6– Ma’ruza. Termodinamik parametrlar. Reja Termodinamik parametrlar. Ideal gaz qonunlari


Download 113.2 Kb.
bet1/9
Sana05.01.2022
Hajmi113.2 Kb.
#211644
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu maruza matni (2)


6– Ma’ruza. Termodinamik parametrlar.

Reja

1. Termodinamik parametrlar.

2. Ideal gaz qonunlari.

3. Ideal gazning holat tenglamasi.

Bu bobda biz o’zaro biri bilan bog’liq bo’lgan tushunchalar, temperatura va issiqlik , hamda termodinamik va kinetik (atom) nazariya asoslarini o’rganamiz.

Aniq sistemaning holatini , masalan idishdagi gazni tushuntirish uchun biz mikraskopik yoki makroskopik nuqtai nazarlarni qo’llashimiz mumkin.

Mikraskopik ta’rif - bunda biz atom va molekulalarning detalining xarakatini sistema xosil qiladi deb qaraymiz va bunday ta’rif murakkab bo’lishi mumkin; bu kinetik nazariyaning qismati.

Makroskopik ta’rif esa , bizning sezgi organlarimiz orqali u yoki bu darajada o’lchangan kattaliklar orqali beriladi; bularga hajm, massa , bosim va temperatura kiradi.

Makroskopik kattaliklar orqali jarayonlarni o’rganish bilan termodinamika shug’ullanadi.

Termodinamika – makroskopik jismlar sistemasida kechadigan jarayonlarda energiyaning bir turdan ikkinchisiga aylanishi to’g’risidagi fandir. Energiya esa materiya xarakatining umumiy hlchovi bo’lib, uning mexanik, issiqlik, elektromagnit, kimyoviy turlari mavjud. Jismlar o’zaro ta’sirlashganida bir tur energiya (xarakat kœrinishi) yo’qolib, o’rniga ikkinchi tur energiya paydo bo’lishi kuzatiladi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, o’zgarayotgan energiyalar qiymatlarining umumiy munosabati doimo bir xilligicha qolar ekan. Termodinamikada materiyaning issiqlik xarakati tushunchasi muxim rol o’ynaydi. Bu tushuncha faqatgina mikrozarralarning ulkan yig’indilaridan tashkil topgan makroskopik jismlar uchungina qabul qilinishi mumkin. Issiqlik xarakati deganda, makroskopik jismni tashkil qilgan mikroskopik zarralar xaotik xarakati tushuniladi. Shuning uchun issiqlik energiyasi (ichki energiya) deb, barcha tashkil etuvchi mikrozarralarning to’la energiyalari yig’indisiga aytamiz.


Download 113.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling