6-mavzu maxsus fanlarni o‘qitishni metodlari reja
Download 103.4 Kb.
|
6 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.1. Ta`lim metodlarining tasniflanishi.
6-MAVZU MAXSUS FANLARNI O‘QITISHNI METODLARI Reja. 6.1. Ta`lim metodlarining tasniflanishi 6.2. Og’zaki metodlar 6.3.Ko`rgazmali metodlar 6.4.Amaliy metodlar 6.5. Ta’lim metodlarini tanlash Tayanch so’z va iboralar: Ta’lim metodlari, og’zaki metodlar, ma’ruza, xikoya, bahs-munozara, amaliy metodlar, ko’rgazmali metodlar, ta’lim metodlarini tanlash, interfaol metodlar 6.1. Ta`lim metodlarining tasniflanishi. Ta`lim metodi deganda ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning birgalikdagi faoliyat yo’llari tushuniladi. Bularning yordamida ta’lim oluvchilar bilim,ko’nikma, malaka, kasbiy mahoratlarni egallashga erishadilar, aqliy va jismoniy kuch va ijodiy qobiliyat rivojlanadi. Pedagogikada ta`lim metodlarini tasniflanishiga va belgilashga bir xil yondashuv mavjud emas. “Ta`lim metodi” tushunchasining mazmunini ochish to’g’risida munozaralar hozirgi vaqtda ham davom etib kelmoqda. Ba`zi olimlar metodni belgilashda bilish manbalarining xususiyatlarini asosiy deb hisoblaydilar, boshqalari ta’lim oluvchilarning tafakkuridagi ijodiy faollik va mustaqillik, ba’zi olimlar esa ta’lim oluvchilar faoliyatida ta`limning turli bosqichlaridagi tavsifini muhim deb hisoblaydilar.Ta’lim berishda uning ikki tomoni: o’qitish va o’qish tomonlari hamma vaqt aniq ajralib turadi. O’qitish – ta’lim beruvchining ta’lim oluvchilarga bilim, ko’nikma vamalakalar tizimi berish, ularning bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi faoliyati. O’qish – ta’lim oluvchilarning o’quv fani materialini o’zlashtirish borasida qiladigan tizimli va ongli mehnatidir. O’qitish jarayoni murakkab va ko’p qirrali bo’lib, nihoyatda xilma-xil va turli xarakterdagi omillarga bog’liq. O’qituvchi o’qitish metodlarining bitmastuganmas xazinasiga ega. O’qitish metodlarini quyidagicha tasniflanadi. O’qitish metodlarining tasniflanishi O’qitish metodlari o’quv jarayonining amalga oshirish, ya’ni o’qitish va o’qish metodlari bo’lganligidan, har bir metodga o’qituvchi faoliyati va talabalar faoliyati nuqtai nazaridan qarash lozim. Shuning uchun ham, ta’lim metodlarini o’quv materiallarini uzatish va idrok etish manbalari bo’yicha quyidagicha guruhlash mumkin . Download 103.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling