6-mavzu maxsus fanlarni o‘qitishni metodlari reja


Download 103.4 Kb.
bet3/6
Sana30.10.2023
Hajmi103.4 Kb.
#1734053
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 мавзу

So’zlab berish o’quv materialini hikoya tarzida bayon etishni ko’zda tutadi. Bu metod o’quv materiali, asosan, tavsifiy xarakterda bo’lib, mantiqiy izchilligi bilan farq qiladigan hollarda qo’llaniladi. So’zlab berish yordamida, odatda, kirish mavzulari, mashina va mexanizmlarning umumiy tuzilishi, materiallarning xossalari va ishlatilishi, ishlab chiqarishning umumiy texnologiyasi masalalari va shu kabilar bayon etiladi.
Tushuntirish o’quv materialini og’zaki bayon etishni ko’zda tutadi. Tushuntirish jarayonida o’qituvchi solishtirish, taqqoslash, deduktsiya, induktsiya, asoslash, qonuniyatlar chiqarish, masalalar echish va shu kabilardan foydalanadi. Tushuntirish, asosan, xususiy va konkret ma’lumotlarni bildirishda qo’llaniladi. O’qituvchilarning ish tajribasidan so’zlab berish va tushuntirish sof holda kamdan-kam uchraydi, ular ko’pincha so’zlab berish-tushuntirishdan iborat bo’lgan kompleks metod tarzida qo’llaniladi.
Ma’ruza, so’zlab berish va tushuntirishdan farqli o’laroq, ancha aniq tuzilgan bo’ladi. Ma’ruzalar, odatda, o’quv dasturining yirik, muhim masalalari yuzasidan o’qiladi. Ma’ruzada o’quv materiali yaxlit va izchillik bilan bayon etiladi, o’zaro bog’langan tushunchalar, qonuniyatlar tizimi ochib beriladi, kursning turli mavzulari orasida ichki bog’lanishlar o’rnatiladi. Kirish ma’ruzalari, sharh ma’ruzalar, rukn ma’ruzalar va xotima ma’ruzalar bo’ladi. Ma’ruza so’zlab berishga qaraganda uzoq davom etadi (u, odatda, butun darsga mo’ljallanadi) va talabalarning yozib borishini (konspekt tuzishini) ko’zda tutadi. Ma’ruzani eshitish so’zlab berishni eshitishga qaraganda qiyinroq, chunki ko’proq diqqat-e’tiborni talab etadi. Ma’ruzalar, odatda, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonida qo’llaniladi. Og’zaki metodlarni qo’llash jarayonida ko’rgazmali qurollardan ham foydalanish mumkin. Ammo ular yordamchi rol o’ynaydilar. Og’zaki metodlardan foydalanishning muvaffaqiyat ko’rsatkichlari - talabalarning yangi bilimlarni eslab qolishlari va takror aytib bera olishlaridir. Og’zaki metodlarda talabalar o’qituvchi mulohazalari jarayonini takrorlaydilar, unga taqlid qiladilar. Talaba o’qituvchining tushuntira olish mantiqiga qanchalik yaqinlashsa, materialni shunchalik muvaffaqiyatliroq o’zlashtiradi. Og’zaki metodlardan yangi materialni o’rganish paytida foydalaniladi va bu o’rganish fanlarni egallashning boshqa usullari bilan qo’shib olib borilsagina ular ta’limda yaxshi samara beradi.

Download 103.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling