6-ma’ruza. Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolarini montaji reja


Download 284.62 Kb.
bet1/6
Sana29.04.2023
Hajmi284.62 Kb.
#1399882
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-mavzu



6-ma’ruza. TEMIR-BETON KARKASLI BIR QAVATLI SANOAT
BINOLARINI MONTAJI
Reja:
1.Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolarini montaji. Binolarni barpo etishni texnologik o‘ziga xos xususiyatlari.

  1. Sanoat binolarining hajmiy-rejaviy yechimlari. Ishlarni bajarish ketma-ketmaketligi.

  2. Qurilish sikllarini birgalikda bajarish usullari

  3. Bir qavatli sanoat binolarini barpo etish usullari va montaj mexanizmlari

1.Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolarini montaji. Binolarni barpo etishni texnologik o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Sanoat binolarining hajmiy-rejaviy yechimlari. Ishlarni bajarish ketma-ketligi.
Amalda ko‘pincha to‘liq yig‘ma holatda maydoni 3...20 ming m2 gacha bo‘lgan bir qavatli sanoat binolari ko‘p uchraydi. Ular kransiz yoki elektr tokida ishlaydigan ko‘priksimon kranlar bilan jihozlangan bo‘lishi mumkin. Binoning oraliqlari 12, 18, 24 va 30 m, ustun qadamlari 6 va 12 m, binoni balandligi 8,4 m dan 18 m gacha bo‘ladi. Yig‘ma elementlarning massasi 2,5 t dan 33 t gacha bo‘ladi. Bino bir xil tipdagi yacheykalari, konstruksiyalari, bo‘ylama hamda ko‘ndalang yo‘nalishlar bo‘ylab katta o‘lchamlarga egaligi bilan ajralib turadi.
Bir qavatli sanoat binolarining asosiy afzalligi – nisbatan arzonligi, texnologik uskunalardan yukni to‘g‘ridan-to‘g‘ri gruntga uzatishi, ustunlar to‘rini siyrak xillarini qo‘llash mumkinligidir. Bunday binolar asosan planda to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda qurilib, balandlik bo‘yicha bir xil, oraliqlari bir yo‘nalishda bo‘ladi.
Binolarning universal hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular industrial montaj qilish uslublarini qo‘llash imkoniyatini beradi. Bino parametri va gabarit sxemalarining o‘zaro bog‘liqligi chegaralangan. Oraliq o‘lchamlari o‘zaro ma’lum balandlik va ustunlar qadami, kranlarni ustki gabaritlariga bog‘liq bo‘ladi. Bir qavatli sanoat binosi karkasining elementlari, to‘suvchi va tomyopma konstruksiyalarining o‘lchamlari nominal yiriklashtirilgan modulga karrali bo‘lib reja bo‘yicha – 6 m, balandlik bo‘yicha – 1,2 m ni tashkil etadi.



Download 284.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling