaщim momentom 100…150 N·m (10…15 kGs·m).
So‘ng o‘q paziga stopor plankasi xvostovigini gayka shlitsiga kiritmagan holda o‘rnatadilar. Agar planka xvostovigi gayka shlitsiga kirmas ekan, u holda, planka xvostovigi gayka shlitsiga kirishiga qadar gayka qo‘shimcha tarzda burab mahkamlanadi. Gaykani teskari yo‘nalishda burash, ya'ni uni bo‘shatish taqiqlanadi.



6.3-rasm. Podshipniklari bo‘lgan buksaning bo‘shatadigan vtulkali o‘q bo‘yinchasiga o‘rnatishdagi joylashishi


Shundan so‘ng podshipniklar qotib qolmayotganligiga ishonch hosil qilish maqsadida buksani yengilgina aylantirib qo‘yish kerak.


Stopor plankasi o‘q bo‘yinchaning chekka qirrasiga ikki bolt bilan mahkamlanadi. Boltlar ostiga prujina shaybalari joylanadi. Boltlar esa kallaklardagi teshiklar orqali o‘tkazilgan, 1,5 - 2 mm diametrli sim yordamida bog‘lab qo‘yiladi.
Podshipniklar tarelkasimon shayba yordamida chekka qismiga mahkamlashda tirgak halqa o‘rnatilganidan so‘ng shayba to‘rtta M20x60 boltlari bilan o‘q bo‘yinchasi chekkasiga mahkamlanib, shu to‘rtta boltni bir vaqtda qotirish uchun ular ostiga maxsus stopor shaybasi qo‘yiladi.
Chekka gaykaning tashqi yuzasi hamda separator chekka qirralariga valik ko‘rinishidagi quyuq moy qo‘yiladi. Buksa ichiga qo‘yiladigan moyning umumiy miqdori 0,8 - 1,0 kG atrofida bo‘lishi kerak.
Moy joylanganidan so‘ng buksa qopqog‘i o‘rnatiladi. Mahkamlash va kuzatish qopqoqlari orasida ularni yig‘ish jarayonida 3 mm qalinlikdagi rezina qistirma qo‘yiladi. Bu qopqoqlar M12 boltlari yordamida prujina shaybalari bilan ulanadi.
Qopqoq flanetsiga yangi rezina halqa o‘rnatib, shundan keyin buksani qopqoq bilan yopib, buksa korpusiga prujina shaybali M20 boltlari yordamida mahkamlaydilar. O‘ng bo‘yinchaning mahkamlash qopqog‘i bolti ostiga chap tarafdan montaj sanasi va ishni bajargan punkt raqami tushirilgan taxtacha o‘rnatiladi.
Buksalar montajdan keyin qora bo‘yoq bilan bo‘yaladi. Montajga doir barcha ma'lumotlar VU-90 shakldagi jurnalga kiritiladi.

Download 226.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling