6-ma’ruza. Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolarini montaji reja


Binoni montaj qilishni tashkil etish


Download 284.62 Kb.
bet3/6
Sana29.04.2023
Hajmi284.62 Kb.
#1399882
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-mavzu

Binoni montaj qilishni tashkil etish. Qurilishning davomiyligini qisqartirish uchun binoning montaji qisqa yon tomonidan o‘rtaga qarab, binoning o‘rtasidan yon tomonlariga qarab yoki boshqacha yo‘nalishlarda olib boriladi, bunda asosan harorat chokigacha bo‘lgan blok mustaqil alohida montaj qilishi ko‘zda tutiladi. Ob’ektda ikkita birbiriga bog‘liq bo‘lmagan alohida ob’ekt oqimlari tashkil etilib, ularni xar biri bir nechta ixtisoslashtirilgan oqimlarda konstruksiyalarni ya’ni ustun, tomyopma konstruksiyalari va devor panellarini montaj qiladilar.
Har bir ixtisoslashtirilgan oqim montaj krani va montaj moslamalari komplekti bilan ta’minlanadi.
Agar barpo etilayotgan bino katta maydonga ega bo‘lsa, unda bino bir nechta qamrovlarga bo‘linadi. Qamrovlarning o‘lchamlari binoning hajmiyrejaviy va konstruktiv yechimlari, ishga tushirilish muddatlari va ishlarni mehnat sarfini xisobga olgan holda qabul qilinadi. Binoning qamrovlariga yoki montaj uchastkalariga bo‘linishi ishlab chiqarishni oqim bo‘yicha tashkillashtirishni, har bir uchastkada mustaqil montaj oqimi ishlashini ta’minlaydi. Uchastkadagi ishlar ketma-ket bir oqim bilan yoki parallel va bir vaqtda bir nechta ixtisoslashtirilgan oqimlar bilan bir nechta uchastkalarda bir vaqtda bajarilishi mumkin.
3. Qurilish sikllarini birgalikda bajarish usullari
Qurilish ishlari, konstruksiyalar montaji va texnologik uskunalarni montaj qilishni birgalikda bajarish imkoniyati va maqsadga muvofiqlik darajasiga qarab , sanoat binolari ochiq, yopiq, birlashtirilgan yoki kombinatsiyalashgan usullarda barpo etiladi (9.1-rasm). Bu usullar ishlarni birgalikda olib borish darajasi va ketma-ketligini aks ettiradi, va buni qurilish konstruksiyalarini montaji va binolarni barpo etishda hamma vaqt e’tiborga olish kerak.

9.1 – rasm. Qurilish sikllarini birgalikda bajarish usullari:
I. – ochiq: 1 – yerosti qismini barpo etish; 2 – karkasni montaj qilish; 3 – texnologik
uskunalarni montaji; 4 – pardozlash ishlari. II. – yopiq: 1 – karkas uchun yer osti qismi; 2 – binoni karkasini montaji; 3 – texnologik uskunalar va kommunikatsiyalar uchun yerostki qismi; 4 – texnologik uskunalar montaji; 5 – pardozlash ishlari. ІІІ. – birgalikda bajarish: 1 – inshootning umumiy
kotlovanini qazish; 2 – texnologik uskunalar poydevorlarini betonlash; 3 – bino karkasini montaji; 4 – texnologik uskunalar montaji; 5 – pardozlash ishlari. ІV. – kombinatsiyalashgan: І – ochiq usulda va ІІ – yopiq usulda ishlarni bajarish.
Bir qavatli sanoat binolarini asosiy qurilish sikllariga binoning yer osti va yer ustki qismlarini barpo etish kiradi va bularga qo‘yidagilar kiradi: binoning poydevorlari va texnologik uskunalarni o‘rnatish uchun kotlovan va transheya qazish ishlari, binoni poydevorlarini montaji va uskunalarni tagidagi poydevorlarni betonlash; yer usti qismlarni montaji va ichiga o‘rnatiladigan etajerka−javonlarni barpo etish, texnologik uskunalarni va quvurlarni montaji , pardozlash ishlarini bajarish.

Download 284.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling