7– ma’ruza. Mavzu: Metallarni uzoq muddat ishlashini ifodalovchi xossalari. Metallarning mustahkamligini oshirish yo’llari


Download 99.68 Kb.
bet1/4
Sana20.06.2023
Hajmi99.68 Kb.
#1635877
  1   2   3   4
Bog'liq
7-ma\'ruza


7– MA’RUZA.


Mavzu: Metallarni uzoq muddat ishlashini ifodalovchi xossalari. Metallarning mustahkamligini oshirish yo’llari.
Reja:
1.Metallarning aniqligini hisoblash.
2.Metallarning mustahkamlashni oshirish yo‘llari.

Ximiyaviy toza temir kumishsimon oq rangda bo’lib, bolg’alanuvchan yumshoq metalldir. Ma’lumki tabiatda sof temir kamdan kam uchraydi. Shuning uchun tabiiy sharoitda doim birikma shaklida uchraydi.


Metallurgiyada Fe ni ajratib oladigan birikmalarni temir rudalari deb ataladi. Fe rudalarida temir oksidlari bilan birga kremniy oksidi SiO2, SaO, MgO va boshqalardan tashqari temir rudalarida S, R, mishyak va boshqalar uchraydi.
Cho’yan ishlab chiqarish uchun tarkibida kamida 23-25% temir bo’lgan rudadan foydalaniladi. Rudani foydalanmaydigan qismi bekorchi jins tashkil etadi.
Temir rudasida bekorchi jinslarni ko’p hollarda qum, tuproq, ohak tashkil etadi. Keraksiz bekorchi jinsni tashkil etgan S,P va boshqalar birikmalar holida bo’lib, bu aralashmalar rudani sifatini buzadi, yomonlashtiradi. Ba’zi rudalarda temirdan tashqari nikel,xrom, vannadiy kabi elementlar ham bo’ladi. Bular chuyan tarkibiga o’tib, uni xususiyatini yaxshilaydi.
Cho’yan olishda asosiy xom-ashyo bo’lgan temir rudasi tarkibi bo’yicha yer qatlamida 200 dan ortiq bo’lib ulardan sanoat ahamiyatiga ega bo’lganlari quyidagilardir :
Magnit temirtoshi. Fe3O4 Temir bu mineralda temir oksidi holida bo’ladi. Bunda toza temir miqdori 55-65% va qolgani kisloroddir. Rudada bekorchi jinsni qum tuproq tashkil etadi. Rangi qoramtir bo’lib solishtirma og’irligi 5 ga teng. Bunday temir magnit xossasiga ega bo’lgani uchun magnit temir toshi deb yuritiladi.
Qizil temirtosh. Temir bu rudalarda temir oksidi Fe2O3 holida bo’ladi. Temirni o’rtacha miqdori 55-60% ga teng. Rudaning rangi uning ximiyaviy tarkibiga ko’ra och qizildan to’q qizilgacha o’zgaradi. Bekorchi jinslarni qum, tuproq tashkil etib, R juda kam miqdorda bo’ladi.

Download 99.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling